К содержанию
РецензированоUZ2026

GENETIKANING O‘RGANILISHIDA RUS TILINING AHAMIYATI

Mansuraliyeva Sevara Azizbek qizi · Mirzakarimova Zarifa Vasidjonovna

Наука и технология в современном мире · 2026

Аннотация

Bu maqolada genetika fanining o‘rganilishida rus tilining o‘rni va uning ilmiy va metodologik ahamiyati tahlil qilinadi. XX asrda Sovet Ittifoqi genetikada erishgan yutuqlarni rus tilida nashr etgan va bu tilni o‘rganayotgan olimlar uchun ahamiyatli bo‘lishi kerakligini ko‘rsatadi. Hozirgi kunda ham, rus tili nafaqat ilmiy ma’lumotlarni o‘rganish, balki terminologiyani tarjima qilishda ham ahamiyatli bo‘lib qolmoqda. Terminlarning fonetik va morfologik o‘zgarishi, shuningdek, ilmiy tafakkurni rivojlantirishda rus tili alohida o‘rin tutadi. Keywords: Genetika, rus tili, ilmiy terminologiya, metodologiya, ilmiy kommunikatsiya. 1. Kirish Genetika — biologiyaning muhim bo‘limlaridan biri bo‘lib, insonning merosini va uning qanday o‘tishini o‘rganadi. Ushbu soha nafaqat tabiiy fanlar, balki lingvistika bilan ham chambarchas bog‘liqdir. Til, ayniqsa ilmiy tilda ishlatiladigan terminlar, genetikani o‘rganish va undagi yangi kashfiyotlarni boshqa tillarga etkazish uchun zarur vosita sifatida ishlaydi. Rus tili nafaqat katta ilmiy adabiyotlar to‘plamiga ega, balki u dunyodagi bir qator mamlakatlar uchun ham ilmiy muloqotda qulay vosita hisoblanadi. Ushbu maqolada genetika ilmiga rus tilining qanday ta’sir o‘tkazgani, uning ilmiy muloqotda qanday ahamiyat kasb etishi va terminologiyaning o‘zgarishlari tahlil qilinadi. 2. Genetikada rus tilining tarixiy roli XX asrda rus tili ilmiy aloqalar, xususan, sharq va g‘arb mamlakatlari o‘rtasida ilmiy bilimlarni almashishda muhim rol o‘ynadi. Sovet Ittifoqining ilmiy yutuqlari, jumladan, genetika sohasidagi ishlanmalar, dunyoning ko‘plab mamlakatlarida o‘rganilib, rus tilida nashr etilgan ko‘plab ilmiy ishlar orasida saqlanib qolgan. Shu bois, rus tilini bilish nafaqat ilmiy yutuqlarni to‘g‘ri tushunishga, balki global ilmiy hamjamiyatda o‘z fikrini bildirishga ham yordam beradi. 3. Genetikani o‘rganishda rus tilining metodologik roli Genetika fanining metodologiyasi, ya’ni tadqiqot usullari, qonuniyatlar va eksperimentlar to‘plami ko‘p jihatdan rus tilidagi adabiyotlar bilan bog‘liq. Masalan, Sovet davrida yozilgan ilmiy asarlar hali ham ko‘plab talabalarga va olimlarga asos sifatida xizmat qilmoqda. Bu manbalar ilmiy tafakkurni rivojlantirish va o‘qish, tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirish uchun muhimdir. 4. Genetik terminlarning rus tiliga kirib kelishi va ularning adaptatsiyasi Genetik terminlar ko‘plab tillardan, jumladan ingliz tilidan rus tiliga o‘tishda fonetik va morfologik o‘zgarishlarga uchraydi. Masalan, mutation inglizchada “myu-tey-shn”, rus tilida esa мутация (mutatsiya) shaklida ishlatiladi. Shuningdek, gene so‘zi ingliz tilida “gene” bo‘lsa, rus tilida bu so‘z ген (gen) shaklida qabul qilingan. 82 ` 5. Hozirgi zamonda rus tilining o‘rganishdagi ahamiyati Bugungi kunda rus tilini bilish, genetikani o‘rganayotgan talaba va olimlar uchun eng zarur ko‘nikmalardan biridir. Rus tilida mavjud bo‘lgan ilmiy asarlar, genetikaga oid yangiliklar va nazariyalar global ilm-fan bilan bog‘lanishda muhim vosita sifatida qolmoqda. Shuningdek, rus tili orqali genetikadagi rivojlanishlarni o‘rganish, mutaxassislarning o‘z bilimlarini kengaytirishiga yordam beradi. Genetika ilmiga rus tilining o‘rni nafaqat tarixiy, balki metodologik va terminologik nuqtai nazardan ham katta ahamiyatga ega. Bugungi kunda ham, rus tili genetikani o‘rganishda, ilmiy muloqotda va yangi kashfiyotlarni keng tarqatishda muhim vosita sifatida ishlatilmoqda. Terminlarning o‘zgarishi, tilning moslashuvchanligi va uning ilmiy yutuqlarga ta’siri bundan keyin ham davom etishi kutilmoqda.

Доказательный фрагмент

«Bu maqolada genetika fanining o‘rganilishida rus tilining o‘rni va uning ilmiy va metodologik ahamiyati tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Bu maqolada genetika fanining o‘rganilishida rus tilining o‘rni va uning ilmiy va metodologik ahamiyati tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Genetika, rus tili, ilmiy terminologiya, metodologiya, ilmiy kommunikatsiya, ilmiy kommunikatsiya.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[2]ТехникаENРецензированоОткрытый доступ
RESEARCH RESULTS CLEANING GRAIN HARVEST COMBINE HARVESTER

ЖУРНАЛ ТЕХНИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙЭлмурод Сотволдиевич Умаров, Зиёдбек Шавкатович Халилов +12021

5