Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
LOGISTIKA TIZIMLARI
LOGISTIKA TIZIMLARI · To’rayeva Sabina Fazliddin qizi · Boltayeva Shahnoz Bebudovna
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
Ushbu maqola logistika tizimlarining iqtisodiyotdagi roli, ularning samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi asosiy tamoyillar, shuningdek, IoT (Internet of Things), sun’iy intellekt va blokcheyn texnologiyalarining logistika jarayonlarida qanday qo‘llanilishini tahlil qiladi. O‘zbekistonda logistika infratuzilmasining rivojlanishi va xalqaro yuk aylanmasining o‘sishiga e’tibor qaratilmoqda. Maqolada yangi transport loyihalari, multimodal tizimlar va ekologik transport vositalarining joriy qilinishi orqali mamlakat logistika salohiyatini kuchaytirish imkoniyatlari ko‘rsatilgan. Tahlillar logistika tizimlarining iqtisodiy barqarorlik va raqobatbardoshlik uchun katta ahamiyatga egaligini ko‘rsatmoqda. Kalit so'zlar: logistika tizimlari, transport infratuzilmasi, raqamli transformatsiya, sun’iy intellekt, IoT, multimodal tizimlar, ekologik transport, O‘zbekiston, xalqaro yuk aylanmasi, logistika markazlari, blokcheyn, iqtisodiy barqarorlik, raqobatbardoshlik. Zamonaviy dunyoda iqtisodiyotning jadal rivojlanishi, sanoatning kengayishi va iste’mol bozorining globallashuvi logistika tizimlariga bo‘lgan ehtiyojni keskin oshirdi. Endilikda logistika nafaqat mahsulotni A nuqtasidan B nuqtasiga yetkazish bilan cheklanmaydi, balki butun ishlab chiqarish va ta’minot zanjirining uzviy qismi sifatida har bir bosqichda samaradorlikni oshirishga xizmat qilmoqda. Logistika tizimlari ishlab chiqarish, saqlash, tashish, bojxona, taqsimlash, xizmat ko‘rsatish va Выпуск журнала №-26 Часть–7_ Май –2025 339 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT axborot almashinuvi kabi jarayonlarni yagona tizimda muvofiqlashtiradi. Ushbu tizimlar samarali faoliyat ko‘rsatmasa, korxonalar va butun iqtisodiyot katta yo‘qotishlarga uchrashi mumkin. Zamonaviy logistika tizimlari tezlik, ishonchlilik va xarajatlarni kamaytirish kabi asosiy tamoyillarga tayangan holda faoliyat yuritadi. Raqobat kuchaygan bugungi bozorda mahsulotning sifati va narxi qanchalik muhim bo‘lsa, uni mijozga tez yetkazib berish ham shunchalik ahamiyatlidir. Shu jihatdan olib qaralganda, logistika nafaqat korxonaning, balki butun iqtisodiyotning muhim strategik omiliga aylangan. Bu borada Amazon, Alibaba, UPS va Maersk kabi yirik xalqaro kompaniyalar samarali logistika tizimlari orqali bozorning yetakchilari safida qolmoqda. Logistikaning asosiy maqsadi - yuklarni “Just in time” aniq muddatda eng kam mehnat va moddiy resurslarni sarflangan holda yetkazib berishdan iborat. Materiallar, xom-ashyo va tayyor mahsulotlarni aynan vaqtida yetkazib berish butun iqtisodiy tizimning ishlab turishiga qulay sharoit yaratadi va omborlardagi zaxiralarni sezilarli darajada qisqartirishga imkon beradi. Logistika to’liq darajada iste’molchiga xizmat qiladi. 1-jadval Logistik tizimining tashqi muhit bilan aloqasi Tashqi omil Ta’siri Transport va saqlash xarajatlari, inflyatsiya va Iqtisodiy resurslar Bojxona, ruxsatnomalar, qonunlar, eksport- Siyosiy-huquqiy import cheklovlari Yangi texnologiyalar, avtomatlashtirish, Texnologik innovatsiyalar Ekologik Atrof-muhitga ta’sir, yashil logistika standartlari Ijtimoiy-demografik Mijoz talablarini o‘rganish, ishchi kuchi ehtiyoji Raqobatchilar Narx siyosati, xizmat sifati va raqobat kuchi Ta’minotchilar Xom ashyo yetkazib berish va zaxira boshqaruvi Выпуск журнала №-26 Часть–7_ Май –2025 340 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Mijozlar Xizmatning sifati va tezligi, mijoz ehtiyojlari Logistik tizimi tashqi muhit omillari bilan uzviy aloqada bo‘ladi. Iqtisodiy omillar, masalan, xarajatlar va narxlar tizimning samaradorligiga ta’sir qiladi. Siyosiy- huquqiy omillar bojxona qoidalari va qonunlar orqali logistik jarayonlarni boshqaradi. Texnologik rivojlanish yangi usullar va avtomatlashtirishni ta’minlab, tizimni tezlashtiradi. Ekologik talablar esa atrof-muhitga ta’sirni kamaytirish va energiya tejamkorligini oshirishni talab qiladi. Ijtimoiy-demografik omillar mijozlar talablariga moslashishga yordam beradi, raqobatchilar esa tizimni samarali bo‘lishga undaydi. Ta’minotchilar bilan o‘zaro aloqalar tizimning ishonchliligini ta’minlaydi, mijozlar esa xizmat sifati va tezligiga talabni oshiradi. Precedence Research ma'lumotlariga ko'ra, dunyo miqyosidagi logistika bozori hajmi 2025-yilda 11,23 trillion AQSh dollariga baholanmoqda va prognozlarga ko‘ra, 2034-yilga kelib bu ko‘rsatkich taxminan 23,14 trillion AQSh dollarini tashkil etadi. Bu davrda bozorning yillik o‘rtacha o‘sish sur’ati 8,36% ga yetadi. Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi logistika bozorining hajmi 2025-yilda 5,07 trillion AQSh dollarini tashkil etadi va prognozlar asosida, bu davr davomida yillik o‘rtacha o‘sish sur’ati 9,37% bo‘ladi. Bozor hajmi va prognozlar daromad (million AQSh dollarida) asosida hisoblangan bo‘lib, 2024-yil asosiy yil sifatida tan olingan.1 O‘zbekistonning logistika tizimi so‘nggi yillarda jadal rivojlanmoqda. Davlat siyosatida logistika infratuzilmasini modernizatsiya qilish ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangan. Shu bilan birga, ichki va xalqaro yuk oqimini soddal
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola logistika tizimlarining iqtisodiyotdagi roli, ularning samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi asosiy tamoyillar, shuningdek, IoT (Internet of Things), sun’iy intellekt va blokcheyn texnologiyalarining…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola logistika tizimlarining iqtisodiyotdagi roli, ularning samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi asosiy tamoyillar, shuningdek, IoT (Internet of Things), sun’iy intellekt va blokcheyn texnologiyalarining… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- logistika tizimlari, transport infratuzilmasi, raqamli, iqtisodiy barqarorlik, IoT, raqamli transformatsiya, O‘zbekiston, blokcheyn, xalqaro yuk aylanmasi, sun’iy intellekt, logistika markazlari, ekologik transport, raqobatbardoshlik., multimodal tizimlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025