К содержанию
РецензированоUZ2025

BO’LAJAK O’QITUVCHILARDA KASBGA QADRIYATLI YONDASHUV KO‘NIKMASINI SHAKLLANTIRISH PEDAGOGIK MUAMMO

Ernazarova Munisxon Jo’raqulovna · I. Kirish: (Keywords: education, higher education, teacher, pupil, university student,)

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada ta’lim-tarbiya jarayonining oldida turgan dolzarb vazifalardan biri Bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbga qadriyatli yondashuvni shakllantirish masalasi, bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy faoliyatga munosabatni shakllantirishda ularning kasbga nisbatan qadriyatli yondashuvini rivojlantirish alohida ahamiyatga ega ekanligi shu sababli bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbga qadriyatli yondashuv ko‘nikmasini shakllantirish muammosi pedagogik nazariya va amaliyotda dolzarb masala sifatida namoyon bo‘layotganligi haqida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: ta’lim, oliy ta’lim, o‘qituvchi, o‘quvchi, talaba, globallashuv jarayoni, tarbiya, jamoatchilik, insonparvarlik, qadriyat, innovasion yondashuv. Annotation: "This article discusses one of the pressing tasks facing the educational and upbringing process — the issue of developing a value-based approach to the profession among future teachers. It emphasizes the importance of fostering a value-based attitude toward professional activity in future teachers. Therefore, the development of value-based professional orientation skills in future teachers is becoming an urgent issue in pedagogical theory and practice." Keywords: education, higher education, teacher, pupil, university student, globalization process, upbringing, public involvement, humanism, values, innovative approach I. Kirish: Jamiyat taraqqiyotida ta’lim tizimi muhim o‘rin tutadi. Ta’limning asosiy maqsadi bilimli, ma’rifatli, faol fuqarolarni tarbiyalashdir. Bu jarayonda o‘qituvchi Выпуск журнала №-26 Часть–7_ Май –2025 183 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT shaxsi markaziy o‘rinda turadi. Zero, o‘qituvchi nafaqat bilim manbai, balki tarbiyachi, ma’naviy rahnamodir. Shu bois, bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashda ularda nafaqat nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalar, balki kasbga nisbatan to‘g‘ri va qadriyatli munosabatni shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Hozirgi globallashuv va axborot asrida ta’lim sohasi jadal o‘zgarmoqda. Yangi pedagogik texnologiyalar, ta’lim mazmunining yangilanishi, insonparvarlik tamoyillari ta’lim jarayonida ustuvorlik kasb etmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, o‘qituvchi shaxsiga qo‘yiladigan talablarni ham oshirmoqda. Bunday sharoitda bo‘lajak o‘qituvchining kasbga nisbatan shaxsiy munosabati, professional qadriyatlarga sodiqligi, yetuk pedagogik madaniyatga ega bo‘lishi muhimdir. Shu nuqtai nazardan, bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbga qadriyatli yondashuv ko‘nikmasini shakllantirish muammosi zamonaviy pedagogikada dolzarb masala sifatida namoyon bo‘lmoqda. Ushbu maqolada mazkur muammoning pedagogik asoslari, uni hal etishdagi samarali yondashuvlar va amaliy tavsiyalar yoritiladi. II. Asosiy qism Kasbga qadriyatli yondashuv — bu insonning o‘z faoliyatiga, uning mazmuni va ahamiyatiga nisbatan ongli, mas’uliyatli, axloqiy qarashlar asosida yondashuvidir. Ayniqsa, pedagoglik kasbida bunday yondashuv o‘ta muhim, chunki o‘qituvchi faqat bilim emas, qadriyatlarni ham ulashuvchi shaxsdir. Uning faoliyati, shaxsiy fazilatlari, insoniylik tamoyillariga sodiqligi – barchasi o‘quvchilarga namuna bo‘lib xizmat qiladi. Kasbga qadriyatli yondashuv tushunchasi o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladi: • kasbga muhabbat va sadoqat; • insonparvarlik va adolat tamoyillariga amal qilish; • kasbiy burchga mas’uliyat bilan yondashish; • doimiy o‘z ustida ishlash va rivojlanish istagi; • boshqalarga (o‘quvchi, hamkasb, jamiyat) hurmat bilan munosabatda bo‘lish. Выпуск журнала №-26 Часть–7_ Май –2025 184 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Bo‘lajak o‘qituvchida ana shu xislatlar va munosabatlarni shakllantirish orqali uning kasbiy qadriyatlar asosida faoliyat yuritishi ta’minlanadi. Bu esa, uzoq muddatli pedagogik samaradorlikni kafolatlaydi. Bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbga qadriyatli yondashuvni shakllantirish tizimli va maqsadli talim-tarbiya faoliyatini talab etadi. Bu jarayonda shubxasiz oliy ta’lim muassasalari muhim rol o‘ynaydi. Bizni fikrimizcha o‘qituvchilarni tayyorlash jarayoni faqat nazariy bilim berish bilan cheklanib qolmasligi, balki kasbiy qadriyatlar, axloqiy tamoyillar, shaxsiy pozisiyani shakllantirishga ham yo‘naltirilgan bo‘lishi zarur. Shu nuqtai nazardan, kasbga qadriyatli yondashuvni shakllantirish uchun quyidagi pedagogik shart-sharoitlarni yaratilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi deb hisoblaymiz. • Ta’lim mazmunini qayta ko‘rib chiqish: ya’ni o‘qituvchilarni tayyorlashda faqat fanga oid bilimlar emas, balki pedagogik etika, kasbiy madaniyat, insoniylik va ma’naviy qadriyatlar bilan bog‘liq mavzular ham keng qamrab olinishi kerak. • Tarbiyaviy muhitni shakllantirish: Oliy ta’lim muassasasida demokratik, ochiq, insoniy munosabatlar ustuvor bo‘lgan muhit bo‘lishi kerak. Bunday muhit talabalarda axloqiy pozisiya va kasbiy burch hissini rivojlantiradi. • Namuna orqali o‘rgatish: O‘qituvchi-ustozlar o‘z shaxsiy namunasi bilan talabalarda kasbiy qadriyatlarga munosabatni shakllantirishda asosiy omil hisoblanadi. Shunga ko‘ra, pedagogik faoliyatdagi insoniylik, adolat, sadoqat kabi xislatlarni ustozlar o‘z am

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada ta’lim-tarbiya jarayonining oldida turgan dolzarb vazifalardan biri Bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbga qadriyatli yondashuvni shakllantirish masalasi, bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy faoliyatga munosabatn…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada ta’lim-tarbiya jarayonining oldida turgan dolzarb vazifalardan biri Bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbga qadriyatli yondashuvni shakllantirish masalasi, bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy faoliyatga munosabatn… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
education, higher education, teacher, pupil, university student, globallashuv jarayoni, tarbiya, o‘qituvchi, talaba, jamoatchilik, innovasion yondashuv., o‘quvchi, ta’lim, oliy ta’lim, insonparvarlik, qadriyat
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники