Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
SIFAT SO'Z TURKUMINING QIYOSIY TAHLILI
Po’latova Mashhura Bahodir qizi
Наука и технология в современном мире · 2026
Аннотация
Ushbu ilmiy maqola o'zbek tilida sifat so'z turkumining o'rganilish jihatlari yuzasidan bir qancha olimlarimizning sifat so'z turkumi doirasidagi fikr va mulohazalari tahliliga bag'ishlanadi. COMPRAVITE ANALYSIS OF A CLASSUM QUALITY Annotation: About the views and opinions of several schoolars on the study of the adjective word class in the uzbek language. Kalit so'zlar: sifat,asliy va nisbiy sifat, tub sifat, yasama sifat, qo'shma, sodda, juft, takror sifat, xususiyat bildiruvchi sifat, holat bildiruvchi sifat. Otga bog'lanib,uning belgisini bildiradigan va "qanday?" , "qanaqa?" so'roqlariga javob bo'ladigan so'zlarga sifat deyiladi.Sifatlar tarkibiga ko'ra tub va yasama sifatlarga bo'linadi.Tarkibida so'z yasovchi qo'shimchalar bo'lmagan sifatlar tub sifatlar,asos va so'z yasovchi qismdan iborat bo'lgan sifatlar yasama sifatlar hisoblanadi.Yasama sifatlar asosga qo'shimchalar qo'shish yoki so'z qo'shish yo'li bilan hosil qilinadi.-li,-ser,-dor,-siz,no-,-chan,- ma,-iy(-viy) kabı qo'shimchalar sifat yasovchi qoʻshimchalar hisoblanadi.-li,-dor,ba-,-ser,-mand qo'shimchalari asosda ifodalangan belgiga egalikni bildiradi.Bu qo'shimchalar (-mand qo'shimchasidan tashqari)asosda ifodalangan belgiga ega emaslikni bildiruvchi no-, -siz, be- qoʻshimchalari bilan zid ma'nolidir.-gi(-ki,-qi,)qo'shimchasi payt va o'rin bildiruvchi otlarga qo'shilib,payt va o'ringa xos belgini, -simon qo'shimchasi o'xshashlik belgisini,-(v)iy qoʻshimchasi xoslik belgisini bildiruvchi sifatlar yasaydi.Sifatlar tuzilishiga ko'ra: sodda, qo'shma, juft,takroriy bo'ladi.Bir asosdan iborat bo'lgan sifatlar sodda sifatlar sanaladi.Ikki va undan ortiq asosdan tarkib topgan sifatlar qo'shma sifatlar deyiladi.Qo'shma sifatlar, asosan,qo'shib yoziladi. O'zaro yaqin va zid ma'noli ikki asosning juft kelishidan hosil bo'lgan sifat juf sifat hisoblanadi.Juft sifat qismlari chiziqcha bilan yoziladi.Juft sifat qismlari -u,-yu vositasida bog'lansa,ular ajratib yoziladi:yakka-yu yagona.Bir asosning aynan takrorlanishidan hosil bo'lgan sifatlar takroriy sifat sanaladi.Takroriy sifatlar belgini ta'kidlab,kuchaytirib ifodalaydi. Takroriy sifat qismlari chiziqcha bilan ajratib yoziladi.Sifatning to'rta darajasi bor bular:1)oddiy daraja,2)qiyosiy daraja,3)orttirma daraja,4)ozaytirma daraja.Belgining odatdagi me'yorda ekanligini bildiruvchi va boshqa darajalar uchun asos bo'lib xizmat qiluvchi sifat shakli oddiy daraja shakli deyiladi.Belgining me'yordan ortiq ekanligini bildirgan sifat shakli orttirma daraja shakli deyiladi.Sifatning orttirma daraja shakli quyidagi yo'llar bilan hosil bo'ladi: 1)oddiy daraja shaklidagi sifat oldidan eng, g'oyat, juda, nihoyatda, bag'oyat so'zlari keltiriladi: juda qizil, g'oyat shirin. 33 ` 2)oddiy daraja shaklidagi sifatning birinchi bo'g'ini tovush o'zgarishi bilan takrorlanadi: bus-butun,kap-katta,to'ppa-to'g'ri. Belgining me'yordan biroz oz yoki ko'p ekanligini qiyosang ifodalaydigan sifat shakli qiyosiy daraja shakli deyiladi. Qiyosiy daraja shakli -roq qo'shimchasi yordamida yasaladi. Beligining me'yordan kam ekanligini bildiruvchi shakl sifatning ozaytirma daraja shakli hisoblanadi. Ozaytirma shakl sifatning oddiy daraja shakli oldiga sal, biroz, picha, xiyla, nima so'zlafini qoʻshish oraliq hosil qilinadi.Rang-tus bildiruvchi ayrim sifatlardan -(I)mtir,-ish qoʻshimchalari yordamida ham ozaytirma daraja shakli yasaladi.Sifatlar qanday belgini ifodalashiga ko'ra quyidagi guruhlarga bo'linadi: 1)xususiyat sifatlari; 2)rang-tus sifatlari; 3)maza-ta'm sifatlari; 4)hajm-o'lchov sifatlari; 5)hid bildiruvchi sifatlar; 6)makon-zamon sifatlar. Qalandar Sapayev sifat so'z turkumi bo'yicha quyidagi fikrlarni ilgari suradi: Predmetning belgisini bildiruvchi mustaqil so'zlar sifat deyiladi:masalan yaxshi yigit,kamtar qiz.Sifatlar belgini o'zichaa ayrim olingan holda bildirmasligini,balki borliqdagi u yoki bu narsa va hodisalarga tegishli holda anglatishini aytib o'tadi.Shuning uchun sifat,odatda,narsa va hodisalarning nomi bo’lmish otlarni aniqlab keladi:kuzgi shamol,aqlli bola,malla soch kabi.Sifat odatda otga bog’lanib keladi,uning biron belgisini aniqlashga xizmat qiladi.Ba’zan ot so’z ham hech qanday morfologik belgisiz sifatlovchi boʻlib keladi.Lekin belgi ma’nosini anglatib kelgan bunday ot tamoman sifat turkumiga o’tib ketmaydi,balki ot turkumi doirasida qoladi.Masalan:tosh yo’l,taxta ko’prik,oltin soat,atlas ko’ylak , kumush qoshiq kabi.O’zbek tilida sifat boshqa so’z turkumlaridan o’ziga xos ma’nosini,maxsus sifat yasovchi affikslar ha va shakl yasovchi affikslarga ega ekanligi bilan farqlanib turadi.Grammatik jihatdan narsa belgisini boshqa narsa belgisi bilan qiyoslab,darajalab ko’rsatish yoki narsa belgisini kuchaytirib va kamaytirib ko’rsatish xususiyatiga ega.Masalan:katta-kattaroq,eng katta,ko’k-ko’kroq,eng ko’k,ko’kimtir.Sifatlat ko’pincha sifatlovchi vazifasida keladi:Masalan:Ochil buva o’tkir,qora ko’zli,serqosh,chiroyli yigit bo’lgan.Bundan tashqari kesim,hol vazifasida ham keladi.Masalan: Xo’jalik madaniyatning,m
Доказательный фрагмент
«Ushbu ilmiy maqola o'zbek tilida sifat so'z turkumining o'rganilish jihatlari yuzasidan bir qancha olimlarimizning sifat so'z turkumi doirasidagi fikr va mulohazalari tahliliga bag'ishlanadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu ilmiy maqola o'zbek tilida sifat so'z turkumining o'rganilish jihatlari yuzasidan bir qancha olimlarimizning sifat so'z turkumi doirasidagi fikr va mulohazalari tahliliga bag'ishlanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- sifat, asliy va nisbiy sifat, tub sifat, yasama sifat, qo'shma, sodda, juft, takror, xususiyat bildiruvchi sifat, takror sifat, holat bildiruvchi sifat.
Смежные источники
ЖУРНАЛ ТЕХНИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙЭлмурод Сотволдиевич Умаров, Зиёдбек Шавкатович Халилов +12021
МонографииЮсупова Н. А.2026
Авторефераты диссертацийKarimova Gulirano Muxtor qizi2026