К содержанию
РецензированоUZ2026

RALPH WALDO EMERSON VA IS’HOQXON TO‘RA IBRAT ASARLARINING G‘OYAVIY-ESTETIK TAMOYILLAR TAHLILI (SELF-RELIANCE VA RISOLAI IBRAT ASARLARI MISOLIDA)

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · IBRAT ASARLARI MISOLIDA) (in-academy.uz/index.php/si) · Ilyasova Nadira Dosmurat qizi (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2026

Аннотация

Ushbu maqola amerikalik faylasuf va adib Ralph Waldo Emerson hamda jadidchilik harakatining namoyondalaridan biri, o‘zbek mutafakkiri Is’hoqxon To‘ra Ibratning g‘oyaviy-estetik qarashlarini solishtirma tahlil qilishga bag‘ishlanadi. Tahlil uchun asosiy manbalar — Emersonning mashhur Self-Reliance esse-si va Ibratning didaktik-ma’rifiy asari Risolai Ibrat tanlangan. Inson tafakkurining taraqqiyotida falsafa va adabiyot muhim o‘rin egallaydi. G‘oyaviy-estetik qarashlar har bir davr adabiyotining asosiy yo‘nalishlarini belgilab kelgan. XIX asr Amerika va Markaziy Osiyo fikr tarixi ham ana shunday falsafiy-estetik yuksalishlarga boy bo‘lgan. Ralph Waldo Emerson va Is’hoqxon to‘ra Ibrat ikki turli geografik va madaniy makonda yashagan bo‘lsalar-da, ular o‘z asarlarida insonning o‘ziga ishonchi, ma’naviyat, mustaqillik, taraqqiyot va o‘zligini anglash g‘oyalarini ilgari surgan.Ushbu maqolada Emersonning mashhur "Self-Reliance" asari va Ibratning "Risolai Ibrat" asarida ifoda etilgan g‘oyaviy-estetik tamoyillar tahlil qilinadi, ularning o‘xshash va farqli jihatlari ko‘rib chiqiladi. Kalit so’zlari: G’oyaviy-estetik tamoyil, individ, ma’rifiy realism, Emerson XIX asr Amerikaning Transsendentalist harakati yetakchisi, uning falsafasi “individ” va “o‘zlik” g‘oyasi asosida shakllangan. Ibrat esa jadidchilik harakati orqali musulmon Sharq jamiyatining uyg‘onishini, yangilanishini targ‘ib qilgan. U har doim ilm, ma’rifat va madaniyatning kuchiga ishonadi. Har ikki mutafakkir o‘z davrining ijtimoiy- madaniy muammolariga javob izlagan. Ralph Waldo Emerson va Is’xoqxon To’ra Ibrat asarlarda asosiy g‘oyaviy tamoyillari quyidagilardan iborat: 1. O‘zlikka tayanish va mustaqillik (Self-Reliance) Emerson: "He who would be a man must be a nonconformist." ("Kim chinakam odam bo‘lishni istasa, u jamiyatga moslashmasligi kerak.") Bu fikrlar orqali Emerson insonni ichki haqiqatga tayanishga, ommadan farqli fikr yuritishga undaydi. 2. O‘z-o‘zini isloh qilish va ma’naviy kamolot (Risolai Ibrat) Ibrat: “Inson ilm bilan yuksaladi. Ilmsiz kishi qorong‘ulikda qoladi.” U bilim olishni nafaqat dunyoviy yuksalish, balki ma’naviy yetuklik uchun zarur deb biladi. 3. Shaxs va jamiyat o‘rtasidagi bog‘liqlik Emerson shaxs erkinligini jamiyat taraqqiyoti garovi deb biladi. Ibrat esa shaxsning o‘zini isloh qilishi orqali jamiyat isloh bo‘lishiga ishonadi. Har ikkala marifatparvar mutaffakirlarning estetik yondashuvlari quyidagicha izohlanadi yani shakl va uslub jihatdan: 1. Til va obrazlar 143 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Emerson she’riy, aforizmga boy, falsafiy tasvirlardan foydalansa, Ibrat aniq, didaktik, o‘quvchi ongiga ta’sir qiluvchi nasriy tilni qo‘llaydi. Ibratda Qur’oni karimdan iqtiboslar, tarixiy misollar ko‘p uchraydi; Emersonda esa tabiat va ruhiy hurlik ramz sifatida ishlatiladi. 