Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
MILLATNING YAQIN TARIXI
MILLATNING YAQIN TARIXI · Abdusamatova Ozoda Xolmamat qizi · Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat
Наука и технология в современном мире · 2026
Аннотация
Ushbu maqola Togʻay Murodning badiiy mahorati va “Otamdan qolgan dalalar” romanining mavzusi va ahamiyati haqida boʻlib, roman haqidagi ilmiy -nazariy fikrlar oʻrganiladi, voqealar tahlil qilinadi. Kalit soʻzlar: Oʻzbek adabiyoti, millat, tarix, uslub, inson, jamiyat, erk, qullik, ayol. Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romani vatanparvarlik, erk, millat va ozodlik mavzulari qalamga olingan, ulugʻlangan, eʼtirof etilgan oʻziga xos asardir. Roman mavzusining oʻziyoq bosh qahramon Dehqonqulning yurti boʻlgan Surxon, Denov va Vodiy dalalari yohud yurtimizdagi har bir otalarimiz, bobolarimizdan qolgan sof, koʻm-koʻk tabiati, sharqirab oqayotgan suvlari, ariqlari va xokisor yerlarimizning musaffo havosi, begʻubor tabiatimizni oʻquvchining koʻz oldida gavdalantirib qoʻyadi. Ha, chindan-da, bu yerlarimiz bizga otalarimizdan, bobolarimizdan-da qolgan. Shu oʻrinda, Jamoliddin ketmon obraziga diqqat qilaylik: “… Bobomiz chordona qurib oʻtiradi. Ariqqa non botirib- non botirib tushlik qiladi. Ariqdan qoʻshhovuchlab- qoʻshhovuchlab suv olib tushlik qiladi…” Halol, pokiza, zilol suvni va tuproqni aziz bilgan, bu tuproqqa kechayu- kunduz tinim bilmay bor kuchini, mehrini bergan dehqon, yurtiga bostirib kelgan bosqinchi Oqpodsholarni koʻradi va kutilmaganda shunday bir manzaraga duch keladi: “… Ana shu un tuproqda bir juft Oqpodsho (rus podshohlariga nisbatan qoʻllaniladigan atama) yalpayib- yalpayib yotadi! Oqpodsho qip-yalangʻoch yotadi. Oqpodsho onadan endi tugʻilmishday yotadi!.. Ayolzot oqpodsho mammalari osma qovunday- osma qovunday osilib yotadi… ” Jamoliddin ketmon dalada ishlayotgan paytida, tuproqda quyoshga toblanib yotgan kiyimsiz, bir juft yaʼni ayol va erkak Oqpodshoga koʻzi tushib qoladi. Teskari qaraydi, ularni koʻrmaslik uchun koʻzlarini bilaklari bilan berkitadi, nima qilishiniyam bilmay qoladi. Keyingi oʻrinlarda Oqpodsholarning dalani oralab kelib, oʻzlarini suvga tashlab, shaloplatib choʻmilgan oʻrinlari keltirilgan. Endi bu holatda Jamoliddin ketmonning holatini tasavvur qilib koʻraylik. “… Kofir yumalab yotar dalada fayz qoladimi?! … Boʻldi, endi u daladan baraka koʻtarildi. … Dalamda musulmon oyoq bosar yer qolmadi, dalamda dehqon oyoq bosar yer qolmadi. Boʻldi endi qaytib oyoq bosmayman…” Ushbu parchada dehqonning, Jamoliddin ketmonning dalani, tuproqni qanchalik aziz bilishini, oddiy dehqon boʻlsa-da, dushmanga boʻlgan nafratini, koʻksida joʻsh urib turgan erkakcha gʻururini, orini oʻquvchi nafaqat koʻrishi balki, his qilishi mumkin. Toʻgʻri, mustabid davri yoki oʻtgan asrimiz haqida yozilgan asarlar bor, ammo “Otamdan qolgan dalalar”da muallif oddiygina, jaydarichasiga, dehqonchasiga tushuntiradi, birovga 149 ` qaram boʻlgan el nima boʻlishini, bosqinchi qoʻlida qolgan xalqning ahvoli qanday boʻlishini oʻquvchi beixtiyor anglaydi. Kitobxon, mustaqillik, erk va ozodlik haqida oʻy suradi, roman voqealari bilan bugungi kunni hayolida solishtiradi va qalbida shukronalik, kelajakka boʻlgan umid paydo boʻladi. Yangi maqsadlar, yangi reʼjalar, hayotga muhabbat uygʻonadi. Mana shu narsa adabiyotning vazifasi, asarning kuchi, Yozuvchining maqsadi deb bilaman. Bosqinchi, kerak boʻlsa, “Ibodin soqov” ni- da ayab oʻtirmadi. Qatiq sotib kun kechiradigan, qatiq sotib onasiniyam boqadigan Ibodin soqovni qishloqdagilar yaxshi koʻradi, el yaxshi koʻradi, boshini silab qoʻyardi. Koʻngli toza birovga zarari yetmagan, qatiq sotishdan boshqa narsani oʻylamaydigan, gapirolmaydigan, ojiz Ibodin soqovni Oqpodsho otib tashlagan oʻrnini esga olaylik: “Toʻxta chuchela! Toʻxta, deyman! Ibodin soqov pir-pir chopib qoʻya beradi. Shunda Oqpodsho miltiq peshlaydi. Ibodin soqov chuydasini koʻzlaydi. Oʻq dol nishonlaydi. Juldur-juldur Ibodin soqov chalpak boʻlib uchadi… “ Endi ayamga nima deyman?” Ibodin soqov qatiq sotib, pulini onasiga olib borishi kerak edi, shuning uchun ham uning soʻngi soʻzlari “Endi ayamga nima deyman”- boʻldi. Yurtga kelgan yov beshikdagi boladan tortib, maktab bolasiyu, ayol- erkak, yosh- qari hatto ojiz, bechorahol bir soqovni-da chetlab oʻtmadi, inson zoti chidab boʻlmas yaqin tarixdagi bu xoʻrliklar, azoblar jamiyatdagi har bir katta- kichikka taʼsir qilmay qolmadi. Siz- u bizning millatdoshlarimiz onalarimiz, otalarimiz, bobolarimiz bosqinchilar ixtiyorida edi. Aslida ular ham Yaratganning bandasi emasmidi?! Ular ham dunyoga bir marta kelmaganmidi?! Paxta dalasida butifos hididan zaharlanib oʻlgan Dehqonqulning doʻsti 5- sinf bola Ziyod ham kimnidir bolasi emasmidi?! Oʻziga oʻt qoʻygan Dehqonqulning xotini-chi?! U ham kimningdir onasi, qizi, opasi yo singlisi emasmidi?! Nima, uning ham ayol boʻlib yashashga, kerak boʻlsa, baxtli boʻlishga haqqi yoʻqmidi?! bu kabi savollar oʻquvchining ich etini yeydi. Ziyod obrazi haqida fikr yuritaylik : Bir qari onasidan boshqa hech kimi yoʻqligi uchun, direktor 5-sinf Ziyodni tanlaydi. Nimadir boʻlsa, oʻlib netib qolsa, orqasidan soʻrab keluvchisi, u yoq bu yoqqa yozadigan, murojaat qiladigan odami yoʻqligi uchun direktor bechora Ziyodni tanlaydi. Butifos
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola Togʻay Murodning badiiy mahorati va “Otamdan qolgan dalalar” romanining mavzusi va ahamiyati haqida boʻlib, roman haqidagi ilmiy -nazariy fikrlar oʻrganiladi, voqealar tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola Togʻay Murodning badiiy mahorati va “Otamdan qolgan dalalar” romanining mavzusi va ahamiyati haqida boʻlib, roman haqidagi ilmiy -nazariy fikrlar oʻrganiladi, voqealar tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- erk, ayol., uslub, millat, Oʻzbek adabiyoti, qullik, tarix, jamiyat, inson
Смежные источники
ЖУРНАЛ ТЕХНИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙЭлмурод Сотволдиевич Умаров, Зиёдбек Шавкатович Халилов +12021
The American Journal of Applied sciencesUsmonova Manzura Isakovna, Umarova Nasiba Erkinovna +22021
The American Journal of Applied sciencesHydrogeological Conditions, J.X. Djumanov +22021