Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
XVI–XVIII ASRLARDA BUXORO XONLIGI VA BOBURIYLAR DINASTIYASI O’RTASIDAGI DIPLOMATIK ALOQALAR
Maxmudov Dilshod
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada XVI–XVIII asrlarda Buxoro xonligi va Hindiston o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarning shakllanishi, rivojlanish bosqichlari, elchilik missiyalari va savdo-iqtisodiy hamkorlikning asosiy jihatlari ilmiy asosda tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: Diplomatik, diniy, ilmiy, elchilik, savdo-sotiq, siyosiy munosabatlar, madaniy aloqalar, hamkorlik, karvon, bojxona, XVI asr o‘rtalaridan boshlab Markaziy Osiyoda va Hindiston yarim orolida qudratli davlatlar shakllana boshladi. Buxoro xonligi Markaziy Osiyoda, Boburiylar imperiyasi esa Hindistonda o‘z siyosiy mavqelarini mustahkamlab, keng hududlarga hukumronlik qilgan. Bu ikki yirik davlat o‘rtasidagi geografik yaqinlik, madaniy o‘xshashlik va umumiy tarixiy ildizlar ularning o‘zaro diplomatik aloqalarini zaruratga aylantirdi. Ayniqsa, Boburiylar imperiyasi asoschisi Bobur Movarounnahrdan chiqib Hindistonda o’z davlatiga asos solgani bois, Buxoro va Hindiston o‘rtasidagi munosabatlar o‘ziga xos tarixiy ildizlarga ega ekanligi muhim hisoblanadi. XVI asr oxirida Akbarshoh Hindiston taxtiga chiqqanidan so‘ng, davlat ichki siyosiy barqarorlikka erishdi va tashqi siyosatni faollashtirdi. Shu davrda Buxoro xoni Abdullaxon II ham o‘z xonligini mustahkamlab, tashqi aloqalarni rivojlantirishga e’tibor qaratdi. O‘zaro manfaatlardan kelib chiqqan holda, ikki davlat vakillari o‘rtasida elchilik missiyalari almashildi. Akbarshoh Buxoro bilan savdo va siyosiy ittifoqlarni mustahkamlashga intilgan bo‘lsa, Abdullaxon II ham Hindiston bilan barqaror va foydali aloqalarni o‘rnatishni maqsad qilgan edi. Выпуск журнала №-26 Часть–6_ Май –2025 363 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Buxoro elchilari Hindiston saroyiga yuborilganida, ular odatda savdo shartnomalarini kengaytirish, diniy va ilmiy aloqalarni mustahkamlash hamda siyosiy hamkorlikni rivojlantirishga harakat qilganlar. Hind elchilari esa Buxoroga savdo karvonlarining xavfsizligi, bojxona imtiyozlari va diniy erkinlik masalalarida muzokaralar olib borganlar. [1] XVII asr boshlarida Jahongir davrida ham Buxoro va Hindiston o‘rtasidagi aloqalar faollashdi. Jahongir o‘z saroyiga Buxorolik savdogarlarga katta hurmat ko‘rsatgan. Buxorolik ulamolar va olimlar Hindistonga kelib, ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanganlar. “Bu davrda savdo aloqalari ham kengaygan: ipak, qimmat baho toshlar, nodir kitoblar va turli xil mahsulotlar Buxorodan Hindistonga olib o‘tilgan”[2]. Bu davrda har ikki davlat iqtisodiy va siyosiy munosabatlarning yo‘lga qo’yilishida manfaatdar bo‘lganligini ko’rish mumkin. Keyingi elchiliklar esa Ashtarxoniylar sulolasi hukumronlik davri bilan bog‘liqdir. Ashtarxoniylar hukumronlik qilgan davrda ham Buxoro xonligi va Boburiylar davlati o‘rtasida iliq diplomatik munosabatlar davom etgan. Ulardan – Hindistonga 1632-yili Vaqqos Hoji, 1633-yili Tarbiyatxon boshchiligida hind elchilari Balxgacha, uzoq vaqtdan so‘ng Buxoro xonligidan Xo‘ja Ahmad al-Husayniy 1661-yili 27-nayabr, undan so‘ng esa Kuchakbek 1663-yili hind shohi qabulida bo‘lganlar. Buxoro xonligida esa 1665-yili iyulda Mustafoxon Hofi elchiligi qabul qilingan. 1669-yili 11-may kuni Hindistonga Buxorodan Rustambiy boshchiligidagi elchilar kelgan, unga javoban 1670-yili may oyida Hindistondan Yakkatozxon elchiligi, so‘ng 1671-yili Buxorodan Muhammad Sharif elchiligi Hindistonga, 1685 yili Buxoroga Zabardastxon, 1688-1989-yillari Nazarbiy Hindistonga, 1714-1715-yillari esa Sultonbiy elchiligi Hindistonga” kelgan. Hindiston va Buxoro o’rtasida diplomatik munosabatlarning rivojlanishiga o‘zaro elchilik missiyalarining muntazam almashinuvi katta ta’sir ko‘rsatdi. Buxorodan yuborilgan qimmatbaho gilamlar, zargarlik buyumlari, Hindistondan esa ajoyib matolar, ziravorlar, san’at asarlari va qimatbaho sovg‘alar almashilgan. Bu sovg‘alar o‘zaro hurmat va do‘stlik ramzi sifatida qabul qilingan. Buxoro xonligi va Boburiylar davlati o‘rtasidagi iqtisodiy savdo munosabatlarida muhim ahamiyat kasb etgan bo’lib. Ulardan Hindistonga kelgan Выпуск журнала №-26 Часть–6_ Май –2025 364 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Imomqulixon elchisi Abdurahimxo‘ja turli sovg‘a-salomlar bilan birga Jahongirga bir yirik la’l tuhfa qilgan. Jahongir ham Abdurahimxo‘jaga 40 ming rupiya pul va har biri 1500, 1000, va 500 misqol og‘irlikdagi uchta oltin “kavkabi toli” hadya etgan. Demak yuqorida keltirilgan tuhfalarda asosan qimmatbaho la’l, olmos bilan almashinib turilganligini bilish mumkin. Yana bir elchilik munosabatlarda “Abdulazizxon tomonidan hadiya qilib yuborgan qimmati 40 ming rupiyalik la’l evaziga, Avrangzeb o’z elchisi Mustafoxonni esa Abdulazizxon saroyiga bir lakx va ellik ming rupiya qimmatiga barobar oltin suvi yuritilgan egar jabduq, jamdar quroli, qimmatbaho qilich, qalqon, o‘qdon, bir fil va turli matolar bilan jo’natgan. Bu yo’sindagi savdoda esa asosan har xil matolar va nodir buyumlar hamda qimmat baho maxsulotlar bilan savdo qilishganini ko’rishimiz mumkin” [3]. XVII asrda Buxoro xonligi Abdulazizxon boshchiligida Hindiston bilan aloqalarni yanada kuchaytirdi. Hindiston
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada XVI–XVIII asrlarda Buxoro xonligi va Hindiston o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarning shakllanishi, rivojlanish bosqichlari, elchilik missiyalari va savdo-iqtisodiy hamkorlikning asosiy jihatlari ilmiy…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada XVI–XVIII asrlarda Buxoro xonligi va Hindiston o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarning shakllanishi, rivojlanish bosqichlari, elchilik missiyalari va savdo-iqtisodiy hamkorlikning asosiy jihatlari ilmiy… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ilmiy, madaniy aloqalar, bojxona, Diplomatik, siyosiy munosabatlar, karvon, hamkorlik, diniy, elchilik, savdo-sotiq
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025