К содержанию
РецензированоUZ2025

MAKTABGACHA YOSH BOLALARDA SHAXSLARARO MUNOSABAT PSIXODIAGNOSTIKASI

MUNOSABAT PSIXODIAGNOSTIKASI · Poyonova Guldona Yusuf qizi (Shahrisabz davlat pedogogika instituti Pedagogika) · Normurodova Mavjuda Xurshid qizi (Shahrisabz davlat pedogogika instituti Pedagogika)

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning muloqot madaniyatini shakllantirish vazifalarini amalga oshirishning asosiy vositasi sifatida o‘yinni tanlash mohiyati yoritilgan. Bolalar bilan ishlashda o‘yin nafaqat universal, balki ularning rivojlanishiga har tomonlama ta’sir ko‘rsatishga imkon beradigan maqbul vosita sifatida ko‘riladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyachi- pedagoglar o‘yin muhitida bolalarni shaxs sifatida rivojlantirish xususiyatlarini chuqur va puxta bilishi va o‘zlarining ta’lim-tarbiya faoliyatlarida ijodiy yondashgan holda samarali qo‘llay olishlari lozimligi ta’kidlangan. Kalit so‘zlar: Ontogenez, psixik rivojlanish, bola shaxsi, maktabgacha ta’lim, o‘yin, ota-ona munosabati. Uzluksiz ta’lim tizimining asosiy va muhim tarkibiy bosqichlaridan biri sanalgan maktabgacha ta’lim shaxsning har tomonlama yetuk, barkamol bo‘lib voyaga yetishida o‘ziga xos o‘rin tutadi. Maktabgacha yosh davridanoq bolalarda ijtimoiy faollik, tashabbuskorlik va tashkilotchilik sifatlarini shakllantirish masalasi ham ayni muddaolardan biri hisoblanadi. Respublikamizda maktabgacha ta’lim sohasiga oid olib borilayotgan islohotlar ushbu yo‘nalishdagi faoliyatni tashkil etishdek katta imkoniyatlar mavjud. Bog‘cha tarbiyasini olgan bola bilan bog‘chag bormagan bolani solishtirganda, ularning fikrlash darajasi o‘rtasida yer bilan osmoncha farq borligini sezish qiyin emas. Shu munosabat bilan joriy yilning 8 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha Выпуск журнала №-26 Часть–7_ Май –2025 215 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Bola maktabga qadam qo‘yayotganda qanchalik bilimga ega ekanligi emas, balki uning yangi bilimlarni egallshiga tayyorligi, atrof-olamga moslashishi ko‘nikmalari, voqea-hodisani mustaqil ravshda tahlil etishi va mustaqil harakat qilishiga o‘rgatishgina emas, balki unda o‘z kuchiga ishonchni orttirish, o‘z g‘oyasini himoya qilish, mustaqil ravishda bir qarorga kelish hamda bolada “Men” konsepsiyasini shakllatrishda muhimdir. Bolalar jamoasini shakllantirish masalalari, bolalar bog‘chasi guruhining o‘ziga xos xususiyatlari va undagi shaxslararo munosabatlar, maktabgacha ta’lim muassasalarining bolalar individual psixologik xususiyatlarini shakllantirishga ta’siri masalasi: bularning barchasi tadqiqotchi psixologlarda alohid qiziqish uyg‘otadi. Ontogenezda 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan davr bog‘cha yoshi davri yoki maktabgacha yosh davri hisob lanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasida juda tez sifat o‘zgarishlari bo‘lishini inobatga olgan holda 3 davrga: (3–4 yosh) kichik maktabgacha davr, (kichik bog‘cha yoshi), (4–5 yosh) o‘rta maktabgacha davr (o‘rta bog‘cha yoshi), (6–7 yosh) katta maktabgacha davr (kata bog‘cha yoshi)ga ajratish mumkin. Bola rivojlanish jarayonida kishilik avlodi tomonidan yaratilgan predmet va hodisalar olami bilan munosabatga kirishadi. Bola insoniyat qo‘lga kiritgan barcha yutuqlarni faol ravishda o‘zlashtirib, egallab boradi. Bunda predmetlar olamini, ular yordamida amalga oshiriladigan xatti-harakatlarni, tilni, odamlar orasidagi munosabatlarni egallab olishi, faoliyat motivlarining rivojlanishi, qobiliyatlarning o‘sib borishi, katta yoshli kishilarning bevosita yordamida amalga oshirilib borilmog‘I kerak. Asosan, shu davrdan boshlab bolaning mustaqil faoliyati kuchaya boshlaydi. Bog‘cha yoshdagi bolalarga beriladigan tarbiya, ularning murakkab harakatlarinio‘zlashtirish, elementar gigiena, madaniy va mehnat malakalarini shakllantirish, nutqini rivojlantirish hamda ijtimoiy axloq va estetik didining Выпуск журнала №-26 Часть–7_ Май –2025 216 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT dastlabki kurtaklarini hosil qilishga qaratilish lozim. Mashhur rus pedagogi Lesgaftning fikricha, insonning bog‘cha yoshidagi davr shunday bir bosqichki, bu davrda bolalarda xarakter xislatlarining namunalari shakllanib, axloqiy xarakterningasoslari yuzaga keladi. Shuning uchun ham bir qator fanlar – falsafa, sotsiologiya, ijtimoiy psixologiya, shaxs psixologiyasi va pedagogikasining kesishmasida vujudga kelgan shaxslararo munosabatlar muammosi hozirgi zamonning eng muhim muammolaridan biridir. Bu muammo yosh avlodni tarbiyalash nazariyasi va amaliyoti uchun juda muhim bo‘lgan “jamoaviy munosabatlar tizimidagi shaxs” muammosi bilan birlashadi. Shaxslararo munosabatlar – bu birgalikdagi faoliyat jarayonida odamlarning o‘zaro ta’sir qilish tabiati va usullarida obyektiv ravishda namoyon bo‘ladigan, subyektiv ravishda odamlar o‘rtasidagi tajribali munosabatlar. Bu odamlar bir-birini idrok etadigan va baholaydigan munosabatlar, yo‘nalishlar, kutishlar, stereotiplar va boshqa moyilliklar tizimidir. Ma’lumki, maktabgacha ta’lim guruhlarini o‘rganish psixologiyada o‘ziga xos an’analarga ega. A.S.Makarenko asarlarida taqdim etilgan shaxs va jamoa o‘rtasidagi munosabatlarning asosiy qoidalariga asoslanib, bolalar bog‘chasi guruhl

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning muloqot madaniyatini shakllantirish vazifalarini amalga oshirishning asosiy vositasi sifatida o‘yinni tanlash mohiyati yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning muloqot madaniyatini shakllantirish vazifalarini amalga oshirishning asosiy vositasi sifatida o‘yinni tanlash mohiyati yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
o‘yin, psixik rivojlanish, bola shaxsi, maktabgacha ta’lim, Ontogenez, ota-ona munosabati.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники