Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
FALSAFANING ASOSIY MAVZULARI
FALSAFANING ASOSIY MAVZULARI · Nurulloyev Toxir Nutfulloyevich
Наука и технология в современном мире · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada falsafa fanining o‘rganish dolzarbligi, hayotiy qadriyatlarning mazmun mohiyati, insonning jamiyatdagi o‘rnini topishiga ko‘maklashuvchi omil sifatida so‘z yuritiladi Kalit so‘zlar: ontologiya, aksiologiya, filosofiya, faylasuf, shaxs falsafasi, qadriyatlar, estetika. Insoniyat bugungi kunga kelib, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida ulkan yutuqlarga erishdi. Fan va texnika, madaniyat va maorif beqiyos rivojlandi. Odamzod o‘zining akl-zakovati va mehnati bilan juda ko‘p yangiliklar yaratdi. Dunyoning ko‘plab sir-asrori kashf etildi, buyuk ixtirolar qilindi. Ma’naviy boyliklar orasida falsafa ilmida to‘plangan hikmatlar xazinasi eng muhim o‘rin tutadi. Har bir davrning buyuk donishmandlari bo‘ladi. Ular o‘z yurti va xalqining tafakkuri, ruhiyati hamda orzu-intilishlarini falsafiy ta’limotlarida, muayyan darajada, ifoda etganlar, jamiyat farovonligi va millat ravnaqi uchun xizmat qiladigan yuksak g‘oyalarni o‘rtaga tashlaganlar. Xalqni buyuk maqsadlar sari yetaklovchi bayroq sifatida namoyon bo‘ladigan by g‘oyalarning muayyan davr mafkurasiga aylanishida falsafiy bilimlar katta ahamiyat kasb etadi. Avvalo, falsafa o‘zi nima, degan masalaga to‘xtalib o‘taylik. U insoniyat tarixidagi eng qadimiy ilmlardandir. Falsafiy mulohaza yuritish, fikrlash inson tabiatiga xos, demak, uning o‘zi kabi qadimiydir. U olam va uning yashashi, rivojlaninsh va taraqqiyoti, hayot va inson, umrning mohiyati, borliq va yo‘qlik kabi ko‘plab muammolar haqida bahs yuritadigan fandir. Falsafa asoslari bayon qilingan aksariyat darsliklarda ushbu atama qadimgi yunon tilidagi «filosofiya» so‘zidan olingani va u «donishmandlikni sevish» («filo» — sevaman, «sofiya» — donolik) degan ma’noni anglatishi ta’kidlanadi. Bu ushbu so‘zning, atamaning lug‘aviy ma’nosi hisoblanadi. Asrlar davomida filosofiya so‘zining ma’no-mazmuniga xilma - xil qarashlar, uning jamiyat, inson va fanlar tizimidagi o‘rniga nisbatan turlicha munosabat va yondashuvlar bo‘lgan, bu atamaning mohiyat-mazmuni ham o‘zgarib borgan. Falsafa — dunyo va inson haqida umumiy, nazariy, tahlilchi fikr yurituvchi fan. U inson tafakkurini, borliqni, ma’nolarni va qadriyatlarni o‘rganadi. Falsafaning asosiy mavzulari: Ontologiya (borliq haqida ta’limot) Borliq, mavjudot, vujud, makon va zamon haqidagi falsafiy o‘ylar. Bu mavzuda "Olam nima?", "Vujud abadiymi?" kabi savollar ko‘riladi. Gnoseologiya (bilish nazariyasi) Inson dunyo haqida qanday bilim oladi? Haqiqiy bilimning manbalari va shakllari qanday? Aql va his qilish o‘rni nimada?, Aksiologiya (qadriyatlar falsafasi) Yaxshilik, yomonlik, go‘zallik, adolat, erkinlik kabi qadriyatlarning mohiyati va inson hayotidagi o‘rnini o‘rganadi. Etika (axloq falsafasi) Inson qanday yashashi kerak? Axloqiy me’yorlar, vijdon, mas’uliyat va insonning o‘zini tutishi haqida bahs yuritiladi. Estetika (go‘zallik haqida ta’limot) San’at va go‘zallik mohiyati, estetik baholash mezonlari, go‘zallik subyektivmi yoki obyektiv? Ijtimoiy falsafa Jamiyatning kelib chiqishi, davlat va inson munosabatlari, siyosat, huquq, adolat va ijtimoiy tenglik masalalari tahlil qilinadi. Shaxs falsafasi Inson kim? Shaxsning maqsadi, ozodligi, ma’suliyati va axloqiy tanlovlari kabi masalalarni qamrab oladi. Ilim-fan falsafasi 106 ` ilmiy bilim, fanning maqsadi, usullari, fan va texnologiyaning inson hayotiga ta’siri haqidagi falsafiy tahlil. Qadimgi Yunonistonda «Filosofiya» atamasini dastlab, matematika fani orqali barchamizga yaxshi ma’lum bo‘lgan, buyuk alloma Pifagor ishlatgan. Yevropa madaniyatiga esa, u buyuk yunon faylasufi Aflotun asarlari orqali kirib kelgan. Shu tariqa, u avvalo, qadimgi Yunonistonda alohida bilim sohasiga, to‘g‘rirog‘i, «fanlarning otasi», ya’ni asosiy fanga aylangan. Sharqda «Ikkinchi Arastu», «Ikkinchi muallim» deya e’tirof etilgan buyuk mutafakkir Abu Nasr Farobiy filosofiya so‘zini «Hikmatni qadrlash» deb talqin etgan. Falsafa Sharq xalqlari ijtimoiy tafakkurida «donishmandlikni sevish» degan mazmun bilan birga, olam sirlarini bilish, hayot va insonni qadrlash, umr mazmuni haqidagi qarash va hikmatlarni e’zozlash ma’nosida ishlatilgan. Hayot qonuniyatlarini yaxshi biladigan, umrning o‘tkinchi ekani, abadiyat insonga emas, olamga xosligini yaxshi anglab yetgan, o‘zi va o‘zgalar qadrini to‘g‘ri tushunadigan kishi hech qachon «Men — donishmandman» deya ochiq e’tirof etmaydi. Ayniqsa, Sharq xalqlari hayotida bu hol yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ammo, Farobiy ta’kidlaganidek, hikmatni qadrlash, olam va odam hamda hayotning qadriga yetish — boshqa gap. Shu ma’noda, bizda qadim zamonlarda faylasuf deganda, ko‘pdan-ko‘p ilm sohalarini egallagan, ustoz va muallim sifatida shuxrat qozongan alloma va mutafakkir kishilar tushunilgan. Falsafa, avvalo, muayyan ilmiy bilimlar tizimidir. U, bir tomondan, insonning voqelikni aql vositasida idrok etishi, ikkinchi tomondan, ongning afsona va rivoyatlar asosidagi shakllardan uzil-kesil ajralish jarayoni natijasidir. Bu ikki jihat bir-biri bilan uzviy bog‘liq. Chunki behuda xayolparastlik, havoyi va af
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada falsafa fanining o‘rganish dolzarbligi, hayotiy qadriyatlarning mazmun mohiyati, insonning jamiyatdagi o‘rnini topishiga ko‘maklashuvchi omil sifatida so‘z yuritiladi Kalit so‘zlar: ontologiya, aksiolog…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada falsafa fanining o‘rganish dolzarbligi, hayotiy qadriyatlarning mazmun mohiyati, insonning jamiyatdagi o‘rnini topishiga ko‘maklashuvchi omil sifatida so‘z yuritiladi Kalit so‘zlar: ontologiya, aksiolog… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- aksiologiya, faylasuf, filosofiya, estetika., qadriyatlar, ontologiya, shaxs falsafasi
Смежные источники
ЖУРНАЛ ТЕХНИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙЭлмурод Сотволдиевич Умаров, Зиёдбек Шавкатович Халилов +12021
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025