Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
SINESTEZIYA – STILISTIK HODISA
Eshimova Sharofat Kenjaboyevna
Наука и технология в современном мире · 2026
Аннотация
This article discusses the phenomenon of synesthesia, which is one of the types of metaphor, and its expression in Uzbek and Korean languages is shown in examples. Key words: synesthesia, stylistic device, reality, image, combination, intuition, factor. Ko‘plab mualliflarning fikriga ko‘ra, koreys tilida hissiy holatlarni yetkazib berishda hissiyotlarga ko‘proq e’tibor beriladi, ularni farqlash uchun koreys tilida leksik va grammatik iboralar anchagina. Shu bois sinesteziyadan foydalanishdagi misollarni koreys mualliflarining ijodida ham ko‘p uchratish mumkin. Koreys adabiyotida sinesteziya qo‘llanilishiga misol sifatida koreys klassik adabiyoti namoyondasi 윤동주 (Yun Dong Ju) ijodini keltirishimiz mumkin. Adibning 죽는 날까지 하늘을 우러러 한 점 부끄럼이 없기를, 잎새에 이는 바람에도 나는 괴로워했다. 별을 노래하는 마음으로 모든 죽어 가는 것을 사랑해야지 그리고 나한테 주어진 길을 걸어가야겠다 [윤동주 ( Yun Dong-ju)] 오늘 밤에도 별이 바람에 스치운다 misralarida shoir tuyg‘ulardan foydalangan holda inson obrazini yaratadi, uning mohiyatini tabiat hodisalari bilan qiyoslaydi. Koreys she’riyatida shuningdek 정호승 (Jeong Ho Seung) ham sinestetik metaforadan keng foydalangan. Shoirning 첫눈 오는 날 만나자 89 ` 어머니가 싸리빗자루로 쓸어놓은 눈길을 걸어 누구의 발자국 하나 찍히지 않은 순백의 골목을 지나 새들의 발자국 같은 흰 발자국을 남기며 첫눈 오는 날 만나기로 한 사람을 만나러 가자 she’rida muallif oq rangning soyalaridan biri bo‘lgan qor rangidan soflik, tozalikni ifodalab sevgining nozik ohanglarini tasvirlashda oq rangdan foydalanadi va taxmin qilish mumkinki, u ishqqa bo‘lgan munosabatni mana shu sinestetik taqqoslash yordamida yetkazishga muvaffaq bo‘ladi. Boshqa tomondan, sinesteziyani stilistik vosita sifatida nafaqat adabiyotda uchratish mumkin, balki undan biz o‘zimiz ongsiz ravishda atrofdagi voqelikni tasvirlash uchun ham lug‘atimizga mustahkam o‘rnashgan sinestetik birikmalardan foydalanamiz. Masalan: yorqin ranglar, past, baland ovoz, issiq, sovuq rang, qattiq ovoz va boshqalar. M.N.Mileeva va T.Yu.Dudkovalar «Sinesteziya va uning namoyon bo‘lish xususiyatlari» nomli maqolasida sinesteziyani «ruhiy fotoalbom» deb atashib, bu holatni bizning atrofimizdagi dunyoni bizdan butunlay boshqacha tarzda idrok etgan ajdodlardan qolgan merosdir, deya ta’riflashadi [1, 294b]. Ushbu farazni isbotlash uchun maqolada “yakshanba” va “dushanba” so‘zlari odamlarda turli xil ranglar assotsiatsiyasini keltirib chiqarishi masalasi qo‘llaniladi. Mualliflarning fikriga ko‘ra dushanba qora, jigarrang singari quyuq ranglar bilan bog‘liq bo‘lib, yakshanba oq, sariq, pushti kabi faqat ochiq ranglar bilan ifodalanadi. Demak, sinesteziyaning til vositasi sifatidagi ahamiyati, asosan, u ona tilida so‘zlashuvchilarga turli xil sezgilardan olingan tuyg‘ular va ma’lumotlar, tasavvurning o‘zaro ta’siri natijasi bo‘lgan mavhum tushunchalarni nutqda mustahkamlashga imkon beradi. Sinesteziyani aqliy va hissiy sohalar aks etgan holda bevosita kuzatish mumkin emas [2, 34b]. Koreys tilida ham xuddi o‘zbek tilidagidek beshta sezgi a’zosi yordamida tashqi omillar inson tanasida seziladi va ular idrok qilinadi, bular: ta’m bilish미각, eshitish청각, ko‘rish시각, hid bilish후각 va teri orqali sezish촉각. Barcha sezgi a’zolarimiz bizga atrof-muhitning turli xil ta’sirlarini seza olish, ularni ongimizda analiz-sintez qilish imkonini beradi. Ba’zi bir insonlarda shunday holat ham kuzatilishi mumkinki, bir vaqtning o‘zida bir nechta sezgi a’zolari birgalikda ishlaydi va ongda ma’lum bir holat kuzatiladi.
Доказательный фрагмент
«This article discusses the phenomenon of synesthesia, which is one of the types of metaphor, and its expression in Uzbek and Korean languages is shown in examples.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the phenomenon of synesthesia, which is one of the types of metaphor, and its expression in Uzbek and Korean languages is shown in examples. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- synesthesia, stylistic device, reality, image, combination, intuition, factor, sezgi, voqelik, stilistik vosita, tasvir, sinesteziya, omil., birikma
Смежные источники
Каталог авторефератовЎРОҚОВ АСЛИДИН ХУШВАҚТОВИЧ, Содиқов Иброхим Салихович +22009
The American Journal of Engineering and TechnologyO CLC -, Coefficient Of A Frequency Inverter +22020
in LibraryЭКАНОМИКА И ОРГАНИЗАЦИЯ СТРОИТЕЛЬСТВО, QURILISHDA TAVAKKALCHILIKNI BOSHQARISHNING BIZNESDAGI AHAMIYATI2021