2. Murakkablik va soddalik Emersonning falsafasi murakkab, kontseptual tafakkurni talab qiladi. Ibrat esa xalqga tushunarli, sodda va samarali yo‘llar bilan ma’rifatni yoyishga harakat qiladi. Emerson va Ibrat bir-biridan uzoq ijtimoiy-madaniy muhitda yashagan bo‘lsalar-da, ularning asarlarida inson sha’ni, ma’naviy mustaqillik, fikriy erkinlik va o‘zlikni anglash kabi g‘oyalar uyg‘unlashadi. Emerson falsafasi ruhiy ozodlikni targ‘ib qilsa, Ibrat bu ozodlikni ma’rifat va axloq orqali amalga oshirishni taklif qiladi G‘oyaviy estetik tamoyillarning o‘xshash va farqli jihatlarini quyidagi jadval orqali Emerson va Ibratning tamoyillari o‘zaro solishtiriladi. Adib Emerson Ibrat Asosiy g‘oya O‘zlikka tayanish Ilm va o‘z-o‘zini tarbiya Falsafiy ildiz Transsendentalizm Islomiy ma’rifatparvarlik Uslub Simvolik, aforistik Didaktik, tarixiy misollar Estetik yo‘nalish Estetik individualizm Ma’rifiy realizm Ralph Waldo Emerson va Is’hoqxon To‘ra Ibrat ijodini solishtirma asosda tahlil qilish — Sharq va G‘arb tafakkuridagi o‘ziga xosliklarni, uyg‘unlik va tafovutlarni aniqlashga xizmat qiladi. Emersonning transsendentalistik falsafasi va Ibratning jadidchilik ruhidagi asarlari, ayniqsa Self-Reliance va Risolai Ibrat, inson tafakkurining yuksak bosqichlarini aks ettiradi. Har ikki mutafakkir o‘z davrining ijtimoiy-siyosiy muammolariga befarq bo‘lmagan, insoniyatni ma’naviy uyg‘onishga da’vat qilgan ijodkordir. Emerson uchun asosiy g‘oya — insonning ichki “Men”ini anglash, o‘z-o‘ziga ishonch, shaxsiy erkinlik va ma’naviy mustaqillikka erishishdir. Uning fikricha, inson tabiat bilan uyg‘un holda yashashi, jamiyat ta’siridan ozod bo‘lishi va o‘z fikri bilan yashashi k erak. Bu g‘oya Self-Reliance asarida aniq ifodalangan bo‘lib, muallif insonni o‘z ichki ovoziga quloq solishga undaydi. Emersonning estetik qarashlari ham shu g‘oyalarga uyg‘un: u san’atni, adabiyotni, tabiatni ilohiy haqiqatga eltuvchi vosita deb biladi. Is’hoqxon To‘ra Ibrat esa, jadidchilik harakatining faol namoyandasi sifatida, xalqni ilmga, ma’rifatga, zamonaviy tafakkurga yetaklashga intilgan. Risolai Ibrat asarida u ilm olishning fazilatlari, dunyoqarashni

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola amerikalik faylasuf va adib Ralph Waldo Emerson hamda jadidchilik harakatining namoyondalaridan biri, o‘zbek mutafakkiri Is’hoqxon To‘ra Ibratning g‘oyaviy-estetik qarashlarini solishtirma tahlil qilishga…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola amerikalik faylasuf va adib Ralph Waldo Emerson hamda jadidchilik harakatining namoyondalaridan biri, o‘zbek mutafakkiri Is’hoqxon To‘ra Ibratning g‘oyaviy-estetik qarashlarini solishtirma tahlil qilishga… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ma’rifiy realism, individ, G’oyaviy-estetik tamoyil
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники