К содержанию
РецензированоEN2025

QON BOSIMI PASAYISHI (GIPOTONIYA) — SABABLARI, ALOMATLARI, DAVOLASH, OLDINI OLISH

Abdullayeva Zilola Gafurovna · Abu Ali ibn Sino nomidagi

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Low blood pressure: systolic pressure below 100 mm Hg and diastolicpressure below 60 mm Hg. Most often occurs in adolescents and women. In older people, hypotension can occur due to atherosclerosis, which reduces vascular tone.When blood pressure drops, fainting is also possible. This often happens in stuffy and hot rooms, as well as in public transport, especially when hypotensive people are in an upright position Hypotonics need more sleep than usual: 8-12 hours instead of 6-8. They wake up with difficulty in the morning, but even after a long sleep they do not feel refreshed Keywords: Weakness, drowsiness, irritability, emotional instability, apathy, memory impairment, excessive sweating, thermoregulation disorders, shortness of breath and rapid heartbeat during physical exertion, paleness of the patient, dizziness, nausea. Gipotoniya (yunoncha gipo… va tonos – taranglik) – toʻqima, aʼzo va sistemalarning boʻshashuvi, yaʼni tonusi (tarangligi)ning pasayishi. Yurak-tomir sistemasining tonusi pasayganda qon bosimi past boʻladi. Gipotoniya koʻpincha qon bosimining pasayganligini ifodalaydi (90/60 mm simob ustunidan past). Qon bosimining normal holati yoshga, geografik mintaqaga qarab bir oz farq qilishi mumkin (tropik va subtropik mamlakatlarda yashaydigan kishilarning qon bosimi shimoliy hududlardagilarga nisbatan pastroq boʻladi). Sport (ayniqsa ogʻir atletika) bilan muntazam shugʻullanadigan yigit-qizlarda, ogʻir jismoniy ish qiladigan kishilarda, balet artistlarida Gipotoniya yillab, baʼzan esa umrbod davom etishi mumkin. Bunday kishilar oʻzlarini yaxshi sezadilar va bemalol ishlayveradilar. Bu fiziologik Gipotoniya boʻlib, dori-darmonning hojati yoʻq. Patologik Gipotoniya esa Выпуск журнала №-26 Часть–7_ Май –2025 212 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT turli infeksion kasalliklar, zaharlanish, och yurish yoki yaxshi ovqatlanmaslik, shuningdek, endokrin bezlar kasalligi natijasida yuzaga keladi. Gipotoniya koʻpgina kasalliklarning boshlanish belgilaridan boʻlishi yoki vegetativ nerv sistemasi faoliyatining izdan chiqishi sababli mustaqil kasallik sifatida avj olishi mumkin. Gipotoniyada bosh ogʻrigʻi, darmonsizlik, uyqu buzilishi, jizzakilik, qon bosimining birday past turishi va b. kuzatiladi. Gipotoniya odatda, surunkali kechib, vaqt-vaqti bilan, ayniqsa qish-bahorda, shuningdek, ruhiy hayajon yoki noqulay tashqi omillar (ob-havo keskin oʻzgarganda) taʼsirida qaytalanib turadi. Qon bosimi pasayganda nima qilish kerak..? Bemorning qon bosimi tushib ketsa, bosh aylanishi va hushidan ketish mumkinligini sezsa, u gorizontal holatni egallashi yoki o’tirib, boshini tizzalariga qo’yishi kerak. Bo’yinni massaj qilish miyaga qon kelishini yaxshilashi mumkin. Qon bosimini ko’tarish uchun alkogolli ichimliklar ichish tavsiya etilmaydi. Birinchi yordam ko’rsatish bemroni yotqizish, unga toza havo kelishini ta’minlash, yuziga sekin urish mumkin. Shundan so’ng darhol tez tibbiy yordam chaqirish kerak. Gipotoniyani davolash va oldini olish. Sog’lom turmush tarzi — bu qon bosimi pasayishini oldini olishning eng yaxshi usuli. Bu ratsional ovqatlanish, jismoniy mashqlar qilish, dam olish va tomirlarni mustahkamlovchi muolajalar (massaj, kontrast dush, gidromassaj, suzish) olish demakdir.Stresslardan qochish kerak. Hayotdan zavq olish, o’zini hayotda va oilada kerakli va ajralmas his qilish muhimdir. Gipotoniklar uchun salbiy his-tuyg’ular ko’pincha qon bosimining keskin va kuchli pasayishiga sabab bo’luvchi omilga aylanadi.Qon bosimining darajasini mustaqil nazorat qilish va kardiolog huzurida muntazam profilaktik tekshiruvdan o’tish tavsiya etiladi. Shifokor qon bosimini ko’tarish uchun dorilar (adaptogenlar, alfa-adrenomimetiklar, analeptiklar) buyurishi mumkin.Gipotoniyaning oldini olish uchun mehnat va dam olishni toʻgʻri uyushtirish, dam olish kunlari yaxshi hordiq chiqarish, badan tarbiya bilan shugʻullanish, vitaminlarga boy taomlarni kundalik ovqat ratsioniga kiritish kerak. Gipotoniya belgilari paydo boʻlganda vrach kardiolog yoki terapivtga murojaat qilib, davolanish lozim. Davo asosan kasallikka sabab boʻlgan omillarni bartaraf etishdan iborat. Qon Выпуск журнала №-26 Часть–7_ Май –2025 213 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT bosimini koʻtaradigan va quvvatga kirgizadigan dorilar, shuningdek, sanatoriya va kurortlarda davolanish tavsiya etiladi. Jismoniy mashqlar bilan shugullanish Asosan kardiosport(yurak kardiosi) bilan shugullanish yurak mushaklari tonusini normal holatda ushlash, karonar qon tomirlarda uchrashi mumkin bolgan organizm uchun yod bolgan mahsulotlar toplanishini oldini oladi, markaziy va pereferiyadagi qon tomirlarni oʻtkazuvchanligini oshiradi. Zararli odatlardan voz kechish kerak spirtli ichimliklar tamaki mahsulotlari va boshqalar. Kun davomida 2-3 km piyoda yurishni tavsiya qilinadi. Bunda yurakni umuman organizmni kislorodga bo’lgan ehtiyoji qondiriladi. Bu esa oʻz navbatida organizmda uchrashi mumkin bolgan gipotoniyaga olip keluvchi kasalliklarni oldini olgan bo’ladi. MANBALAR 1. „Статисти

Доказательный фрагмент

«Low blood pressure: systolic pressure below 100 mm Hg and diastolicpressure below 60 mm Hg.»

Образец извлечения

Демо-превью

Low blood pressure: systolic pressure below 100 mm Hg and diastolicpressure below 60 mm Hg. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Weakness, drowsiness, irritability, emotional instability, apathy, uyquchanlik, befarqlik xotira buzilishi, ko’p terlash, ko’ngil aynishi., hissiy beqarorlik, Zaiflik, bemor rangining oqarib ketishi, bosh aylanishi, termoregulyatsiyaning buzilishi, asabiylashish, nafas qisilishi va jismoniy mashqlar vaqtida kuchli yurak urishi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники