Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
YОSHLARNI TO’G’RI KASB TANLASHGA YORDAM BERISH ISHLARI
Ro'zmetova Shaxnoza O'rinboyovna
Современное образование и развитие · 14 · 2025
Аннотация
Yoshlarni to’g’ri kasb tanlashlari va o’z sohasining yetuk mutaxassislari bo’lishlarida kasblarning inson oldiga qo’yadigan talablarini bilish muhimdir. Mazkur maqolada har qanday kasb egasi o’z sohasini to’g’ri tanlay olishi uchun qanday kasbiy va shaxsiy talabalarni bilishi lozimligi masalasi keng tarzda tahlil etilgan. Shuningdek, hayot sifatini oshirishda soha egasining o’zi bajarayotgan faoliyatidan qanchalik darajada qanoat hosil qilishi, o’z hayotidan mamnunlik darajasi ham muhim ekanligi asoslangan. Kalit so‘zlar: o’quvchi, faoliyat, kasb maorifi, kasbiy maslahat, kasbiy saralash, kasbiy moslashish. KIRISH Bugungi kundagi islohotlarning asosiy maqsadi ham yurtimizda yashayotgan barcha fuqarolar uchun munosib hayot sharoitlarini tashkil qilishdan iboratdir. Shu jihatdan ham ma’naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash, ta’lim va maorifni yuksaltirish, milliy istiklol g’oyasini o’zida mujassam etgan yangi avlodni voyaga yetkazish davlatimiz siyosatining ustuvor yunalishlaridan biri hisoblanadi. Ijtimoiy taraqqiyotni ro’yobga chiqarish uchun mamlakatda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va ularni jahon standartlari darajasiga ko’tarmoq lozim. Fan va texnikaning bugungi kun taraqqiyotiga javob berish uchun keng saviyali, bilimdon, o’z kasbining fidoiy kishisini kamol toptirish orqali davlatimizda bozor iqtisodiyotiga bardosh beradigan raqobatbardosh kasb egalarini shakllantirish lozim bo’ladi. Toki ular davr talablariga og’ishmay javob beradigan, qiziqishi keng, malakasi mustahkam, xotirasi barqaror, fikr yuritishi puxta, izlanuvchan, mehnatsevar, vatatparvar, iymon-e’tiqodli insonlar bo‘lib voyaga yetishsin. O’quvchi-yoshlarlarni kasbiy faoliyatga to’g’ri yo’naltirish va ta’lim samaradorligini Выпуск журнала №-26 Часть–8_Май –2025 376 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT oshirishda yuqori natijalarni beradigan uslublardan foydalanish muhim omillardan hisoblanadi. Yosh mutaxassislarga pedagogik-psixologik bilimlar, uslubiy ko’rsatmalar berish bilan birgalikda, jamiyatda mavjud bo’lgan turli kasblar haqida ham keng qamrovli bilimlar berish maqsadga muvofiqdir. Yoshlarni kelajakda mutaxassis sifatida o’zlarini teranroq tasavvur qilishlari va egallayotgan kasbiga xos-mos sifatlarni shakllantirishda pedagoglar va amaliyotchi psixologlarning o’rni kattadir. Yoshlarga ertangi kunda o’z faoliyatlaridan qoniqish hissini paydo qilishlari hamda o’z hayotlaridan mamnun yashashlari bugungi kundagi kasbni to’g’ri tanlay olishlariga bog’liqligini anglata olishlari lozim. Shundagina har bir inson har tomonlama sifatli hayot kechirishi va mavjud to’siqlarni osonlikcha yengib o’tishi mumkin bo’ladi. Natijada sohaning rivoji ancha tezlashadi. Bu esa jamiyat ravnaqidan dalolatdir. Mamlakatimizda uzluksiz ta’lim tizimida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarning asosiy maqsadlaridan biri yoshlarni chuqur bilim olishlari, iste’dodlarini ro’yobga chiqarishda har tomonlama qo’llab-quvvatlash, shu bilan birgalikda ularning mustaqil hayotga tayyorlash ko’nikmalarini ham shakllantirib borish ta’lim tizimining ustuvor yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Kasb tanlash jarayoni ijtimoiy ahamiyat kasb etsa-da, lekin uning ortida jismoniy individual (yakkahol) shaxs turadi. Shu boisdan ham har bir kasb tanlovchi shaxsiyatiga individual munosabatni amalga oshirish zarur. Buning uchun kasb tanlovchining yosh va jins xususiyatlariga binoan kasb maorifini amalga oshirish maqsadga muvofiq. Bunda birinchi navbatda shaxsning kasbiy ehtiyoji, motivi, layoqati, qiziqishi va qobiliyatini hisobga olish lozim bo’ladi. Kasb maorifi - bu o’quvchilarni kasbning mohiyati bilan, har bir kasbning shaxs oldiga qo’yadigan talablari bilan tanishtirishdan iborat ta’sirchan axborotlar majmuasidir. Ma’lumotlarning aniqligi, to’liqligi, xususiy va ijtimoiy ahamiyati ifodalanganligi bilan boshqa tarkiblardan ajralib turadi. Kasb maorifi insonning yoshi, jinsi, saviyasiga ko‘ra xilma - xil tarzda amalga oshiriladi, shakllari esa verbal va noverbal, kuzatuv va tanishuv, ko’rgazmali va grafik, uchrashuv kabi ko’rinishlarga ega. Kasbiy maslahat - kasbga yo’llashning mohiyatini inson ongiga chuqurroq singdirish Выпуск журнала №-26 Часть–8_Май –2025 377 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT uchun, shaxsning ishtiyoqi va qobiliyatlariga mos kasb - hunar (ixtisos) tanlashi uchun muhim ob’ektiv va sub’ektiv shart - sharoit yaratish jarayonidir. Kasb egallovchi (tanlovchi) ehtiyoji, o‘qituvchi (murabbiy)ning kasbiy mas’uliyatidan kelib chiqqan holda ilmiy - amaliy xususiyatli yo’llanmalar berish jarayonidir. Maslahat o’zining maqsadga yo’nalganligi, izchilligi, ob’ektivligi, axborotlar bilan to’yinganligi bilan boshqa asosiy qismlardan keskin ajralib turadi. Kasbiy saralash - muayyan kasbni muvaffaqiyatli ravishda egallab, o’z oldiga qo’ygan fuqarolik (xususiy) burchini yuqori saviyada ado eta biladigan shaxslarni ajrata olishdan iborat jarayondir. Kasbiy bilimlar, shakllangan ma’lum ko’nikmalar, malakalarga asoslangan holda tekshirish me’zonlariga suya
Доказательный фрагмент
«Yoshlarni to’g’ri kasb tanlashlari va o’z sohasining yetuk mutaxassislari bo’lishlarida kasblarning inson oldiga qo’yadigan talablarini bilish muhimdir.»
Образец извлечения
Демо-превьюYoshlarni to’g’ri kasb tanlashlari va o’z sohasining yetuk mutaxassislari bo’lishlarida kasblarning inson oldiga qo’yadigan talablarini bilish muhimdir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- kasbiy moslashish., kasb maorifi, o’quvchi, kasbiy maslahat, faoliyat, kasbiy saralash
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025