К содержанию
РецензированоUZ2002

JAZONI IJRO ETISH MUASSASALARIDA MAHKUMLARNI OZODLIKKA TAYYORLASH FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH

TAYYORLASH FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH · Abdukarimov Saidislom G‘ayrat o’g’li

Современное образование и развитие · 2002

Аннотация

Ushbu maqolada jazoni ijro etish muassasalarida jazoni o‘tayotgan mahkumlarni ozodlikka tayyorlash, ularni ijtimoiy hayotga moslashtirish va kelgusida qayta jinoyat sodir etmasliklari bo’yicha dolzarb jihatlari tahlil qilinadi. Muallif mavjud muammolarni ko‘rsatib, ularning samarali yechimlari bo‘yicha takliflarni ilgari suradi. ANNOTATION: This article analyzes current aspects of preparing convicts serving sentences in penitentiary institutions for release, adapting them to social life, and preventing them from committing crimes in the future. The author highlights existing problems and puts forward proposals for their effective solutions. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti ta’kidlaganidek, “Og‘ir jazo, ayniqsa, fuqarolarni jamiyatdan ajratish bilan bog‘liq bo‘lgan jazolarning jinoyatchilikning oldini olishdagi ahamiyatini oshirib ko‘rsatish o‘rinsiz ekanligini hayotning o‘zi ko‘rsatmoqda. Jinoyatchilikning oldini olish, unga qarshi kurashish samaradorligi jazoning og‘irligi va shafqatsizligiga emas, balki birinchi navbatda, qonunni buzgan shaxsning jazoning muqarrarligini nechog‘lik anglashiga bog‘liq. Jazoning muqarrarligi jinoyatchilikning oldini olishda samarali ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan hisoblanadi”1 Davlatimiz mustaqilligiga erishganidan so’ng amalga oshirilgan islohotlar sud- huquq sohasini erkinlashtirish va demokratlashtirishga, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish borasidagi roli va ahamiyatini oshirishga keng yo’l ochildi. 1 Каримов И.А. Хавфсизлик ва тинчлик учун курашмоқ керак. Т.10. – Т., 2002. – Б.36 Выпуск журнала №-26 Часть–7_ Май –2025 231 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Hozirgi kunda jazoni ijro etish muassasalarida ozodlikdan mahrum qilingan shaxslar sonining yildan-yilga kamayib borishi ijobiy holat bo’lsa-da, biroq maxsus kontigent (mahkumlar) bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni tubdan, zamon talablari asosida qayta ko’rib chiqish va uni yangicha tashkil qilishni taqozo qilib kelmoqda. 1997 yil 25-aprelda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining Jinoyat- ijroiya kodeksida qonun ustuvorligi va javobgarlikning muqarrarligi tamoyilini ta’minlash, mahkumlarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish, ular tomonidan qayta jinoyat sodir etilishining oldini olish maqsadida tarbiyalash va axloqan tuzatish uchun huquqiy poydevor bo’lib xizmat qilib kelmoqda. Mamlakatda jazoni ijro etish tizimini takomillashtirish, mahkumlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining himoyasini ta’minlash, qayta jinoyat sodir etilishining oldini olish maqsadida ularni axloqan tuzatish bo’yicha tarbiyaviy ishlarning samaradorligin oshirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarlarni amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, jinoyat-ijroiya amaliyotini o’rganish natijalari mahkumlarning huquqlargi rioya etish, ularning sha’ni va qadr-qimmatining hurmat qilinishini ta’minlash, kelgusida jamiyatga ijtimoiy moslashtirish uchun axloqan tarbiyalash va mehnatga o’rgatishning shaffof va yanada samarali huquqiy mexanizmlarin joriy etish zarurligidan dalolat bermoqda. Hozirgi kunda mahkumlar uchun reabilitatsiya va ozodlikka tayyorgarlik jarayonlari ko'plab davlatlarda muhim ijtimoiy muammo hisoblanadi. Mahkumlarni qayta jamiyatga integratsiya qilish, jinoyatchilikning oldini olish va ijtimoiy barqarorlikni ta'minlashda muhim ro‘l o'ynaydi O’zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya qonun hujjatlarining vazifasi jazo ijrosini ta’minlash, mahkumlarni axloqan tuzatish, jinoyatlar sodir etilishining oldini olish, mahkumlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iborat. Выпуск журнала №-26 Часть–7_ Май –2025 232 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorining 17.07.2018 yildagi 543-sonli “Ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni ijtimoiy-maishiy ta’minlash va ishga joylashtirish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorning 2-bandida ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni ijtimoiy-maishiy ta’minlash va ishga joylashtirish tizimini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari va vazifalari belgilab o’tilgan ya’ni bular quyidagilar: ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni ijtimoiy moslashtirishga mas’ul tuzilmalar faoliyatining institutsional va tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish, ularning vazifa, funksiya va vakolatlarini aniq chegaralash; ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni ijtimoiy moslashtirish, shu jumladan, ular hayotining sifati va darajasini oshirish; ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarning psixologik va ijtimoiy moslashuvi monitoringi tizimini shakllantirish; ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni ijtimoiy moslashtirish va reabilitatsiya qilish sohasidagi ishlarni amalga oshirish doirasida davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasida

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada jazoni ijro etish muassasalarida jazoni o‘tayotgan mahkumlarni ozodlikka tayyorlash, ularni ijtimoiy hayotga moslashtirish va kelgusida qayta jinoyat sodir etmasliklari bo’yicha dolzarb jihatlari tahlil…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada jazoni ijro etish muassasalarida jazoni o‘tayotgan mahkumlarni ozodlikka tayyorlash, ularni ijtimoiy hayotga moslashtirish va kelgusida qayta jinoyat sodir etmasliklari bo’yicha dolzarb jihatlari tahlil… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ozodlikdan mahrum, mahrum etish, etish joylaridan, joylaridan ozod, ozod qilingan, oldini olish, qilingan shaxslarni
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники