Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
AJRALISHNING BOLALARGA PSIXOLOGIK TA’SIRI VA AMALIY TAVSIYALAR
Nigora Yo’ldasheva Sodiqjon qizi · Zamira Bilolova Baxtiyarovna
Наука и технология в современном мире · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada oilaviy ajralishning bolalarga ko‘rsatadigan psixologik ta’siri va uning oqibatlari haqida fikr yuritilgan. Ajralish natijasida bolalarda psixologik buzilishlari, aybdorlik va emotsional stress holatlari rivojlanishi ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek maqolada bolalarning yosh xususiyatlariga qarab ajralishga reaktsiyalari ham tahlil qilingan. Kalit so’zlar: Oila, oilaviy ajralish, psixologik buzilishlar, aybdorlik hissi, emotsional stress, depressiya, tashvishlanish, Freyd nazariyasi, Bowlby nazariyasi, Erikson nazariyasi, psixoterapiya. Hozirgi kunda oilaviy ajralishlar sonining ortib ketayotgani jiddiy muammolarga olib kelmoqda. Albatta ajrimlar natijasida oiladagi farzandlar yo otasining yoki onasining qoʻlida qolishga toʻgʻri keladi. Oiladagi ajirimlar ota onadan ham koʻra koʻproq bolaga psixik zarba boʻlib, uning rivojlanish hayot tarzida kamchiliklarni, nuqsonlarni keltirib chiqarmoqda. Psixik rivojlanishiga ijtimoiy moslashuv jarayonlariga, hissiy holatiga salbiy tasir koʻrsatadi.Chunki ota-ona o‘rtasidagi munosabatlar bolaning psixologik rivojlanishida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Oilaviy ajralish bu muhitning buzilishi bo‘lib, bola o‘z hayotining asosiy tayanchlaridan birini yo‘qotadi. Bu esa unda turli ruhiy muammolarni yuzaga keltiradi. Ajralish bolaning turli yoshida turlicha taʼsir qiladi. Masalan: Maktabgacha boʻlgan yoshda yaʼni 3–6 yoshli bolalar ajralish sabablarini tushunmaydi, lekin bolaning xulq-atvorida sezilarli o‘zgarishlar bo‘ladi. Haddan ziyod yig‘loqi, juda ham qo‘rqoq boʻlib qoladi. Kichik maktab yoshi yani 7–11 yoshdagi bolalar ota-onasi ajralganini anglaydi, lekin uni hal qilish imkoniga ega emas. O‘qishdagi qiyinchiliklar, diqqat buzilishi, tushkunlik holatlari kuzatiladi.O‘ziga ayb yuklash ehtimoli yuqori boʻladi. O‘smirlik yoshi yani 12–18 yoshdagi bolalar uchun mustaqil fikrlash kuchaygan davr hisoblanadi. Bu yoshdagi bolalarda agressivlik yuqori boʻlish holatlari kuzatiladi. Isyonkorlik avj oladi. Oilaviy ajralishdan soʻng bu oila farzandlarida oʻz oʻziga boʻlgan munosabati, hurmati past boʻladi, koʻpincha bu bolalar oʻzlarini qadrsiz va keraksiz deb hisoblashadi. Ular yosh ulgʻaygani sari jamiyatda shaxslararo munosabatlarda bir qator muammolarga duch kelishadi. Doʻst orttirish yoki juft tanlashda unga ishonchszlik yuzaga kelaveradi va natijada bu borada qiyinchilikka uchraydi. Ajralish natijasi oʻz oʻzidan bolalarni taʼlim jarayoniga ham oʻz taʼsirini koʻrsatadi. Bilim olishi sustlashib o’qishiga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Ajralish natijasida bolalarda psixologik buzilishlari, aybdorlik hissi va emotsional stress kabi holatlar kuzatiladi. Ajralishdan so‘ng bolalarda yuzaga keladigan ruhiy buzilishlarga quyidagilarni koʻrsatish mumkin. 46 ` Bolalarda tashvishlanish va xavotirning kuchayishi. Bola ota-onasining ajralishidan so‘ng o‘zini xavfsiz his qilmaydi. Shuningdek bola kechasi uxlay olmaslik, doimiy qo‘rquv, xavotirli orzular va kelajagiga nisbatan noaniqlik hissi kabi holatlar qurshovida qoladi. Kuchli depressiyaga tushib qolishi: Ota yoki onadan ajralish bolalarda chuqur g‘amginlik, qiziqishning pasayishi yokida butunlay yo‘qolishi, ishtahaning pasayishi, passivlik va hayotga nisbatan umidsizlik kabilar kuzatiladi. Bolaning xulqida ogʻushishlar paydo boʻladi, ularda juda tajovuzkor bo‘lib qolishi, maktabda intizomsizliklarni koʻpaytirishi, do‘stlariga nisbatan zo‘ravonlik qilishlari va bularni oddiy holatdek qabul qilishi kuzatiladi. Bolada aybdorlik hissini shakllanishi. Ko‘plab bolalar ota-onasining ajrashishida ularning munosabatlarini yomonlashuvida o‘zlarini aybdor deb hisoblaydilar. Bu quyidagi sabablarga bog‘liq: Bola ota-onasi janjallashganiga guvoh boʻladi, va bunga “men sababchi bo‘ldim” “Agar men yaxshi bola bo‘lganimda, urishmasdilar va ajrashmasdilar” degan notoʻgʻri fikrlar bilan yashaydi. Baʼzi hollarda ayrim ota-onalar bexosdan bolaga qarata aybdorlikni anglatadigan gaplar aytib qo‘yishi mumkin. Bu holat bolaning o‘ziga boʻlgan munosabati yomonlashuviga, ruhiy iztiroblanishiga va o‘zini jazolashga urinishlariga sabab bo‘lishi mumkin. Ajralish bolada turli emotsional stress holatlarini paydo qiladi. Ikki tomon yani ota- ona o‘rtasida qolish: Bola qaysi birini tanlash kerakligini bilmaydi. Bu holat ichki ziddiyatni kuchaytiradi. Bolalarda yolg‘izlik hissini paydo boʻlishi: Ajralishdan keyin ota yoki onadan birining yetishmasligi bolaning yolg‘izlikni kuchli his qilishiga sabab bo‘ladi. Bola ajralishni tushunmaydi va ota-onasiga nisbatan norozilik, g‘azab yoki nafrat paydo boʻladi. O‘sib borayotgan bolalar uchun barqaror oilaning yo‘qligi jinsiy yoki ijtimoiy rolini belgilashda muammolar tug‘diradi. Ko‘plab psixologik nazariyalar oilaviy ajralishning bolaning ruhiy salomatligiga oʻz ta’sirini koʻrsatishini izohlaydi. Freyd nazariyasiga ko‘ra, bolaning ilk yillardagi ota-onaga bo‘lgan bog‘lanish hissi ruhiy barqarorlikni shakllantiradi. Ajralish bu bog‘lanishni izdan chiqaradi. Bowlby’ning bog‘lanish nazariyasi bola va ota-onasi o‘rtasidagi doimi
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada oilaviy ajralishning bolalarga ko‘rsatadigan psixologik ta’siri va uning oqibatlari haqida fikr yuritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada oilaviy ajralishning bolalarga ko‘rsatadigan psixologik ta’siri va uning oqibatlari haqida fikr yuritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- oilaviy ajralish, psixologik buzilishlar, aybdorlik hissi, emotsional stress, Freyd nazariyasi, tashvishlanish, depressiya, Bowlby nazariyasi, Erikson nazariyasi, Oila, psixoterapiya.
Смежные источники
Наука и технология в современном миреHamdamov Islom Akramovich2026
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021