К содержанию
РецензированоEN2025

ABDULLA AVLONIYNING “TURKIY GULISTON YOXUD AXLOQ” ASARIDAGI TARBIYAVIY AHAMIYATI

ASARIDAGI TARBIYAVIY AHAMIYATI · Fazliddinova Muqaddas Elyor qizi

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

This article describes the educational significance of the work "Turkish Rose or Morality" by Abdulla Avloni, the moral and ethical ideas put forward in the work, and the pedagogical views aimed at educating the younger generation as perfect human beings. It is argued that the concepts put forward by the author, such as decency, honesty, hard work, and the pursuit of knowledge, are also relevant for today's educational processes. KEYWORD: The teacher is a sociologist, morals, education, modernity, humanism, journalistic article, globalization, ignorance. Alhosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidur. Abdulla Avloniy Jadid adabiyotining yirik namoyandalaridan sanalgan Abdulla Avloniy o’z asarlari bilan jadid pedagogikasi va adabiyoti taraqqiy topishida beqiyoq hissa qo’shgan. Adibning hayoti va ijodiy faoliyatiga nazar tashlasak,u 1878-yil 12-iyulda Toshkentda hunarmand oilasida tavallud topgan. Ish faoliyatini matbuotda ko’plab publitsistik maqolalar chiqarish bilan boshlagan Abdulla Avloniy bir qancha yillik ijodiy faoliyati davomida “Birinchi muallim” (“Muallimi avval”, 1909), ”Ikkinchi muallim” (“Muallimi soniy”, 1912) nomli darsliklar, ”Gulistoni maktab” (1917), ”Adabiyot yoxud milliy she’rlar” (1909-1916) kabi maktablarda o’qitilishga mo’ljallangan qo’llanmalar yaratdi. Uning asarlari ichida “Turkiy guliston yoxud axloq” asari o’zbek klassik pedagogikasining ajoyib namunasi hisoblanadi. Abdulla Avloniy asarni “maktablarimizning yuqori sinflarida ta’lim bermak ila barobar ulug’ adabiyot muhiblariga” bag’ishlaydi. Asarning kirish qismida Avloniy uni tun-u kun azoblayotgan millatining ahvoli xususidagi qalb qiynoqlari haqida quyidagi she’riy misralarni keltirib o’tadi: Выпуск журнала №-26 Часть–7_ Май –2025 101 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Har kun o’luram shomg’acha men g’amga giriftor, Har shab yonaram otasha parvona kabi zor, Hech kimsa emas bu meni ahvolima vofiq, Men xastayam-u millatim o’lmish nega bemor? Adib asarni fors adabiyotining shoiri shayx Muslihiddin Sa’diy Sheroziyning “Guliston”asari ta’sirida yaratgan. Bu haqida asarning so’nggi “Bir ikki so’z” bobida ijodkorning o’zi shunday fikrlarni bayon etadi: ”Shuning uchun ko’p vaqtlar tajriba so’ngidan adibi muhtaram Shayx Sa’diy usulidan yozmoqni, garchi og’ir ish bo’lsa ham, o’zimga muqaddas bir vazifa ado qilaroq bu kamchilikni oradan ko’tarmakni munosib ko’rdim. Va shul maqsadga mabni har bir so’zning oxiriga, ikki- uch band she’r ham yozdim va bu yozgan she’rimning orasida ba’zi arabiy, forsiy she’rlarning tarjima va mazmuni ham ko’rilur”. Adib asarni Hijron taxallusi bilan Toshkentda yozadi. «Turkiy guliston yohud axloq»asarining birinchi sahifasidan to so’nggi sahifasigacha Avloniyning insonparvarlik g‘oyalari ifodalangan. U hammadan burun xalq manfaatini ko‘zlaydi, xalqqa bajonu dil xizmat qilishni o‘zining muqaddas burchi deb biladi. Uning nazarida kishilar g‘amini yemagan, xalqdan uzoq turgan ig‘vogar, g‘iybatchi inson emas. Muallif chaqimchilik, g‘iybat, hasad, munofiqlik, yolg‘onchilik, ikkiyuzlamachilik haqida to‘xtalib, ularning insonlar hayotiga zararini atroflicha ko‘rsatib beradi. Asar nafaqat o‘z davrida, balki bugungi kunda ham dolzarbligini yo‘qotmagan. Bugungi globalizatsiya va axborot xurujlari zamonida yoshlar ongini to‘g‘ri shakllantirish, ularni yot g‘oyalar ta’siridan asrash uchun Avloniy kabi ma’rifatparvarlarning qarashlari muhim manba bo‘lib xizmat qilmoqda Avloniy - fikr kishisi, teran tafakkur, keng fitrat va o’tkir zehn sohibidir. “Turkiy Guliston yoxud axloq” pandnomasidagi mulohazalar shunday deyishimiz uchun to’la asos beradi. Asarda farzand tarbiyasi, ta’limning tarbiya bilan bevosita bog’liqligi, ilm-fan insoni jaholat botqog’idan qutqaruvchi qudratli kuch ekani juda ishonchli yoritilgan. Asar muallifi hech bir masalada biryoqlamalikka berilmaydi, gap kelajak avlodning tarbiyasi xususida ketar ekan, yozuvchining gumanist – insonparvar qiyofasi kitobda bo’y ko’rsatib turaveradi. Выпуск журнала №-26 Часть–7_ Май –2025 102 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Ma’lumki, axloq, avvalo, insonlarni yaxshilikka undab, yomonlikdan tiyilishga o’rgatuvchi ma’naviy fazilatdir. Abdulla Avloniy axloqning mana shu kuchini yanada bo’rttirishga harakat qiladi va go’zal axloq sohibi bo’lish haqiqat uchun kurashib yashash ekanini yozadi: “Yaxshi xulqlarning yaxshiligini, yomon xulqlarning yomonligini dalil va misollar ila bayon qiladurg’on kitobni axloq deyilur.” Yozuvchi e’tirofga ko’ra, haqiqiy axloq egasi, ya’ni o’z aybini bilib, uni tuzatmoqqa harakat qilgan kishi chinakam bahodir va pahlavondir. Asar muallifi millatning barcha farzandlarida ana shu xislatni ko’rishni orzu qiladi. Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, Avloniy tarbiyani juda keng ma’noda tushunadi. Shu sababli bolalarni aqliy rivojlantirish bilan birga, jismoniy sog’lig’i xususida ham ko’p o’rinlarda to’xtalib o’tadi. Yurt ravnaqi, avvalo, uning farzandlariga, ularning manaviy va jismoniy kamolot

Доказательный фрагмент

«This article describes the educational significance of the work "Turkish Rose or Morality" by Abdulla Avloni, the moral and ethical ideas put forward in the work, and the pedagogical views aimed at educating the young…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article describes the educational significance of the work "Turkish Rose or Morality" by Abdulla Avloni, the moral and ethical ideas put forward in the work, and the pedagogical views aimed at educating the young… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
publitsistik maqola, tarbiya, Muallimi soniy, axloq, jaholat., globalizatsiya, insonparvarlik, jadid
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники