К содержанию
РецензированоUZ2026

DOʻSTLIK KONSEPSIYASINING LINGVISTIK IFODASI: METAFORIK VA METONIMIK TAHLIL (INGLIZ VA OʻZBEK TILLARI MISOLIDA)

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · G.K. Soatova (in-academy.uz/index.php/si) · Senior teacher (in-academy.uz/index.php/si) · Uzbekistan State (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2026

Аннотация

Ushbu maqola ingliz va oʻzbek tillarida doʻstlik konsepsiyasining lingvistik ifodasini, xususan, metafora va metonimiya orqali tahlil qiladi. Doʻstlik insoniyatning universal qadriyatlaridan biri boʻlib, turli madaniy va til kontekstlarida oʻziga xos tarzda namoyon boʻladi. Tadqiqot metaforalarning mavhum doʻstlik tushunchasini aniq va hissiy tasvirlar orqali ifodalashdagi rolini oʻrganadi. Jumladan, ingliz tilidagi “to cement a friendship” (doʻstlikni mustahkamlash) va oʻzbek tilidagi “doʻstlik daraxti” kabi iboralar doʻstlikning mustaxkamligi va oʻsishini taʼkidlaydi. Shuningdek, maqolada metonimiyaning doʻstlikning tashqi koʻrinishlari, sabab-oqibat munosabatlari va amaliyotlarini tasvirlashdagi ahamiyati yoritiladi. Misol uchun, ingliz tilidagi “shoulder to cry on” (ishonarli va hamdard) va oʻzbek tilidagi “molingga do‘st” kabi iboralar doʻstlikning hissiy va ijtimoiy jihatlarini aks ettiradi. Xulosa qilib aytganda, bu tahlil har ikki tilda ham doʻstlikning qadrliligi, ishonchliligi va inson hayotidagi muhim oʻrni boy lingvistik vositalar yordamida qanday ifodalanishini koʻrsatadi. Ushbu yondashuv madaniyatlararo muloqotda doʻstlikning lingvistik asoslarini chuqurroq anglashga yordam beradi. Kalit soʻzlar: Doʻstlik, lingvistik ifoda, metafora, metonimiya, ingliz tili, oʻzbek tili, kognitiv tilshunoslik, madaniyatlararo muloqot. Doʻstlik – insoniyatning eng qadimiy va azaliy qadriyatlaridan biri boʻlib, turli madaniyat va tillarda oʻziga xos tarzda ifodalanadi. Bu murakkab va koʻp qirrali tushunchani anglashimizda til muhim rol oʻynaydi, ayniqsa metaforik va metonimik iboralar orqali doʻstlikning chuqur maʼnolari ochib beriladi. Ushbu maqolada ingliz va oʻzbek tillaridagi doʻstlik konsepsiyasining lingvistik ifodasi, xususan, metafora va metonimiyaning ushbu tushunchani boyitishdagi oʻrni tahlil qilinadi. Metafora Orqali Doʻstlikni Tasvirlash Metafora – bu bir narsaning xususiyatlarini boshqa narsaga koʻchirish orqali yangi maʼno yaratish usuli (Lakoff & Johnson, 1980). Doʻstlikni ifodalashda metaforalar keng qoʻllaniladi, chunki ular mavhum tushunchani yanada aniq va hissiy jihatdan boy tasvirlash imkonini beradi. Ingliz tilida: Ingliz tilida doʻstlik koʻpincha turli metaforik ramzlar orqali aks etadi. Misol uchun: “A friend in need is a friend indeed”: Bu maqol doʻstlikni qiyinchilik paytida yordam berish bilan bogʻliq boʻlgan sinov sifatida tasvirlaydi. Bu yerda doʻstlikning barqarorligi va ishonchliligi taʼkidlanadi. “To cement a friendship”: Doʻstlikni mustahkam qurilish materiali – sement bilan qiyoslash, uning mustahkamligi va uzoq davomli boʻlishini anglatadi. “A true friend is a treasure”: Bu yerda doʻstlikning qadr-qimmati, bebaho boylik ekanligi xazinaga qiyoslab ifodalangan. Bu metafora doʻstlikka boʻlgan chuqur hurmatni aks ettiradi va o‘z o‘rnida haqiqiy sodiq do‘stning qanchalik katta baxt ekanligi eslatiladi. 115 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Ushbu misollarda doʻstlik qandaydir moddiy narsaga, jarayonga yoki hodisaga qiyoslanib, uning xususiyatlari, ahamiyati va rivojlanishi haqida tasavvur hosil qilinadi. Oʻzbek tilida: Oʻzbek tilida ham doʻstlikni ifodalashda metaforalar muhim oʻrin tutadi. Ularda koʻpincha tabiat hodisalari, inson faoliyati va ijtimoiy qadriyatlar bilan bogʻliq tasvirlar uchraydi (Jabborov, 2018). Do‘stlikka oid leksik birliklar orqali biz millatning qadriyatlari va turmush tarzini o‘rganishiz yoki tasavvur qilishimiz mumkin. “Doʻst boshga kulfat tushganda bilinar”: Bu maqol ingliz tilidagi “A friend in need...” maqoliga oʻxshash boʻlib, doʻstlikning qiyin damlardagi sinovini aks ettiradi. Bu yerda kulfat doʻstlikni sinovdan oʻtkazadigan omil sifatida koʻriladi. “Doʻstlik koʻprigi”: Bu metafora doʻstlikni odamlarni bogʻlovchi, ular oʻrtasidagi masofani qisqartiruvchi vosita – koʻprikka qiyoslaydi. Bu orqali doʻstlikning birlashtiruvchi kuchi taʼkidlanadi. “Chin doʻst – qadrdon sirdosh”: Bu iborada doʻstlikning chuqurligi va sirlarni birgalikda saqlash, bir-biriga tayanish maʼnosi beriladi. Bu yerda “sirdosh” soʻzi metaforik boʻlib, doʻstlikning yaqinlik va ishonchlilik jihatini anglatadi. “Doʻstlik daraxti”: Doʻstlikni daraxtga oʻxshatish, uning oʻsishi, ildiz otishi, meva berishi va mustaxkamligini ifodalaydi. Bu metafora doʻstlikning vaqt oʻtishi bilan mustaxkamlanib borishini taʼkidlaydi. Oʻzbek tilidagi metaforalar ham doʻstlikning turli jihatlarini, uning mustaxkamligi, qadrliligi va oʻsish jarayonini ifodalashda yordam beradi. Metonimiya Orqali Doʻstlikni Tasvirlash Metonimiya – bu bir narsani boshqa narsa bilan bogʻliq boʻlgan nomi orqali ifodalashdir (Croft & Cruse, 2004). Bunda obʼektning oʻzi emas, balki uning biror qismi, atributi, sababi yoki natijasi orqali butunni ifodalash yuz beradi. Doʻstlikni ifodalashda metonimiyalar koʻpincha doʻstlik natijasida yuzaga keladigan holatlar, belgilar yoki doʻstlar tomonidan amalga oshiriladigan harakatlar orqali namoyon boʻladi. Ingliz tilida: Ingliz tilida doʻstlikka oid

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola ingliz va oʻzbek tillarida doʻstlik konsepsiyasining lingvistik ifodasini, xususan, metafora va metonimiya orqali tahlil qiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola ingliz va oʻzbek tillarida doʻstlik konsepsiyasining lingvistik ifodasini, xususan, metafora va metonimiya orqali tahlil qiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
madaniyatlararo muloqot., metafora, oʻzbek tili, Doʻstlik, kognitiv tilshunoslik, lingvistik ifoda, metonimiya, ingliz tili
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники