К содержанию
РецензированоUZ2021

ABDULLA ORIPOV ASARLARIDA ONA VATAN IFODASI

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Raxmonova Surayyo (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 3-5 · 2021

Аннотация

Abdulla Oripov o‘zbek she’riyatining eng yirik nomoyondalaridan biri sifatida ona Vatanga muhabbat, xalqparvarlik, milliy g‘urur kabi tuyg‘ularni yurakdan kuylagan shoirdir. Uning ijodida Vatan mavzusi doimo markazda bo‘lgan. Shoir Vatanga oddiy hudud yoki yer emas,balki muqaddas ona,jonajon yurti,deb qaraydi. Shoirning “Vatan” she’rida quyidagi satrlar bor. Kalit so’zlar: vatan, she’riyat, satr, yurak, tuproq, badiiylik, badiyat, muallif, rashk. Vatan desam, yondiradi yuragim, Vatan desam, ko‘zlarimga yosh kelar… Bu misralarda Vatanga bo‘lgan chuqur muhabbat, mehr, sadoqat va faxr ifodalangan. Shoir uchun Vatan –bu tuproq, bu ona, bu tarix, bu til, bu millatning o‘zi. O‘tgan asrning 60-yillarida Erkin Vohidov, O‘tkir Hoshimov, Shukur Xolmirzayev, Omon Matjon, Gulchehra Nurullaeva, Oydin Hojieva singari bir guruh talantli ijodkor yoshlar qatorida Abdulla Oripov ham adabiyot maydoniga kirib keldi. Yosh shoir ijodining ilk davridan boshlab o‘z uslubi, o‘zining yangroq ovozi bilan she’riyatimizga yangi bir ruh bag‘ishlab, ko‘pchilikning diqqatini o‘ziga jalb qiladi. Abdulla Oripovning 50-yillar oxiri va 60- yillar boshida yaratgan, ammo turli sabablarga ko‘ra haligacha e’lon qilinmay, nihoyat, 2021- yili ilk marta nashr etilgan “Shoirning tug‘ilishi” deb nomlangan yangi to‘plamidagi she’rlarida shoir ijodining tematik boyligi va rang-barangligi yaqqol ko‘zga tashlanib turadi. Masalan, qo‘lyozma nusxasida “Iqror” deb nomi o‘zgartirilgan ilk she’rlaridan biri- “Shoirning tug‘ilishi” she’rida o‘zi uchun asosiy mavzu va bosh qahramon ham Inson va xalq hayoti ekanligini chuqur ishonch va qat’iyat bilan bayon etadi: Ko‘zlarimga borliqni go‘zal Ko‘rsatolgan kim ekan deya; Hayotimga shodlikni tugal O‘rnatolgan kim ekan deya: U -mehnatkash, U insondir deb Nom berganning kimligini ham, Yumshoq o‘rin, issiq usti bosh, Non berganning kimligini ham. Ha, do‘stginam, o‘ylashim kerak. Demak, kimni kuylashim kerak. Mening umrim, mening qalbimga Hayot bergan, xalqim, o‘zingsan! ... Sen uchun, ey ona xalqim, Miltir sham ham yoqolganim yo‘q. Faqat sening shonli yo‘lingda Birga boray degan ontim bor. Neki ezgu, dunyoda ne soz Senga beray degan ontim bor.(16-bet) 81 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Ko‘rinadiki, o‘spirin shoirning ilk she’rlaridayoq uning badiiy ijod va uning asosiy maqsad-vazifasini to‘g‘ri anglab yetganligi va she’riyatining bosh mavzusi ona xalqi hayoti hamda lirik qahramoni, eng avvalo, zamondosh va yetuk Inson bo‘lishi kerakligi o‘ziga xos dastur bo‘lganligi bo‘lajak yirik shoir ijodiga katta umid tug‘diradi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, Abdulla Oripovning dastlabki she’rlarida ham va ijodiy kamolotga yetishgan davridagi she’rlarida ham asosiy o‘rin tutgan muqaddas mavzulardan biri-bu ona - Vatan madhini kuylash bo‘lgan. Shoirning ilk ijodi namunalari bo‘lgan va kitobxonlarga endi taqdim etilgan mazkur yangi to‘plamidagi g‘oyaviy mazmuni jihatidan bir-birini to‘ldiruvchi o‘nlab she’rlarining “Vatan”, “Yurt sevinchi”, “Maftuningman, baxt emgan diyor”, “Ona tuproq” va “Ona qishloq” deb nomlanishining o‘zi ham yuqoridagi fikrimizning isboti bo‘la oladi. Jumladan, “Yurt sevgisi” nomli birgina she’rini o‘qib ham, bunga to‘liq ishonch hosil qilamiz: Yurtim, sokin o‘tloqlaring soz, Sayhonlaring, qumloqlaring soz. El purkagan sulton tog‘laring, Buloqlaring, yayloqlaring soz. Gar dunyoda o‘tloq oz emas Va tanhomas zangori tog‘lar. Lekin Vatan har dam bittadir, Kimgadir el yiroq-yiroqlar. Kimgadir, huv tog‘larning toshi, Yo‘q, tosh emas, novvotdir, novvot! Kimga jo‘ka soyalari soz, Palma shoxi kimlarga qanot. Yurtim, achchiq bir giyohingni Laziz, dedi, mening yuragim. Oyoqlarim toptab o‘tsa-da, Aziz, dedi, uni yuragim. Yurak dedi:“Vatan sevgisin, Demak faqat noni nasibam. Yurtni sevsang, bori bilan sev, Achchig‘ini, chuchugini ham”. (22-b.) O‘zining butun hayoti va baxt-iqbolini Vatandan ayro tasavvur etolmaydigan shoir she’riyatining manbai va shoirona ilhomi ham shu Vatan va xalqi bilan to‘kis bo‘lishini faxr bilan kuylashni ijodining asosiy g‘oyaviy leytmotivi va mazmun yo‘nalishi deb biladi. Bu jihatdan izlanuvchan yosh shoirning 18-19 yoshlarida bitilgan va “She’rimga” deb nomlangan dastlabki mashqlaridan birining qo‘lyozmasidagi ayrim satrlar ham ijodkor shaxs va tafakkuri haqida yorqin tasavvur paydo qiladi: O‘y-u fikrim sen bilan yashar, Sening bilandir shodligim, borim. Men hayotni senda tanidim, Sendan topdim qalbning oromin. Seni sevdim. Sevganim kabi Shu elimning yomg‘irin, qorin (56-bet) 82 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si dastlabki she’rlaridayoq hayotiy maqsadi, asosiy adabiy-estetik tamoyillarini ham ifodalagan va ularda aslo mubolag‘a yo‘q edi: Men shoirman, Istasangiz shu. O‘zimniki erur shu sozim. Birovlardan olmadim tuyg‘u O‘zgaga ham bermam ovozim. O‘z asarlarida Vatanni himoya qilish ,uning qadryatlarini asrash, erkinligini saqlash har bir insonning muqaddas burchi ekanligini doimo ta’kidlaydi. Ayniqsa isti

Доказательный фрагмент

«Abdulla Oripov o‘zbek she’riyatining eng yirik nomoyondalaridan biri sifatida ona Vatanga muhabbat, xalqparvarlik, milliy g‘urur kabi tuyg‘ularni yurakdan kuylagan shoirdir.»

Образец извлечения

Демо-превью

Abdulla Oripov o‘zbek she’riyatining eng yirik nomoyondalaridan biri sifatida ona Vatanga muhabbat, xalqparvarlik, milliy g‘urur kabi tuyg‘ularni yurakdan kuylagan shoirdir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tuproq, she’riyat, vatan, rashk., yurak, badiyat, badiiylik, muallif, satr
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники