К содержанию
РецензированоRU2025

ILK MUSULMON UYGʻONISH DAVRINING YUZAGA KELISH SABABLARI VA UNING PEDAGOGIK TAHLILI

Mardiyeva Yulduz Ubaydullayevna · Movarounnahr, handasa

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

В данной статье дается информация о широком распространении арабской мусульманской культуры, о возникновении “исламского возрождения”, о великих достижениях и важных научных открытиях в истории мусульманской науки и культуры IX-XI веков. История мусульманской науки и культуры IX-XI вв. содержит сведения о великих достижениях и важных научных открытиях. Подробно описано основание”Байт аль-Хикма " и превращение его в крупный научный центр. Ключевые слова: Арабский халифат, Средняя Азия, Байт Аль-Хикма, Золотой век, Мавераннахр, Хандаса, Платон, Аристотель Annotation: In this article, the wide spread of Arab Muslim culture was explained by the emergence of the “Islamic Renaissance” and the great achievements and important scientific discoveries in the history of Muslim science and culture of the 9th-11th centuries. The 9th-11th centuries are mentioned in the history of Muslim science and culture with great achievements and important scientific discoveries. The Выпуск журнала №-26 Часть–5_ Май –2025 232 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT foundation of”Bayt al-hikma " has been described in detail as having become a major scientific center. Key words: Arab Caliphate, Central Asia, Beit al-hikma, golden age, Movarounnahr, geometry, Plato, Arastu. Arab musulmon madaniyatining eng yuksak parvozi –“islom renessansi” - islomning siyosiy qudrati zaiflashgan davrga, hayot pragmatik va ancha durust holga kelgan davrga to‘gʻri keladi. Diniy urushlar vaqtida qo‘lga kiritgan boyliklar, resurslarga ega bo‘lgan amirlar, yuqori avtoritet bo‘lgan Bagʻdod halifaligidan mustaqil bo‘lgach, ularni bogʻ-rogʻlar, o‘z saroylari va boshqa hovli obodonchiliklariga ishlata boshlaganlar. Ular o‘z saroylariga shoirlar, faylasuflar, nafaqat islom aqidasini o‘rganuvchi, balki qadimiy ellin, rim-xristian va fors an’analarini biluvchi olimlarni to‘play boshlaganlar. Bularning hammasi ma’rifatli va ma’lumotli kishilarning ko‘payishga, madaniyatning gullab-yashnashiga olib kelgan edi. Shuning bilan bir qatorda IX-XI asrlar musulmon fani va madaniyati tarixida katta yutuqlar va muhim ilmiy kashfiyotlar davri bo‘lganligidan, bu davrni ba’zi tadqiqotchilar Sharq fani va madaniyatining “oltin davri” deb e’tirof etadilar. O‘sha davrda arab xalifaligi tarkibiga kirgan Movarounnahr va Xuroson mintaqasi yuz bergan madaniy-ma’rifiy yuksalishni ta’minlovchi va harakatlantiruvchi asosiy kuchlardan biri edi. Bu xulosa, birinchi navbatda, bu ilmiy yuksalishda ishtirok etgan mutafakkirlarning asosiy qismi ushbu zamin farzandlari bo‘lgani bilan izohlanadi. Movarounnahr zamini o‘rta asr musulmon sharqida ma’rifat va madaniyat maskani sifatida dong taratgan o‘lka hisoblangan. Yurtimizdan yetishib chiqqan al-Xorazmiy, al-Fargʻoniy, al-Forobiy, ibn Sino, Beruniy, Zamaxshariy va boshqa buyuk alloma, qomusiy olimlarning ilmiy merosi haqli ravishda umumbashariy mulkka aylangan. Sobiq sovet davrida ushbu olimlarning ilmiy merosiga bir tomonlama munosabat shakllangan bo‘lsa, mustaqillik yillariga kelib ushbu buyuk zotlar faoliyati va ilmiy merosi har tomonlama chuqur o‘rganilishi boshlandi. Выпуск журнала №-26 Часть–5_ Май –2025 233 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT O‘lkamiz, shuningdek, islom dini taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan muhaddis, dinshunos olimlar, tasavvuf ilmi namoyondalari yurti ham hisoblanadi. Sovet mustabid davrida nomi unutilish darajasiga kelib qolgan Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Hakim at-Termiziy, Imom al-Moturudiy, Abdulholiq Gʻijduvoniy, Burhoniddin Margʻinoniy, Bahovuddin Naqshband, Qaffol Shoshiy, Xoja Axror va boshqa diniy arboblarning tabarruk nomlarini tiklash, ularning asarlarini keng jamoatchilikka, xalqimizga tanishtirishda aynan sharqshunos-tarixchi olimlarning hissasi katta bo‘ldi. Zero ajdodlarimizning muqaddas dini bo‘lmish islomning tom ma’nodagi ezgulik hamda kamolotga erishish yo‘lidagi buyuk ma’naviy qudratini namoyon etishda yuqorida nomi zikr etilgan olimlar katta jonbozlik ko‘rsatishdi.[1.28] Islomning barcha musulmonlar uchun birodarlik, tenglik, soliq va qullikdan ozod qilish haqidagi shiorlari Eron va O‘rta Osiyo xalq ommasiga o‘z ta’sirini o‘tqazmay qolmadi. Murakkab ijtimoiy ziddiyatlar ta’sirida yashagan aholi bunday shiorlarning amalga oshishiga ishonar edi. Shuning uchun aholi arablarga qarshi deyarli jiddiy qarshilik ko‘rsatmadi. Shu tariqa islom dinining yoyilishi turli yo‘llar bilan, jumladan, zo‘rlik bilan ham amalga oshirildi. Bu yerda shuni ham ta’kidlash lozimki, uni qabul qilish uchun qisman zamin ham tayyorlangan edi. Bunga zardushtiylikdagi yakkaxudolik aqidasining rivoji, yahudiylik va xristianlik oqimlari bo‘lgan monofizitlik va nestorianlikning mavjudligi ham o‘z hissasini qo‘shdi. Misr olimlari Rashid al-Baraviy va Muhammad Hamza Uleyshlarning ta’kidlashlaricha, zardushtiylik, monofizitlik va nestorianlikning siqib chiqarish jarayoni bosqichma-bosqich bilan olib borildi. “Ba’zilar yangi e’tiqodni o‘z ishonchlariga ko‘ra, boshqalar esa -moddiy manfaat tufayli, yana ba’zi birovlar esa-o‘zlarini hukmron d

Доказательный фрагмент

«В данной статье дается информация о широком распространении арабской мусульманской культуры, о возникновении “исламского возрождения”, о великих достижениях и важных научных открытиях в истории мусульманской науки и к…»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье дается информация о широком распространении арабской мусульманской культуры, о возникновении “исламского возрождения”, о великих достижениях и важных научных открытиях в истории мусульманской науки и к… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Arab Caliphate, Central Asia, Beit al-hikma, golden age, O‘rta Osiyo, handasa, Arastu., Bayt al-hikma, Arab xalifaligi, Aflotun, Movarounnahr, oltin davri
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники