Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
OCРHIQLIQ VA SHAFFOFLIQ KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHNING MUHIM VOSITALARIDAN BIRI
MUHIM VOSITALARIDAN BIRI · Turdikulov Shuxrat Xudoykulovich · Турдикулов Шухрат Худойкулович
Наука и технология в современном мире · 2026
Аннотация
Открытость и прозрачность органов государственной власти перед общественностью является одной из наиболее актуальных проблем современности. Данная статья подготовлена на основе Закона Республики Узбекистан «Об открытости деятельности органов государственной власти и управления», новой Конституции Республики Узбекистан, указов и постановлений Президента Республики Узбекистан. В статье также рассматриваются наиболее важные вопросы, проблемы и пути их решения в сфере противодействия коррупции, вопросы открытости и прозрачности деятельности органов государственной власти. Ключевые слова: коррупция, прозрачность, открытость, информационная безопасность, государственное управление, общественность, верховенство закона. OPENNESS AND TRANSPARENCY ARE AMONG THE MOST IMPORTANT TOOLS IN THE FIGHT AGAINST CORRUPTION Turdikulov Shukhrat Khudoykulovich Head of the Internal Anti-Corruption Control Department of the Head of the internal anti-corruption control department of the Tashkent City administration, 100 ` Researcher at the Academy of Public Administration under the President of the Republic of Uzbekistan, Doctor of Philosophy (PhD) in sociological sciences, Associate Professor e-mail: txshuhrat65@mail.ru ANNOTATION The openness and transparency of government bodies to the public is one of the most pressing issues of our time. This article is based on the Law of the Republic of Uzbekistan "On Openness of Activities of State Authorities and Administration," the new Constitution of the Republic of Uzbekistan, and decrees and resolutions of the President of the Republic of Uzbekistan. The article also examines the most critical issues, problems, and their solutions in the field of combating corruption, as well as matters of openness and transparency in the activities of government bodies. Keywords: corruption, transparency, openness, information security, public administration, public, rule of law. ASOSIY QISM Respublikamizda davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi fuqarolar va davlat organlari o‘rtasidagi doimiy va sifatli aloqa vazifasini bajaruvchi muhim elementlardan biridir. Axborot texnologiyalarining rivojlanishi va ularning barcha sohalariga keng joriy etilishi natijasida davlat va fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi munosabatlar rivojlandi, korrupsiyaning oldini olishga muhim qadam bo‘ldi. Davlat boshqaruvida shaffoflik tushunchasi yanada mas’uliyatli va samarali faoliyat yuritish uchun asos bo‘lib, bu ma’muriy boshqaruv nazariyasida muhim yutuq hisoblanadi. Ochiqlik va shaffoflik haqiqatdan ham korrupsiyaga qarshi kurashishning muhim vositalaridan biri bo‘lib, u: 1. Hisobdorlikni oshiradi: ochiqlik davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatini jamoatchilik nazorati ostida ushlab turishga yordam beradi. Shaffoflik qarorlar qanday qabul qilinayotgani, resurslar qanday taqsimlanayotgani va davlat xizmatlari qanday ko‘rsatilayotgani haqida ma’lumot beradi. Bu esa, o‘z navbatida, mansabdor shaxslarning hisobdorligini oshiradi; 2. Korrupsiya uchun imkoniyatlarni kamaytiradi: shaffoflik korrupsion sxemalarni yashirishni qiyinlashtiradi. Qarorlar va jarayonlar qanchalik ochiq bo‘lsa, korrupsiya holatlarini aniqlash va ularga qarshi chora ko‘rish shunchalik oson bo‘ladi; 3. Jamoatchilik ishonchini mustahkamlaydi: ochiq va shaffof faoliyat davlat organlariga jamoatchilik ishonchini oshiradi. Bu esa, o‘z navbatida, korrupsiyaga qarshi kurashga jamoatchilikning faol jalb etilishiga olib keladi; 4. Ma’lumot olish imkoniyatini ta’minlaydi: shaffoflik jamoatchilikka davlat faoliyati haqida ma’lumot olish imkoniyatini beradi. Bu esa fuqarolarga qarorlar qabul qilishda ishtirok etish va davlat organlari faoliyatini nazorat qilish imkonini beradi. Shu sababli, ko‘plab davlatlar korrupsiyaga qarshi kurashish strategiyalarida ochiqlik va shaffoflikni ustuvor vazifa sifatida belgilaydilar. 101 ` Mustaqillikdan keyingi yillarda Davlat tashkilotlarining barchasi fuqarolar uchun yopiq bo‘lgan, ko‘pchilik fuqarolarning ommaviy axborotdan foydalanish imkoniyati bo‘lmagan. Prezidentimiz Sh.Mirziyoev rahnamoligida ochiqlik va korrupsiyaga qarshi kurashni tartibga soluvchi qonunchilikning ishlab chiqilishi, albatta shu vaqtgacha bo‘lib kelgan “maxfiylik madaniyati”ning qoralanishiga olib keldi. O‘zbekiston Respublikasining yangi konstitutsiyasi 33-moddasida: - har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega; - har kim istalgan axborotni izlash, olish va tarqatish huquqiga ega; - Davlat Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanishni ta’minlash uchun shart- sharoitlar yaratadi deb belgilab qo‘yilgan. Axborotni izlash, olish va tarqatishga bo‘lgan huquqni cheklashga faqat qonunga muvofiq hamda faqat konstitutsiyaviy tuzumni, aholining sog‘lig‘ini, ijtimoiy axloqni, boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamoat xavfsizligini hamda jamoat tartibini ta’minlash, shuningdek davlat sirlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sir oshkor etilishining oldini olish maqsadida zarur bo‘lgan doirada yo‘l
Доказательный фрагмент
«Открытость и прозрачность органов государственной власти перед общественностью является одной из наиболее актуальных проблем современности.»
Образец извлечения
Демо-превьюОткрытость и прозрачность органов государственной власти перед общественностью является одной из наиболее актуальных проблем современности. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- corruption, transparency, openness, information security, public, shaffoflik, jamoatchilik, axborot xavfsizligi, korrupsiya, qonun ustuvorligi., davlat boshqaruvi, ochiqlik
Смежные источники
ЖУРНАЛ ТЕХНИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙЭлмурод Сотволдиевич Умаров, Зиёдбек Шавкатович Халилов +12021
МонографииЮсупова Н. А.2026
Авторефераты диссертацийKarimova Gulirano Muxtor qizi2026