К содержанию
РецензированоUZ2026

YUSUF SARYOMIY IJODIDAGI AYRIM BADIIY VOSITALAR LEKSIK TAHLILI

Kamolova Sadoqat Jabbor qizi

Наука и технология в современном мире · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada tilshunoslikda tasavvufiy-lug‘aviy janrning o‘rni, uning asl mohiyatiga urg’u berib o’tilgan. Tasavvufiy-ramziy leksemalarni tahlil qilish uchun XIX asr oxiri XX asr boshlarida ijod qilgan Yusuf Saryomiy ijodiga e’tibor qaratilgan. Tasavvufiy- ramziy leksemlarni tahlil qilish jarayonida Yusuf Saryomiy g‘azallaridan, baytlaridan misollar keltirish orqali tahliliy fikrlar yoritib berilgan. KALIT SO’ZLAR: milliy uyg‘onish adabiyoti, tasavvufiy-lug‘aviy qatlam, Yusuf Saryomiy she’riyati, tasavvufiy g‘oyalar, ramziy leksemalar, jom, mayparast, timsollar tahlili. ANNOTATION. In this article, the author touched on the place of the tasavvufi - vocabulary layer in linguistics, its original essence. For the analysis of tasavvufisymbolic lexemes, Yusuf Saryomiy, a representative of the national renaissance, created at the end of the 19th century at the beginning of the 20th century, chose and tried to analyze their work. In the process of analyzing tasavvufi - symbolic lexemes, Yusuf Saryomius explained by giving examples from his ghazals, bytes. KEYWORDS: national renaissance literature, tasavvufi-vocabulary layer, poetry of Yusuf Saryomiy, tasavvufi ideas, symbolic lexemes, jom, maimatian, embodiment analysis. Tasavvuf – islom dinida insonning ruhiy olamini poklovchi, komillikka yetaklovchi yo‘l. Barcha ilmlar qatorida tasavvuf ham o‘ziga xos, o‘zgacha bir ilmdir. Uning ham adabiyoti, mutasavvif shoir-u olimlari, shu bilan birgalikda, ramziylik ifodalovchi tili mavjud. Ya’ni tasavvuf o‘z atamalari, o‘z terminlari, umuman olib qaraganda, o‘z leksik qatlamiga ega bo‘lgan ilm sanaladi. Nafaqat adabiyotga, balki o‘z leksik qatlami bilan tilshunoislikka ham bog‘liq. Hozirgi kunda tasavvufiy lug‘aviy qatlamni o‘rganish, boshqa insonlarga ham undagi Haqiqat, Ma’rifat g‘oyalarini yetkazish bo‘yicha izlanish va tadqiqotlar kundan-kunga ortmoqda. Tasavvufiy lug‘aviy qatlamni boyitadigan eng muhim manba ramziy, timsol darajasiga ko‘tarilgan leksemalardir. Shuningdek, ramziy birliklarni mutasavvif shoirlarning she’r-u g‘azallaridan bilishimiz mumkin. Milliy uyg‘onish davrida ham diniy-tasavvufiy she’rlari bilan xalq orasida shuhrat topayotgan ijodkorlar mavjud edi. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida ilohiy ishq, tasavvufiy g‘oyalar haqida qo‘rqmasdan yoza olgan, shu bilan birgalikda, diniymistik shopir sifatida sobiq hukumat tomonidan qoralangan mutasavvif shoirlardan biri Yusuf Saryomiydir. “…Mavlaviy Yusuf Saryomiy islom diniga samimiy e’tiqod qo‘ygan, tasavvuf maslagiga mehr- muhabbat bog‘lagan komil musulmon shoiridirki, uning she’riyatidan islom va tasavvuf dunyoqarashining hayotbaxsh va donishmand zakovati ufurib turadi”.[1] Uning ijodida turli mavzudagi she’rlarni ham uchratish mumkin. “Yusuf”, “Yusufiy” taxallusi bilan she’rlar yozib, zamonasida katta shuhrat qozongan bu shoirning she’riyati tasavvuf doirasida qolgan emas. Unda “ishqi majoziy” yo‘nalishidagi she’rlar, muayyan tarixiy shaxslar, voqealarga bag‘ishlovlar, hatto hajviyalar ham bor”. [2] Yusuf Saryomiy ijod qilgan davr adabiy tili (XIX– 4 ` XX) bilan, Alisher Navoiy (XV), Adib Sobir Termiziy (XI–XII) lar ijod qilgan davr adabiy tili, albatta, leksik, morfologik, fonetik, grammatik jihatdan ham, farqlangan. Yozilish tili, uslubi ham bir-biridan farq qilishi tabiiy. Tasavvuf g‘oyalarini anglash, o‘rganish uchun esa ularni tahlil qilishimiz, asl ma’nosini ochiqlashga harakat qilish lozim. Bu tilshunoslikda, xususan, leksikografiya sohasida ham katta bir yutuq bo‘ladi. Gardishi bu jomdur hayyu huviyat halqasi, Mayparastdin davrig‘a yo‘q ibtidou intiho.[3] Bu misrada ramziy ma’no tashuvchi so‘zlar jom va mayparast so’zlaridir. Bularni tahlil qilish jarayonida u so‘zlarning asl ma’nosiga bog‘liqligi bor yoki yo‘qligini aniqlab olish kerak. Jom– tasavvuf adabiyotida eng ko‘p ishlatiladigan ramziy leksema. Uning asl lug‘aviy ma’nosi “sharob ichiladigan idish, qadah”. Tasavvufiy-ramziy so‘z sifatida Orifning ma’rifat bodasiga to‘la ko‘ngli va ahvoli timsolidir. Ma’rifat sarxushligiga g‘arq bo‘lgan komil inson nazarda tutilyapti. Ba’zi o‘rinlarda uni modiiy dunyo ramzi sifatida ham qo‘llashgan. Mayparast – tasavvuf adabiyotidagi bu istilohni ilohiy ishq mayidan mast bo‘lgan, mayxonada, ya’ni Piri Murshid ostonasida haqiqatni topish yo‘llarini qidirgan, Alloh vasliga yetmoq uchun yo‘lga chiqqan solik timsolidir. Baytning umumiy mazmuni quyidagicha: “Orif insonning ma’rifatga to‘lgan ko‘ngli asl mohiyat, haqiqat (huviyat) halqasidir, Alloh oshiqlarining boshlanish va tugash davri yo‘q, ular har doim Yaratganga oshiqdir”. Bas, bu foniy kulfotobodini asbobig‘a band Bo‘lmag‘il, chun ankabuti(o’rgimchak) ro‘zg‘or(davr) dar pechutob (siqilish) Yusuf Saryomiy ijodida boshqa shoirlarda deyarli uchramaydigan, yangi tasavvufiy-ramiy leksemalar ham qo‘llangan. Bu so‘zning yangi ma’no qirralarini ochib berishga ham yordam beradi. Shuningdek, baytning, yoxud g‘azalning qiymatini ham oshiradi. Yuqoridagi misrada keltirilgan kulfatobod va ankabut so‘zliklarini misol tar

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada tilshunoslikda tasavvufiy-lug‘aviy janrning o‘rni, uning asl mohiyatiga urg’u berib o’tilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada tilshunoslikda tasavvufiy-lug‘aviy janrning o‘rni, uning asl mohiyatiga urg’u berib o’tilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
national renaissance literature, tasavvufi-vocabulary layer, poetry of Yusuf, tasavvufiy g‘oyalar, milliy uyg‘onish adabiyoti, jom, mayparast, ramziy leksemalar, timsollar tahlili., tasavvufiy-lug‘aviy qatlam, Yusuf Saryomiy she’riyati
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[2]ТехникаENРецензированоОткрытый доступ
RESEARCH RESULTS CLEANING GRAIN HARVEST COMBINE HARVESTER

ЖУРНАЛ ТЕХНИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙЭлмурод Сотволдиевич Умаров, Зиёдбек Шавкатович Халилов +12021

5