К содержанию
РецензированоEN2026

JALOLIDDIN MANGUBERDI – MOHIR SARKARDA

Ibadullayeva Surayyo Azimboy qizi · Parvon jangi

Наука и технология в современном мире · 2026

Аннотация

This article covers the accession to the throne of the last Khorezmshah Sultan Jalaluddin Manguberdi from the Anushteginid dynasty, his struggles against the nomadic and evil Mongol army. We will also get acquainted with his relations with the commanders, disagreements, and major battles with the Mongols. Keywords: Alovuddin Muhammad, Turkon Khotun, Jalaluddin Manguberdi, Genghis Khan, Parvan Battle, Sindh. Sulton Jaloliddin Manguberdi tarix sahnasida o`chmas iz qoldirgan hukmdorlardan biri hisoblanadi. Xorazm hukmdorlari tarixdan Xorazmshohlar nomi bilan mashxur bo`lganlar. Shu qatorda Sulton Jaloliddin Manguberdi ham Anushteginiylar (1097-1231) sulolasining so`ngi hukmdori sifatida Xorazmshoh unvonida davlatni boshqaradi. Uning davrida Xorazmshohlar davlati chuqur inqirozda bo`lib, Chingizxon hujumlari avj olgan edi. Xorazmshoh sulton Alovuddin Muhammad (1200-1220) avvaldan taxt vorisi qilib Qutbiddin O`zlog`shohni tayinlagan edi. Bu Turkon xotun va uning atrofidagilarni orzu- istaklari ifodasi sifatida amalga oshgan. Lekin sulton kasalligi kuchaygani sababli hamda onasi Turkon xotunning asirlikka tushganini eshtgach Jaloliddin hamda uning ukalari O`zlog`shoh va Oqshohni yoniga chaqirib shunday deydi: ”Mamlakatda hukmdorlik ishlari uzildi, davlat asoslari kuchsizlandi va yemirildi. Bu dushmanning asl maqsadlari nima ekanligi ayon bo`ldi: uning tirnoqlari va tishlari mamlakat badaniga qattiq botdi. Men uchun ulardan qasosni faqat o`glim Manguberdi olishi mumkin. Shu uchun, mana, uni taxtim vorisi qilib tayinlamoqdaman. Sizlar ikkalangiz esa unga bo`ysunishlaringiz va amriga quloq osishlaringiz kerak’’ deydi va qilichini Jaloliddinga topshiradi. O`zi esa bir necha kundan keyin vafot etadi. [5. – B.112.]. Bu paytda Gurganchni har tomondan dushman o`rab olgan edi. Jaloliddin esa ikki ukasini olib Xorazmga yetib keladi. Ular bilan birga yetmishga yaqin otliq lashkarlar bor edi. Xorazmga yaqinlashganida xorazmliklar ularni otlar, qurol-yarog`lar, tug`lar bilan kutib oldilar [5. – B.113.]. Ularning kelishi go`yoki barcha chalkashliklarga barxam berdi. Aholi 110 ` ularni kelishidan quvondilar. Shunday bo`lsa ham ba`zi qavmlar Jaloliddinga bo`ysunishni hohlamadi. Jaloliddin esa ular bilan uchrashishdan tashvishga tushar edi. Iroq tomonda mo`g`ul xabarini eshitdi. Yolog` degan kishini Xorazm dashtiga inilari O`zloq sulton, Go`rxon, Xumortegin va Temur mulki sohibi O`g`ul huzuriga jo`natdi. U yerda to`son ming qattol jangchi turardi. O`zi Niso yo`li bilan Shodimog` sari yo`naldi. Ustivorga yetgach, bir to`da mo`g`ul lashkariga duchor bo`ldi. Shom tushguncha jang qildilar. Qorong`u tun charx uzra etagini tortganda Sulton Jaloliddin shoshilinch ravishda Shodimog` tomonga jo`nadi [3. – B.176.]. Sulton Jaloliddin Shodimog`ga yetgandan keyin uch kun shu yerda turib qoldi. Bu yerda qurol aslahasini hozirlash bilan band bo`ldi. Bu yerdan keyin Parvon yo`li orqali otasi unga bag`ishlagan G`azna tomonga yo`l oladi. Jaloliddin G`aznaga yetib borganidan keyin otasi sulton Muhammad Xorazmshohning tarqalib ketgan qo`shini uning atrofida yig`iladi. Mirzo Ulug`bek o`zining ,,To`rt ulus tarixi” asarida shunday deydi: ,,Har tomondan lashkar uning atrofiga kelib to`plandiki, uningdek mextar Eronda yo`q edi” [3. – B.177.]. Hirot maliki ham Tulining hujumidan yengilganligi sababli o`z qavmi g`uriylar bilan birga sulton Jaloliddinga kelib qo`shiladilar. Xorazmshoh sulton Jaloliddin yurtini vayron qilgan, xalqini qonga botirgan hamda janglarda halok bo`lgan ukalari Rukniddin, O`zlog`shoh, Oqshoh uchun Chingizxondan shafqatsiz o`ch olish uchun ahd qilgan edi. Niso shahrida bo`lgan jangda Jaloliddinning uch yuz kishilik lashkarini yetti yuz mo`g`ul qurshab oladi. Xorazmshohning lashkari bu jangda mo`g`ullarni tor mor qiladi. Ushbu birinchi g`alabadan so`ng, Jaloliddinga uning amakisi Amin al-Mulk o`n minglik askari bilan kelib qo`shildi [4. – B.23.]. Sulton Jaloliddin g`alabalari uning atrofiga vatanparvar kuchlarni birlashtira boshladi. Xalaj qabilasi boshlig`i Sayfuddin Ig`roq, Balx hokimi A`zam malik, afg`on ko`ngillilari sardori Muzaffar malik, qarluqlar yetakchisi Xasan Qarluq minglab lashkari bilan Jaloliddin qo`shiniga kelib qo`shildilar [4. – B.24.]. Ushbu yig`ilgan qo`shinga Sulton Jaloliddin boshchilik qilar edi. Mo`g`ullarning qirq besh ming lashkardan ortiq qo`shini Jaloliddinning qoshini bilan Panjsher vodiysidagi Parvon dashtida to`qnashadi. Mo`g`ul askarlarini tajribali sarkarda Shiki Xutuxu no`yon boshqarar edi. Jaloliddin qo`shinining o`ng qanotida Temur Malik, chap qanotida Sayfuddin Ig`roq, o`zi esa markaziy qismiga esa o`zi boshchilik qiladi. Bu jangda ham Jaloliddin g`alaba qozonadi va mo`gul lashkarboshisini qochishga majbur qiladi. O`ziga munosib raqib va xavfli dushmanni ko`rgan Chingizxon keyingi jangda juda katta lashkar bilan yurish boshladi. Bu vaqtda esa Jaloliddinning lashkarboshilari o`lja talashib o`zaro urishib ketishadi. Xorazmshoh esa ularni murosaga keltira olmaydi. Qarluqlar, afg`onlar, xalajlar sardorl

Доказательный фрагмент

«This article covers the accession to the throne of the last Khorezmshah Sultan Jalaluddin Manguberdi from the Anushteginid dynasty, his struggles against the nomadic and evil Mongol army.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article covers the accession to the throne of the last Khorezmshah Sultan Jalaluddin Manguberdi from the Anushteginid dynasty, his struggles against the nomadic and evil Mongol army. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Alovuddin Muhammad, Turkon Khotun, Jalaluddin Manguberdi, Genghis, Chingizxon, Sind., Parvon jangi, Jaloliddin Manguberdi, Turkon xotun
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники