Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOLANING MAKTAB TA’LIMIGA PSIXOLOGIK TAYYORGARLIGI
SHDPI Maktabgacha ta’lim · Raxmatova Nilufar Siroj qizi · Umirova Muxlisa Yuldosh qizi
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
Psychological preparation for school education plays an important role in the successful start of the child's learning process. This article covers the main aspects of a child's psychological preparation for school education, as well as issues of cognitive, emotional, social and motivational preparation. The article also analyzes the influence of the family, preschool educational institutions and the environment on the child's readiness for school. Proper organization of the child's psychological preparation for school education helps to ensure his future educational success. Key words: school preparation, psychological preparation, cognitive preparation, emotional preparation, social preparation, motivational preparation, family influence, preschool education. KIRISH. Maktab taʼlimiga psixologik tayyorgarlik deganda, bolaning obʼyektiv va subʼyektiv jihatdan munosibligi, bilish jarayonlari bilan shaxs xususiyatlarining o‘zaro mutanosibligi nazarda tutiladi. O‘quvchi maktab taʼlimiga keng maʼnoda psixologik jihatdan obʼyektiv tayyor bo‘ladi. Binobarin, uning psixikasi bilim olishga yetarli darajada taraqqiyot bosqichiga erishadi. Ushbu yoshdagi bola o‘z idrokining o‘tkirligi, ravshanligi, sofligi, aniqligi, uning qiziquvchanligi, dilkashligi, xayrixohligi, ishonuvchanligi, xayolining yorqinligi, xotirasining kuchliligi bilan boshqa yoshdagi o‘quvchilardan (jumladan, o‘smirlardan) ajralib turadi. Maktab taʼlimiga tayyorgarlik ko‘rayotgan bolada diqqat nisbatan uzoq muddatli va shartli ravishda barqaror ko‘rinishga ega, deb hisoblash mumkin. Diqqatning xususiyatlari (taqsimlanishi, ko‘chishi, kuchi, barqarorligi, bo‘linishi, tebranishi va boshqalar) uning roli va syujetli o‘yin faoliyatlarida, rasm chizish va ko‘rish, yasash mashg‘ulotlarida, loy hamda plastilindan narsa yasashda, katta yoshdagilar va tengqurlari nutqini idrok qilish va tushunishda, matematik amallarni bajarishda, hikoya tinglash hamda shaxsan o‘zi ham tuzishda bevosita namoyon bo‘ladi. Bu davrga kelib, bola o‘z diqqatini muayyan obʼyektga, narsa va hodisalarga yo‘naltirishga, to‘plashda va uni mustahkamlashda hamda taqsimlashda maʼlum Выпуск журнала №-26 Часть–7_ Май –2025 14 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT darajada ko‘nikmani egallagan bo‘lib, o‘z diqqatini boshqarish, zarur paytda, uni shaxsan tashkil qilishga intiladi. Uning xotirasi qiziqarli ajoyibotlarga, g‘aroyibotlarga boy, voyaga yetgan kishini tajubga soladigan maʼlumotlar va hodisalarni puxta esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish imkoniyatiga egadir. Shu davrgacha bevosita kattalar rahbarligida u yoki bu axborotlarni egallab kelgan bo‘lsa, endi u o‘z xohish irodasi bilan, muayyan motivatsiyaga asoslangan holda zarur maʼlumotlar olishga, o‘z oldiga yaqqol maqsad va aniq vazifa qo‘yishga harakat qiladi. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR Bolaning muayyan taraqqiyot darajasiga erishganligini uning xotirasi faolligi namoyish qiladi. U o‘zining uncha boy bo‘lmagan shaxsiy tajribasiga asoslanib, sheʼr, hikoya, ertaklarni esda qoldirish uchun ularning takrorlanganligi, yod olishning qulay yo‘l va usullaridan foydalanganligi taʼlim jarayonida unga juda qo‘l keladi. Demak, u o‘qish, idrok qilish, o‘zlashtirish texnikasi bilan yaqindan tanishishga erishadi. Yuqorida yoritilgan mulohazalarga asoslangan holda shunday xulosaga kelish mumkinki, bolalarning psixologik tayyorgarlik darajasi taʼlimni muvaffaqqiyatli uddalash, amalga oshirish uchun mutlaqo kafolot bera oladi. Bu o‘rinda uning shaxsiy xususiyatlari shakllanganligi yuzasidan ham maʼlumot berish maqsadga muvofiqdir. Bolada shaxsning bir qator fazilatlari va xususiyatlari yaqqol ko‘zga tashlanadi; qatʼiylik, nisbiy mustaqillik, o‘z oldiga maqsad qo‘ya olishlik, xulqatvorni ijtimoiy jamoatchilik nuqtai-nazardan baholashga intilishlik, ahd- paymonga sodiqdik, kattalarni hurmat qilishlik, vaʼdaga vafo qilishlik, burch va javobgarlik hislari kabilar Shuning bilan birga maktab taʼlimiga tayyorgarlik ko‘rayotgan bola o‘z histuygʼusi va ichki kechinmalarini boshqarish uquviga egadir, hatto u o‘z-o‘ziga, o‘z qilmishlari, nojo‘ya xatti-harakatlari, o‘rinsiz luqma tashlaganligi, ixtiyorsiz o‘xshayganligi uchun baholi qudrat o‘z munosabatini bildirishi mumkin. Taʼkidlab o‘tilgan barcha mulohazalar, sharhlar, tavsiflar maktab taʼlimiga psixologik tayyorlikning asosiy omillari, shuningdek, eng muhim shart-sharoitlari bo‘lib hisoblanadi. Olti yoshli bolaning taʼlimga psixologik tayyorgarligi to‘g‘risida fikr yuritganimizda, biz muayyan reja asosida tartibli, ko‘p qirrali, maqsadga Выпуск журнала №-26 Часть–7_ Май –2025 15 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT yo‘naltirilgan, o‘zaro bog‘liq va mantiqiy ketma-ketlikka ega bo‘lgan boshlang‘ich taʼlim uchun zamin vazifasini o‘tuvchi ruhiy taraqqiyotning zarur ko‘rsatkichi va darajasini nazarda tutamiz. Bu borada yana shu narsani qo‘shimcha qilish o‘rinliki, taʼlim uchun ruhiy taraqqiyot darajasidan tashqari, bolaning turmush sharoiti va faoliyati tafovutlari o‘ziga xosligi uning sihat-salomatligi, met
Доказательный фрагмент
«Psychological preparation for school education plays an important role in the successful start of the child's learning process.»
Образец извлечения
Демо-превьюPsychological preparation for school education plays an important role in the successful start of the child's learning process. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- school preparation, psychological preparation, cognitive, maktabga tayyorgarlik, maktabgacha taʼlim., oila taʼsiri, ijtimoiy tayyorgarlik, motivatsion tayyorgarlik, hissiy tayyorgarlik, kognitiv tayyorgarlik, psixologik tayyorgarlik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025