Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
BINOLARNING SEYSMIK XAVFLILIK BO‘YICHA KONSTRUKTIV TAHLILI
Xolbekov S.R. · Rashidov S.U.
Наука и технология в современном мире · 29 · 1645-1660 · 2026
Аннотация
В настоящей статье проведён анализ сейсмостойкости широко распространённых в Республике Узбекистан жилых и общественных зданий, их конструктивных решений и соответствия нормативным документам. На примере бескаркасных зданий с деревянными перекрытиями, построенных из местных строительных материалов, а также зданий с железобетонным каркасом и крупнопанельных сооружений, рассмотрены уязвимые стороны конструкций в условиях сейсмических нагрузок. В качестве основ нормативной базы для оценки технического состояния зданий использованы документы КМК 2.01.03-19 и ГОСТ 31937-24. В статье освещаются вопросы необходимости усиления существующих зданий, экономическая целесообразность капитального ремонта и реконструкции, а также важность проведения инструментального обследования. Kalit so’zlar: zilzilabardoshlik, konstruktiv tizim, QMQ 2.01.03-19, instrumental tekshiruv, karkassiz bino, temir-beton, karkas, yirikpanelli bino, g‘ishtli to‘ldirish, me’yoriy baholash, seysmik xavf zonasi, rekonstruksiya, kapital ta’mirlash. Ключевые слова: cейсмостойкость, конструктивная система, КМК 2.01.03-19, инструментальное обследование, бескаркасное здание, железобетон, каркас, крупнопанельное здание, кирпичная кладка, нормативная оценка, зона сейсмического риска, реконструкция, капитальный ремонт. Kirish qismi: O‘zbekiston seysmik faol hududda joylashgan davlat sifatida turar-joy va jamoat binolarining zilzilabardoshligiga alohida e’tibor qaratadi. Afsuski, sobiq davrlarda qurilgan ko‘plab binolar, ayniqsa, karkassiz, g‘ishtli va yog‘och konstruksiyali inshootlar bugungi seysmik xavfsizlik talablariga javob bermaydi. Binolarning ekspluatatsion muddati, texnik holati, ishlatilgan materiallarning fizik-mexanik xususiyatlari ularning seysmik barqarorligiga bevosita ta’sir qiladi. Amaldagi QMQ 2.01.03-19 qurilish me’yorlari va GOST 31937-24 davlat standartiga ko‘ra, barcha inshootlar davriy ravishda texnik ekspertizadan o‘tkazilishi lozim. Shu nuqtayi nazardan, mavjud binolarni baholash, tasniflash, ularning 158 ` konstruktiv tizimlarini aniqlash va mustahkamlash usullarini taklif qilish ilmiy-amaliy muammolardan biridir. Ushbu maqolada turli konstruktiv yechimdagi binolarning seysmik xususiyatlari, me’yoriy asoslari, va ular bo‘yicha texnik qarorlar ishlab chiqish muhim masala sifatida ko‘rib chiqiladi. Asosiy qismi: O‘zbekiston Respublikasining aksariyat hududlari kuchli seysmik faol zonaga mansub bo‘lib, mavjud turar-joy va jamoat binolarining konstruktiv yechimlari ularning zilzilabardoshlik darajasini aniqlashda hal qiluvchi omil hisoblanadi. Ayniqsa, 1966- yilgi Toshkent zilzilasidan oldin qurilgan ko‘plab inshootlar hozirgi QMQ 2.01.03-19 talablariga javob bermaydi va seysmik xavf ostida qolmoqda. Binolar quyidagi asosiy konstruktiv turlarga ajratiladi: - karkassiz binolar (pahsa, xom g‘isht, guvala); - yog‘och yopmali, mahalliy materialli binolar; - g‘isht devorli, o‘rta qavatli inshootlar; - yirikpanelli binolar (temir-beton panellar asosida); - temir-beton karkasli binolar (g‘ishtli to‘ldirishli). 1. Karkassiz, bir qavatli va loyga asoslangan materiallardan qurilgan binolar. Loyga asoslangan materiallardan qurilgan karkassiz bir qavatli binolar seysmik xavfsizlik talablariga javob bermaydi. Bunday turdagi inshootlar quyidagi asosiy materiallardan barpo etiladi: - pahsa (g'ishtsimon loy massasi); - xom g‘isht (qorishma quritilgan loy); - guvvala (somon aralash loy qorishmasi). Mazkur materiallar O‘zbekiston Respublikasi hududining deyarli barcha viloyatlarida, jumladan Toshkent shahrida ham qurilishda keng qo‘llaniladi (1-rasm). 1-rasm. Amaldagi QMQ 2.01.03-19 me’yorlariga muvofiq kelmaydigan, pahsadan qurilgan yakka tartibdagi bir qavatli turar-joy binolari. Mazkur konstruktiv yechim, asosan, xususiy turar joylar qurilishida qo‘llaniladi. Ushbu binolar loyiha hujjatlarining ekspertizasiz barpo etilgan. Ayni vaqtda amaldagi me’yorlarga ko‘ra, bunday binolar uchun to‘liq konstruktiv loyiha tuzish talab etilmaydi. Individual turar 159 ` joylar uchun faqatgina me’moriy qism ishlab chiqilishi yetarli hisoblanadi. Konstruktiv qismni ishlab chiqish talabi faqat quyidagi holatlarda yuzaga keladi: agar binoning loyihalanayotgan qismi 500 m² dan ortiq maydonni egallasa; yoki binoning balandligi **nolinchi belgi (0 otmetka)**dan 12 metrdan oshsa. Pahsa qurilish materiali sifatida zamonaviy seysmik barqarorlik talablari darajasiga javob bermaydi, sababi uning bosimga chidamliligi past. [QMQ 2.01.03-19, 3.7.1-band]ga asosan, bosimga chidamliligi 3,5 MPa (35 kg/sm²) dan kam bo‘lgan mahalliy materiallar “past mustahkamlikdagi materiallar” toifasiga kiradi. Shu sababli bunday binolar majburiy mustahkamlash (usileniye) talab etiladi. Mustahkamlash bo‘yicha talablar (QMQ 2.01.03-19) 3.7.7-band: Tuproq asosidagi (pahsa va boshqa) binolarda antisezmik (zilzilabardosh) kamarlar yog‘och yoki monolit temir-beton materiallardan yasalishi mumkin. Ushbu kamarlar qavatlararo yopma (peremychka) darajasida joylashtirilishi va ular bilan mustahkam bog‘lanis
Доказательный фрагмент
«В настоящей статье проведён анализ сейсмостойкости широко распространённых в Республике Узбекистан жилых и общественных зданий, их конструктивных решений и соответствия нормативным документам.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ настоящей статье проведён анализ сейсмостойкости широко распространённых в Республике Узбекистан жилых и общественных зданий, их конструктивных решений и соответствия нормативным документам. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- cейсмостойкость, конструктивная система, КМК 2.01.03-19, kapital ta’mirlash., rekonstruksiya, me’yoriy baholash, seysmik xavf zonasi, zilzilabardoshlik, QMQ 2.01.03-19, instrumental tekshiruv, temir-beton, karkas, karkassiz bino, konstruktiv tizim, yirikpanelli bino, g‘ishtli to‘ldirish
Смежные источники
ЖУРНАЛ ТЕХНИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙЭлмурод Сотволдиевич Умаров, Зиёдбек Шавкатович Халилов +12021
Авторефераты диссертацийKarimova Gulirano Muxtor qizi2026
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021