Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
DEVELOPMENT OF INVENTORY AND DELIVERY SYSTEM FOR ONLINE STORE BASED ON CLOUD PLATFORM
Ilmiy rahbar:Abidov Adhamjon · Nasullayev Alibek
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
В условиях стремительного развития цифровых технологий онлайн-торговля предоставляет потребителям быстрый и удобный сервис. В данной статье рассматриваются принципы разработки современной системы управления инвентаризацией и доставки для интернет- магазинов на основе облачных технологий. Освещаются аспекты контроля запасов, мониторинга в реальном времени и автоматизированного управления Выпуск журнала №-26 Часть–9_Май –2025 37 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT заказами. Рассматриваются возможности повышения эффективности системы с использованием облачных сервисов, таких как Amazon Web Services (AWS) и Google Cloud Platform (GCP). Предлагаемые решения подходят для малого и среднего бизнеса, снижая затраты и повышая оперативность обслуживания клиентов. Annotatsiya: Raqamli texnologiyalar jadal rivojlanayotgan hozirgi davrda, onlayn savdo sohasi iste’molchilarga tezkor va qulay xizmat ko‘rsatish imkonini bermoqda. Ushbu maqolada bulutli texnologiyalar asosida onlayn do‘konlar uchun zamonaviy inventar va yetkazib berish tizimini ishlab chiqish tamoyillari tahlil qilinadi. Inventar nazorati, real vaqt rejimidagi monitoring, avtomatlashtirilgan buyurtmalarni boshqarish kabi jihatlar yoritilgan. Maqola davomida Amazon Web Services (AWS), Google Cloud Platform (GCP) kabi bulutli xizmatlar yordamida tizimning samaradorligini oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Taklif etilayotgan yechimlar kichik va o‘rta bizneslar uchun mos bo‘lib, xarajatlarni kamaytirish va mijozlar ehtiyojiga tez javob qaytarish imkonini beradi. Kalit so‘zlar:bulutli platforma, onlayn do‘kon, inventar tizimi, yetkazib berish, AWS, GCP, avtomatlashtirish, real vaqt. Bulutli texnologiyalar (Cloud computing) zamonaviy axborot tizimlarining ajralmas qismiga aylangan. Onlayn savdo sohasi ham bu texnologiyalar yordamida xizmat ko‘rsatish tezligi va sifati jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi. Bulutli texnologiyalar so‘nggi yillarda IT infratuzilmasining ajralmas qismiga aylandi. Ayniqsa, onlayn do‘konlar va elektron tijorat sohalarida bu texnologiyalar orqali nafaqat server resurslari tejalmoqda, balki butun ish jarayoni moslashuvchan, tezkor va xavfsiz shaklga keltirilmoqda. Bulutli xizmatlarning asosiy afzalliklaridan biri bu – moslashuvchanlik, iqtisodiy samaradorlik va qulay boshqaruvdir. Avvalo, moslashuvchanlik (scalability) haqida so‘z yuritsak, bu – foydalanuvchilarning talabiga qarab tizimning resurslarini avtomatik tarzda oshirish yoki kamaytirish imkoniyatidir. Misol uchun, onlayn do‘konlarga bayram, chegirmalar mavsumida yoki maxsus aksiyalar vaqtida bir vaqtning o‘zida minglab Выпуск журнала №-26 Часть–9_Май –2025 38 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT foydalanuvchilar tashrif buyuradi. Oddiy server tizimi bunday holatda ortiqcha yuklama sababli sekinlashadi yoki ishdan chiqadi. Bulutli platformalar esa bu yukni avtomatik aniqlab, qo‘shimcha virtual serverlarni ishga tushiradi va xizmatda uzilish bo‘lishining oldini oladi. Shu tarzda foydalanuvchi tajribasi barqaror saqlanadi va savdo jarayonlari to‘xtamaydi. Yana bir muhim jihat – xarajatlarni optimallashtirish va infratuzilma tejamkorligidir. An’anaviy (fizik) serverlarni saqlash, yangilash, texnik xizmat ko‘rsatish va xavfsizlik choralarini ko‘rish katta mablag‘ talab qiladi. Bulutli texnologiyalar esa bu xarajatlarni kamaytiradi, chunki foydalanuvchi faqat foydalanilgan resurslar uchun to‘laydi. Bu "Pay-as-you-go" modeli deb yuritiladi. Masalan, kichik onlayn do‘konlar dastlab kam resurs bilan boshlashadi, ammo mijozlar soni ortgani sari server quvvatini kengaytirib borish imkoniyatiga ega bo‘lishadi – bu jarayonda qo‘shimcha uskuna xaridi shart bo‘lmaydi. Shuningdek, tizimga uzoqdan kirish (remote access) imkoniyati bulutli texnologiyalarning yana bir afzal tomonidir. Bu, ayniqsa, zamonaviy raqamli do‘konlar uchun muhimdir, chunki do‘kon egalari yoki xodimlari istalgan qurilma (kompyuter, planshet, telefon) orqali tizimga ulanib, real vaqt rejimida buyurtmalarni boshqarishlari, mahsulot zaxirasini kuzatishlari yoki yetkazib berish holatini nazorat qilishlari mumkin. Bulutli platformalar foydalanuvchi uchun geografik joylashuvga bog‘liq bo‘lmagan qulayliklar yaratadi. Masalan, administrator O‘zbekistonda turgan bo‘lsa-da, AQSh yoki Turkiyadagi xaridorlarga xizmat ko‘rsatishni bemalol boshqarishi mumkin. Ushbu uchta jihat – moslashuvchanlik, iqtisodiy samaradorlik va uzoqdan boshqaruv imkoniyati – onlayn do‘konlar uchun eng muhim afzalliklardandir. Ular birgalikda tizimni ishonchli, barqaror, tejamkor va global darajada foydalanishga yaroqli qilmoqda. Shu sababli, hozirda ko‘plab yirik va o‘rta biznes egalari onlayn savdo infratuzilmasini aynan bulutli platformalarda tashkil etmoqda. Zamonaviy onlayn do‘konlar samaradorligining asosiy omillaridan biri bu – tizimni maksimal darajada avtomatlashtirish, xavfsizlikni ta’minlash va barcha Выпуск журнала №-26 Часть–9_Май –2025 39 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT resurslarni bir markazdan boshqarishdir. Bulutli texnologiyalar aynan ushbu jiha
Доказательный фрагмент
«В условиях стремительного развития цифровых технологий онлайн-торговля предоставляет потребителям быстрый и удобный сервис.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ условиях стремительного развития цифровых технологий онлайн-торговля предоставляет потребителям быстрый и удобный сервис. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- inventar tizimi, avtomatlashtirish, real vaqt., yetkazib berish, AWS, GCP, onlayn do‘kon, bulutli platforma
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024