К содержанию
РецензированоUZ2010

INTENSIVLIKNI YUZAGA KELTIRUVCHI USULLAR

To’xtayeva Dilafruz Ashurovna

Современное образование и развитие · 2010

Аннотация

Intensivlik parametrik miqdorlarning birinchi bosqich belgilari bo‘lib, narsa-predmetlarning bevosita xususiyati sifatida harakat qiladi. Intensivlik nafaqat ekspressivlik o‘lchovi (asosan, matnga turli xil kuchaytirkichlarning kiritilishi bilan bog‘liq), balki uning tarkibiy qismi sifatida ham namoyon bo‘ladi. Agar gapda biron-bir xususiyat kuchayib ketsa, u holda umumiy gap ekspressivlikka ega bo‘lishi mumkin. Intensivlik miqdor o‘lchovi sifatida uni yuzaga keltiruvchi o‘ziga xos usullarga ega bo‘ladi. Kalit so‘zlar: intensivlik, sintaktik usul, miqdor, kuchaytirish, ta’kidlash, sintaktik birlik, tartib, belgi, o‘lchov. Insonlar o‘rtasidagi muloqot semantikaning asosiy kategoriyasi bo‘lgan lingvistik birliklarning ma’nolarini bilish tufayli amalga oshiriladi. Semantik kategoriyalarga mantiqiy yoki psixologik mohiyatdan ko‘ra lingvistik mohiyatga ega bo‘lgan mazmun birliklari kiradi. Ular maxsus ko‘rsatkichlarda ifodalanadi, ya’ni muayyan lingvistik vositalarda mujassamlashgan bo‘ladi. N.N. Zaneginaning qayd etishicha1, rus tilida sifat so‘z turkumi misolida intensivlik kategoriyasining tadqiqi A.V.Ivancha ishlarida ko‘zga tashlanadi2. Muallif intensivlikning denotativlik masalasini ko‘taradi va uning alohida belgi doirasida obyektiv va subyektiv miqdoriy xususiyatlarini tahlilga tortadi. Intensivlik xususiyatiga ega bo‘lgan sifatlarning tahlili qiyosiy planda A.N.Minka tadqiqotlarida 1 Занегина Н.Н. Имена прилагательные со значением интенсивности, меры проявления признака (внутриклассная организация и межклассные связи и отношения) https://lexrus.ru/default.aspx?p=2917 2 Иванча А. В. Прилагательные со значением интенсивности в русском языке // Известия Саратовского университета. Сер. Филология. Журналистика. 2010. Вып. 4. Т. 10. С. 9-11. Выпуск журнала №-26 Часть–5_ Май –2025 317 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT amalga oshirilgan3. G.I.Kustova rus tilining milliy korpusida to‘plangan materiallar asosida “Rus idiomalari lug‘ati” ni yaratadi. Lug‘atda muallif mavjud materiallar asosida to‘liq, noto‘liq daraja xususiyatlarini beruvchi lingvistik birliklarni intensivlik kategoriyasi asosida o‘rganadi.4 Hozirgi o‘zbek adabiy tilida intensivlik kategoriyasini yuzaga keltiruvchi lingvistik vositalar rang-barang bo‘lib, quyida sintaktik usullarda namoyon bo‘lishiga to‘xtalamiz. 1. Leksik birlikka nisbatan sintaktik birlik orqali ifodalangan ma’no kuchliroq bo‘ladi: mehribon – haddan tashqari mehribon, tepmoq – kuch bilan tepmoq, ochmoq – shahd bilan ochmoq va h.k. 2. So`roq gap shakli orqali ifodalangan buyruq ma’nosi buyruq gap orqali ifodalangan buyruq ma’nosidan kuchliroq bo`ladi. M: Yuring. Yoki: Yurmaysizmi? 3. Buyruq gaplarning kesimi, odatda, gap oxirida keladi. Ba’zan buyruqni kuchaytirish, do‘q-po‘pisa ma’nosi ifodalanganda, kesim gap boshida keladi. M: Qo‘lingizni oling. – Oling qo‘lingizni. 4. Havola bo‘lakli qo‘shma gaplar bilan ularga sinonim bo‘lgan sodda gaplar bir xil mazmun ifodalash jihatidan umumiylikni tashkil etadi. Ammo havola bo‘lakli qo‘shma gaplarda unga sinonim bo‘lgan sodda gaplarga nisbatan ma’no ta’kidlangan bo‘ladi Ertamiz bugungidan porloqroq bo‘lishiga aminman. Shunga aminmanki, ertamiz bugungidan porloqroq bo‘ladi. 5. Sifatlovchi aniqlovchi tartibni o`zgartirish orqali (o‘rin almashtirish yo‘li bilan) ajratilar ekan, bunda sifatlovchining ma’nosi odatdagi tartib bilan qo‘llangan sifatlovchiga nisbatan bo‘rttiriladi, alohida 3 Минка А. Н. Прилагательные со значением степени и дискурсивное варьирование их градуальных признаков (На материале текстов русского и английского языков). Дис. ... канд. филол. наук. Краснодар, 2005. 4 Кустова Г.И. Словарь русской идиоматики. Сочетания слов со значением высокой степени. Режим доступа: http://dict.ruslang.ru/magn.php. Выпуск журнала №-26 Часть–5_ Май –2025 318 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT ta’kidlanadi, gapdagi eng ahamiyatli, yangi axborot tashuvchi qismga aylanadi. M: Domla – sersoqol, rangpar, oriq – qiroat bilan o‘qir edi. 6. Undalmali gaplarda undash ma’nosini yanada kuchaytirish uchun turli undovlar ham birga qo‘llanilishi, undalmalar takror holda kelishi mumkin. M: Oyi, oyi, o‘rtoqlarim kelishyapti. Yoki: Hoy qizginam-ey, qizginam-ey. Kel, kira qol. 7. Sifatlovchi aniqlovchilar ba’zan predmet yoki shaxslarning belgisini qabartirish, ortiq darajasini ko‘rsatish uchun xizmat qilishi mumkin. M: go‘zal tilimiz – go‘zal, musaffo, ilhombaxsh tilimiz Yoki: aqlli yigit – aqli raso yigit 8. Qo‘shma gaplar bog‘lovchili yoki bog‘lovchisiz qo‘llanganda mazmun munosabatida turli farq va o‘ziga xosliklar yuzaga keladi. Ya’ni bog‘lovchili (ya’ni bog‘langan va ergashgan) qo‘shma gaplarda bog‘lovchi vositalar borligi sababli, zidlash, shart, payt, sabab-natija, qiyoslash-o‘xshatish kabi ma’no munosabatlari aniq, ochiq, qabariq ifodalanadi. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarda ham zidlash, shart, payt, sabab, o‘xshatish kabi munosabatlar ifodalanadi, ammo bu ma’no munosabatlari bog‘lovchi vositalar bo‘lmagani sababli shaklan eks etmaydi. M: Til millatning b

Доказательный фрагмент

«Intensivlik parametrik miqdorlarning birinchi bosqich belgilari bo‘lib, narsa-predmetlarning bevosita xususiyati sifatida harakat qiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Intensivlik parametrik miqdorlarning birinchi bosqich belgilari bo‘lib, narsa-predmetlarning bevosita xususiyati sifatida harakat qiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
miqdor, ta’kidlash, intensivlik, o‘lchov., sintaktik usul, sintaktik birlik, kuchaytirish, tartib, belgi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники