Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
AXBOROT ALMASHINUVI ASOSIDA OLIY TA’LIM MUASSASALARI BITIRUVCHILARI VA ISH BERUVCHILAR O'RTASIDA AVTOMATIK MUVOFIQLASHTIRISH ALGORITMLARINI YARATISH
MUVOFIQLASHTIRISH ALGORITMLARINI YARATISH · Pardayeva Muqaddas Zafar qizi
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
В статье описана концепция разработки эффективных и автоматизированных алгоритмов координации на основе взаимного обмена информацией между выпускниками и работодателями. Анализируются алгоритмические подходы, позволяющие выявить, оценить и согласовать потребности и возможности обеих сторон. Также посредством этой системы будут освещены механизмы обеспечения взаимной интеграции системы высшего образования и рынка труда. Ключевые слова: обмен информацией, распределение рабочих мест выпускников, автоматический подбор, алгоритмы подбора, высшие учебные заведения, работодатели, функция подбора, система принятия решений, цифровая платформа, анализ данных, система подбора, оценка мягких навыков, алгоритмы реального времени, подбор вакансий, интеграция на рынке труда. Bugungi kunda oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlashda muvofiqlashtirish jarayonining tezkor, adolatli va samarali amalga oshirilishi dolzarb masalalardan biridir. An’anaviy usullar vaqt va resurslarni ortiqcha sarflashga sabab bo‘layotgan bir vaqtda, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda avtomatlashtirilgan tizimlar yaratish ehtiyoji ortib bormoqda. Ayniqsa, bitiruvchining malakasi, ixtisosligi, joylashuvi kabi omillarni hisobga olgan holda ish beruvchi talablariga avtomatik moslikni aniqlovchi algoritmlar muhim ahamiyat kasb etadi. Raqamli transformatsiya jarayonlari jamiyatning barcha sohalariga, xususan ta’lim va mehnat bozoriga ham chuqur kirib bormoqda. Har yili yuz minglab bitiruvchilar oliy ta’lim muassasalarini tugatadi va ular o‘zlariga mos ish topishga harakat qiladilar. Shu bilan birga, minglab tashkilotlar malakali, ishonchli va zamon talablari darajasida tayyorlangan kadrlarni izlashmoqda. Ushbu jarayon o‘zaro axborot almashinuvi asosida sodir bo‘lishi zarur. Muammo shundaki, bu ikki tomonning ma’lumotlari ko‘p hollarda to‘liq va real vaqt rejimida bog‘lanmagan. An’anaviy yondashuvlar (qo‘lda tahlil qilish, xat Выпуск журнала №-26 Часть–6_ Май –2025 355 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT orqali yuborish, vakansiyalarni ro‘yxat ko‘rinishida e’lon qilish) samaradorligini yo‘qotmoqda. Shuning uchun ham zamonaviy algoritmik yondashuvlarga asoslangan muvofiqlashtirish tizimlarini yaratish dolzarb masalaga aylanmoqda. Axborot almashinuvi – bu ikki tomon (bitiruvchi va ish beruvchi) o‘rtasida zaruriy ma’lumotlarning real vaqt rejimida, strukturaviy va tushunarli shaklda uzatilishidir. Bunday almashinuv quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi: Bitiruvchining akademik yutuqlari, ixtisosligi, soft skills ko‘nikmalari, til bilimi, joylashuvi, ishga bo‘lgan munosabati. Ish beruvchining vakansiyasi, talab etiladigan malaka, ish sharoiti, rivojlanish imkoniyatlari, ish haqi taklifi. Bu ikki tomonning ma’lumotlari yagona platformada to‘plansa, muvofiqlik algoritmlari vositasida avtomatik tahlil qilish imkoniyati yaratiladi. Moslik funksiyasi Muvofiqlikni aniqlashda har bir bitiruvchi va vakansiya juftligi uchun moslik funksiyasi (matching function) ishlab chiqiladi: 𝑗 𝑗 𝑗 𝑗 𝑀(𝑖,𝑗) = 𝛼 ∙ 𝑆 +𝛼 ∙ 𝐸 + 𝛼 ∙𝐿 + 𝛼 ∙ 𝐺 1 𝑖 2 𝑖 3 𝑖 4 𝑖 Bu yerda: 𝑗 𝑆 – ixtisoslik mosligi, 𝑖 𝑗 𝐸 – tajriba yoki amaliyot mosligi, 𝑖 𝑗 𝐿 – joylashuv yaqinligi, 𝑖 𝑗 𝐺 – umumiy kompetensiyalar (til bilimi, soft skills), 𝑖 𝛼 – mezon og‘irlik koeffitsiyentlari. Qaror qabul qilish mexanizmi Moslik ballari asosida optimallashtirish algoritmlari qo‘llaniladi. Masalan, quyidagicha: Greedy algorithm – eng yuqori ballni topib, avtomatik juftlik tayinlaydi. Constraint satisfaction models – ish beruvchi shartlariga mos kelganlar orasidan tanlaydi. Выпуск журнала №-26 Часть–6_ Май –2025 356 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Barqaror matching (Stable Matching) – Gale–Shapley yondashuvi asosida ishlaydi. Axborot tizimi arxitekturasi Tizim quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bo‘lishi mumkin: Ma’lumotlarni yig‘ish moduli – bitiruvchilar va ish beruvchilar platformada profil to‘ldiradi. Axborotni standartlashtirish moduli – kiritilgan ma’lumotlar yagona formatga o‘tkaziladi. Matching algoritm moduli – yuqorida keltirilgan matematik funksiyalarga asoslanadi. Tavsiyalar tizimi – foydalanuvchilarga eng optimal variantlarni ko‘rsatadi. Tahlil va monitoring bo‘limi – tizim faoliyatini real vaqtda kuzatish imkonini beradi. Amaliy natijalar va samaradorlik Quyidagi yutuqlarga erishish mumkin: Bitiruvchilar uchun: tez, shaffof, adolatli ish topish imkoniyati; Ish beruvchilar uchun: malakali nomzodlarni yo‘qotmaslik, vaqtni tejash; OTMlar uchun: bitiruvchilar bandligiga oid tahlillarni avtomatik olish, rejalashtirishni takomillashtirish; Davlat organlari uchun: kadrlar siyosatini real statistikaga asoslangan holda yuritish. Avtomatik muvofiqlashtirish algoritmlari nafaqat axborot texnologiyalari nuqtayi nazaridan, balki ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning asosiy omillaridan biridir. Oliy ta’lim muassasalari, ish beruvchilar va davlat organlari o‘rtasidagi integratsiyani ta’minlashda bunday algoritmik tizimlar asosiy vosita sifatida xizmat qilishi mum
Доказательный фрагмент
«В статье описана концепция разработки эффективных и автоматизированных алгоритмов координации на основе взаимного обмена информацией между выпускниками и работодателями.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье описана концепция разработки эффективных и автоматизированных алгоритмов координации на основе взаимного обмена информацией между выпускниками и работодателями. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- information exchange, job allocation of graduates, automatic, ma’lumotlar tahlili, muvofiqlik algoritmlari, oliy ta’lim muassasalari, real vaqt algoritmlari, ish beruvchilar, mehnat bozori integratsiyasi., axborot almashinuvi, vakansiya muvofiqligi, bitiruvchilarni ishga taqsimlash, qaror qabul qilish tizimi, matching tizimi, soft skills baholash, raqamli platforma, avtomatik muvofiqlashtirish, moslik funksiyasi
Смежные источники
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025