К содержанию
РецензированоUZ2026

TARJIMADA ADEKVATLIK VA UNING NAZARIY ASOSLARI

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Nurımbetova Malika Karamatdin qizi (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada tarjimada adekvatlik tushunchasi va uning nazariy asoslari keng yoritilgan. Maqolada adekvat tarjimaning mohiyati, tarixiy shakllanishi, tarjima nazariyasidagi asosiy yondashuvlar (Nayda, Vermeer, Turiy) hamda amaliy mezonlari (semantik, funksional, uslubiy, madaniy va grammatik moslik) batafsil tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada adekvat tarjimaga erishishdagi dolzarb muammolar va tarjimonning strategik qarorlari haqida ham fikr yuritilgan. Tahlillar orqali tarjima jarayonida nafaqat til, balki madaniy va funksional omillar ham muhim rol o‘ynashi isbotlab berilgan. Kalit so‘zlar: tarjima, adekvatlik, tarjima nazariyasi, funksional moslik, semantik moslik, Skopos nazariyasi. Kirish. Tarjima — bu madaniyatlar, tillar va xalqlar o‘rtasidagi muloqotni ta'minlovchi ko‘prikdir. Tarjima nazariyasida eng muhim tushunchalardan biri bu — adekvatlik (moslik) tushunchasidir. Adekvat tarjima — bu matnni faqat so‘zma-so‘z emas, balki uning ma’nosi, vazifasi va kommunikativ niyatini to‘liq yetkazib bera olishdir. Boshqacha aytganda, adekvatlik tilshunoslik chegaralaridan chiqib, ma’no, uslub va kontekst kabi chuqur qatlamlarni ham qamrab oladi. Ushbu maqolada tarjimada adekvatlik tushunchasi, uning nazariy asoslari, ilmiy yondashuvlar hamda tarjimon uchun muhim bo‘lgan tamoyillar batafsil yoritib beriladi. Avvalo, adekvatlik tushunchasi ko‘pincha ekvivalentlik (tenglik) tushunchasiga qarama- qarshi sifatida qo‘llaniladi. Ekvivalentlik odatda so‘zma-so‘z yoki ibora darajasidagi moslikni nazarda tutadi, adekvatlik esa butun matnning mazmuni, ohangi va funksiyasini yangi tilga to‘g‘ri, tabiiy tarzda ko‘chirishni anglatadi. Shu bilan birga, adekvat tarjima matnning kommunikativ maqsadi bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, badiiy asarni tarjima qilganda uning estetik ta’sirini saqlab qolish muhim bo‘lsa, yuridik hujjatda esa terminologik aniqlik birinchi o‘ringa chiqadi. Demak, adekvatlik matn turi, auditoriyasi va vazifasiga qarab belgilanadi [1, 250-257]. Adekvatlikning nazariy negizlari bir nechta mashhur tarjima maktablarida ishlab chiqilgan. Eng avvalo, lingvistik tarjima nazariyasi tarafdorlari — Roman Yakobson va Yujin Nayda bu borada muhim hissa qo‘shgan. Xususan, Nayda tomonidan ilgari surilgan formal va dinamik ekvivalentlik g‘oyalari adekvatlikka asos bo‘ldi. Unga ko‘ra, tarjima o‘z auditoriyasida asl matn qanday ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa, xuddi shunday reaksiyani chaqirishi kerak. Shuningdek, Hans Vermeerning Skopos nazariyasi (1978) tarjima jarayoniga yangicha yondashuv olib kirdi. Bu nazariyaga ko‘ra, tarjimaning maqsadi (skopos) tarjimon strategiyasini belgilaydi. Ya’ni, tarjima adekvat bo‘lishi uchun, u maqsadga muvofiq bajarilishi kerak. Natijada, adekvatlik absolyut tushuncha emas, balki kommunikativ vazifaga nisbatan bog‘liq hodisa sifatida qaraladi. Bundan tashqari, Gideon Turiyning Deskriptiv tarjima tadqiqotlari doirasida tarjima normalari tushunchasi ilgari surilgan. Turiy fikricha, tarjimada adekvatlik manba tiliga sodiqlik va maqsad tiliga moslashuv o‘rtasidagi muvozanatni topishda namoyon bo‘ladi. Adekvat tarjima — bu asl matnning madaniy va funksional xususiyatlarini saqlab qolgan holdagi tabiiy tarjimadir [3, 19-27]. 18 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Yuqorida bayon qilingan nazariy asoslarga tayangan holda, tarjima sohasidagi yetakchi olimlar adekvat tarjimaning bir qator asosiy mezonlarini ishlab chiqqanlar. Ushbu mezonlar tarjimaning sifati, maqsadga muvofiqligi va asl matnga sodiqligini aniqlashda muhim o‘rin tutadi. Semantik moslik — bu tarjima jarayonida asl matn mazmunini to‘liq saqlab qolishdir. Ya’ni, tarjimon har bir gap, jumla yoki matn birliklarining chuqur ma’no qatlamlarini tushunib, ularni maqsad tiliga mos ravishda ifoda etishi zarur. Bu faqat so‘zlarni ko‘chirish emas, balki ularning orqasidagi g‘oyani, ruhni va axborotni to‘g‘ri yetkazishni anglatadi. Masalan: Asl matn (ingliz tilida): "He kicked the bucket." Bu iborani so‘zma-so‘z tarjima qilib: "U chelakni tepdi" deb tarjima qilish semantik jihatdan noto‘g‘ri bo‘ladi. Chunki bu ibora "vafot etdi" degan ma’noni bildiradi. Demak, to‘g‘ri semantik adekvat tarjima: "U vafot etdi." Funksional moslik — bu tarjima qilinayotgan matnning vazifasini, ya’ni kommunikativ maqsadini saqlab qolishdir. Har bir matn ma’lum bir vazifani bajaradi: ma’lumot yetkazadi, o‘rgatadi, ko‘ngil ochadi yoki ta’sir qiladi. Tarjimon ushbu vazifani anglab, matnni maqsad auditoriyasiga aynan shunday ta’sir ko‘rsatadigan tarzda tarjima qilishi kerak. Misol uchun, reklama matni tarjima qilinayotgan bo‘lsa, u xaridorga motivatsiya berishi, hissiy ta’sir ko‘rsatishi kerak. Bunday holda grammatik aniqlikdan ko‘ra hissiy ta’sir ustuvor bo‘ladi. Uslubiy yaqinlik ushbu mezon tarjimada matnning ohangi, uslubi va registri (ramsiy yoki noramsiy til darajasi) saqlanishi kerakligini bildiradi. Masalan, ilmiy matn rasmiy va qat’iy uslubda yozilgan bo‘lsa, tarjimada ham shunday uslubni saqlash zarur. Aks holda, matnning

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada tarjimada adekvatlik tushunchasi va uning nazariy asoslari keng yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada tarjimada adekvatlik tushunchasi va uning nazariy asoslari keng yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tarjima nazariyasi, adekvatlik, funksional moslik, semantik moslik, Skopos nazariyasi., tarjima
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники