Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAHMUD KOSHG’ARIYNING “DEVONU LUGʻOTIT TURK” ASARI
Roza Shomurodova · Oʻqituvchi: Nafisa Rahmonova · Kalit soʻzlari. Mahmud Koshg‘ariy · Devonu Lug‘otit-turk, turkiy tillar · Mahmud Koshgʻariy · Koshgʻariy, yaʼni Koshgʻarlik Mahmud · -
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada XI asr turkiy dunyo ilm-fanining yirik namoyandasi Mahmud Koshg‘ariy va uning “Devonu Lug‘otit-turk” asari keng yoritiladi. Asarning yaratilish maqsadi, tilshunoslikdagi ahamiyati, tuzilishi, til va madaniyat uchun tutgan o‘rni ilmiy asosda tahlil qilinadi. Kalit soʻzlari. Mahmud Koshg‘ariy, Devonu Lug‘otit-turk, turkiy tillar, tilshunoslik, tarixiy lug‘at. Kirish. Mahmud ibn al-Husayn ibn Muhammad al-Koshgʻariy (Mahmud al- Koshgʻariy, Mahmud Koshgʻariy, Koshgʻariy, yaʼni Koshgʻarlik Mahmud; 1028- yoki 1029-yil Issiqkoʻl janubi-sharqidagi Barsxon shahrida tugʻilgan — 1101- yoki 1126-yilda Koshgʻar yaqinida — Oʻpalda vafot etgani taxmin qilinadi) — turkiy tilshunos olim, filolog. Turkiy xalqlarning arab tilidagi ilk ensiklopediyasi — „Devonu lugʻotit turk“ (1072—1074) muallifi, turkshunoslik ilmining asoschisi. „Devonu lugʻotit turk“da turkiy xalqlarning tillari, ogʻzaki ijodi, tarixi, yashash joylari va turmushi aks etgan boʻlib, asar turkiy xalqlar tarixi boʻyicha muhim manba hisoblanadi. Asarning oʻzida keltirilgan maʼlumotga koʻra, 1075—1094-yillarda asarning toʻrt nashrini tayyorlagan. Asarning ilk nusxasi yoʻqolgan. 1266-yilda koʻchirilgan qoʻlyozma nusxasi esa saqlanib qolgan. Asarda Koshgʻariy shunday deb yozadi: „Men bu kitobni maxsus alifbe tartibida hikmatli soʻzlar, sajʼlar, maqollar, qoʻshiqlar, rajaz va vasl deb atalgan adabiy parchalar bilan bezadim. ... Men isteʼmoldagi soʻzlarnigina berdim, isteʼmoldan chiqqanlarini tashladim. ... Soʻngra Выпуск журнала №-26 Часть–7_Май –2025 316 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT men har bir qabilaga mansub soʻzlarning yasalish xususiyatlarini va qanday qoʻllanishini qisqacha izoqlab koʻrsatish uchun alohida yoʻl tutdim. Bu misol tariqasida turklarning tilida qoʻllanilib kelgan sheʼrlaridan, shodlik va motam kunlarida qoʻllanadigan hikmatli soʻzlaridan, maqollaridan keltirdim.“ „Devonu lugʻati-t-turk“ („Turkiy tillar devoni“) asarini muallif xalifa Abul Qosim Abdulloh ibn Muhammad al-Muqtadiy bi-Amrillohga tuhfa qilgan. „Devonu lugʻotit turk“ asarining arabcha matni 1915—1917-yillarda uch jildda Istanbulda, mukammal oʻzbekcha sharhli tarjimasi S. M. Mutallibov tomonidan amalga oshirildi va 1960—1963-yillarda Toshkentda chop etilgan. 6727 ta lugʻat maqolasida turkiy urugʻ, qabilalarning tili, adabiyoti, tarixi, urf-odatlari boʻyicha noyob maʼlumotlar jamlangan. Kitob hijriy 466-yili yozilgan, bizga hijriy 664-yili kotib Muhammad binni Abu Bakr Damashqiy koʻchirgan qoʻlyozma yetib kelgan. „Devonu lugʻat at-turk“ asarining usmonli turkcha 1939—1941-yillarda B.Atali, inglizcha 1982—1985-yillarda R.Dankoff bilan J.Kelli, uygʻurchasi esa 1981—1984- yillarda bir guruh tarjimonlar tomonidan amalga oshirilib, chop ettirilgan. Ushbu asar muqaddima va lugʻat qismdan iborat boʻlib, Markaziy Osiyo xalqlari madaniy hayotida alohida oʻrinni egallaydi. Chunki, olim asarga dunyo xaritasini ham ilova qiladi va Kichik Osiyodan to Xitoy hududlarigacha choʻzilib ketgan hududlarda yashagan turkiy xalqlar tarixi, geografiyasi, etnogenezi, urf- odatlari, turmush tarzi va madaniyati toʻgʻrisida gʻoyatda qimmatli maʼlumotlarni beradi. Asarda turkiy qavm-urugʻlar: qipchoq, oʻgʻuz, yamak, boshqirt, basmil, qay, yaboku, tatar, qirgʻiz, chigil, yagʻmo, tuxsi, igroq, jaru, jamil, uygʻur, tangut, tabgʻochlardan tashqari fors, arab, xitoy va rus xalqlari haqida ham maʼlumotlar bor. Shunisi muhimki, „Devonu lugʻotit turk“ shaharlarda soʻgʻd-turk ikki tilliligi rasmiy holat boʻlganligi Mahmud Koshgʻariyning asarida ham qayd etilgan. “Devonu Lug‘otit-turk” — nafaqat lug‘at, balki tilshunoslik, etnografiya, tarix, adabiyot va madaniyat borasida ham noyob manba hisoblanadi. Bu asar orqali biz XI asrdagi turkiy xalqlarning hayot tarzi, urf-odatlari, dunyoqarashi va adabiy merosini bilib olamiz. Shuningdek, Mahmud Koshg‘ariy turkiy tillarni arab tilidan Выпуск журнала №-26 Часть–7_Май –2025 317 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT kam emasligini ilmiy asosda ko‘rsatgan. U o‘z asarida turkiy so‘zlarning yasalishi, grammatikasi, sinonimiya va frazeologiyasiga oid ko‘plab misollar keltiradi. “Devonu Lug‘otit-turk” — turkiy tillar bo‘yicha yozilgan birinchi ensiklopedik lug‘at bo‘lib, u quyidagi jihatlari bilan ahamiyatlidir: asarda 7500 dan ortiq turkiy so‘z va ularning arab tilidagi izohi keltirilgan. Turkiy tillarning fonetik, morfologik va sintaktik xususiyatlari haqida ma’lumotlar mavjud. Ko‘plab she’riy parchalar, maqollar, topishmoqlar, urf-odatlar, geografik va tarixiy ma’lumotlar ham keltirilgan. Har bir so‘z misollar bilan, she’riy namunalar yordamida izohlanadi. Asar tarkibida dunyodagi birinchi turkiy til xaritasi ham mavjud. Bu lug‘at o‘z davrining til holati, turkiy qabilalar va ularning yashash hududlari haqida noyob tarixiy ma’lumotlar beradi. Xulosa. Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu Lug‘otit-turk” asari — o‘zbek va umuman turkiy xalqlar uchun bebaho ilmiy va madaniy merosdir. Bu asar orqali turkiy tillarning qadimiyligi, adabiy salohiyati va boyligi isbotlangan. Bugungi kunda h
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada XI asr turkiy dunyo ilm-fanining yirik namoyandasi Mahmud Koshg‘ariy va uning “Devonu Lug‘otit-turk” asari keng yoritiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada XI asr turkiy dunyo ilm-fanining yirik namoyandasi Mahmud Koshg‘ariy va uning “Devonu Lug‘otit-turk” asari keng yoritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- turkiy tillar, tilshunoslik, tarixiy lug‘at., Devonu Lug‘otit-turk, Mahmud Koshg‘ariy
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025