Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘ZBEK XALQ TOPISHMOQLARIDA LINGVOMADANIY KODLARNING NAMOYON BO‘LISHI
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · NAMOYON BO‘LISHI (in-academy.uz/index.php/si) · Mahmudova Nilufarxon To‘lqinjon qizi (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada o‘zbek xalq topishmoqlarida lingvomadaniy kodlarning ifodalanish xususiyatlari tahlil qilingan. Topishmoqlar xalqning tarixiy-madaniy dunyoqarashi, urf-odati, qadriyatlari va tafakkur tarzining o‘ziga xos ko‘zgusidir. Maqolada lingvistik birliklar orqali milliy mentalitet, xalq dunyoqarashi, ijtimoiy hayoti bilan bog‘liq tasavvurlar ochib berilgan. Shuningdek, topishmoqlarda yashiringan ramzlar, metaforalar va timsollar orqali xalq ongidagi lingvomadaniy kodlar tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: o‘zbek xalq topishmoqlari, lingvomadaniy kod, milliy mentalitet, timsollar, metafora, xalq og‘zaki ijodi, xalq tafakkuri, til va madaniyat, ramziy ifoda. Bugungi globallashuv jarayonida fan va texnologiyalar jadal rivojlanib, barcha sohalarda elektron boshqaruv tizimlari joriy etilmoqda. Zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari orqali ta’lim jarayonida masofaviy o‘qitish ham keng qo‘llanilmoqda. Bu jarayonda texnika va uning tilini bilish zamon talabi sifatida dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Har bir sohada “kod”, “kodlash”, “kodlashtirish” kabi atamalar faol qo‘llanilmoqda. Kod termini sohalarga qarab turlicha mazmun kasb etadi. Masalan, kompyuter va telefonlar xavfsizligi uchun qo‘llaniladigan kodlar, lingvomadaniy jarayonlarda esa madaniy ma’no va tushunchalarni anglatadi. Kod tushunchasi adabiyotshunoslikda badiiy-estetik va mifologik kodlar sifatida tadqiq qilinadi. Mifologik kodlar insoniyat tafakkuri va tasavvurining tarixiy izlarini o‘zida aks ettirib, badiiy obrazlar, syujet va motivlar vositasida adabiyotda namoyon bo‘ladi. Mifologema mifning asosiy obrazidir, arxetip esa inson ongida shakllanib, madaniyatda takrorlanadigan turg‘un timsollar majmuasidir. Shu bois, madaniy kodlar insoniyat tafakkurining tarixiy-madaniy tajribasini ifoda etadi. Kod tushunchasi bilan bog‘liq fikrlar Rolan Bart, V.N.Teliya, D.B.Gudkov, M.L.Kovshova, B.I.Kononenko, V.V. Krasnix, B.A.Maslova, S.Polvanova kabi jahon tilshunos olimlarida tomonidan o‘rganilgan bo‘lsa, o‘zbek tilshunosligida N.Mahmudov, D.Xudayberganova, Y.Odilov, D.Baxronova, F.Usmonov, Z.Muqimovalarning ilmiy izlanishlari bu mavzu doirasidagi tadqiqotlarga keng yo‘l ochib berdi. Izlanishlarda madaniy kod tushunchasi “Muayyan shaxs yoki millat mentalitetini namoyon qiluvchi borliqdagi barcha moddiy va ma’naviy madaniyat birliklari, jumladan, artefakt (inson ijodiy faoliyatining mahsuli)”1, “mentefakt (madaniyatning umumiy g‘oyalari, qadriyatlari va e’tiqodlari) madaniy va ekstralingvistik hodisalarni saqlash, shuningdek, olamning lisoniy, madaniy, ma’naviy, diniy va shu kabi turfa manzaralarini ochib beruvchi shartli belgi”2, “Madaniy kodni o‘zida madaniyat ustuvorliklarini aks ettiruvchi asosiy tushuncha, qadriyat va me’yorlar yig‘indisi”3 deya ta’kidlanadi. 1 Xudoyberganova D. Zamonaviy tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati. – Toshkent: Bookmany print, 2024. – B.13. 2 Xudoyberganova D. Ko‘rsatilgan lug‘at. – B.56. 3 Усмонов Ф. Ўзбек тилидаги ўхшатишларнинг лингвомаданий тадқиқи: Филол. фан. бўйича фалсафа доктори (PhD) … дисс. – Тошкент, 2019. – Б. 61. 103 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Z.Muqimova esa: “u yoki bu til muayyan madaniyatning makrokodi, uni boyituvchi birliklar esa o‘sha madaniyat mikrokodlaridir. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, o‘zbek tili – o‘zbek xalqining madaniy makrokodi. Chunki o‘zbek tili – o‘zbek millatining o‘zbekona tafakkuri va tasavvurlari jamlanmasi. Xalqning ruhi uning tilida voqelanib, u faqat ungagina tegishli va ungagina tushunarli bo‘ladi”, - deb hisoblaydi. Xalqning dunyoqarashi, zehni va tafakkurini o‘zida aks ettiruvchi xalq og‘zaki ijodi namunasi bo‘lgan topishmoqlarga D.Xudoyberganova “Til sohiblarining milliy-obrazli tafakkur tarzini va aksiologik munosabatini namoyon etuvchi, aksariyat hollarda lingvomadaniy kodlar vositasida shakllantirilgan, topilishi talab etiladigan narsa yoki hodisani boshqa narsa yoki hodisaga o‘xshatish, o‘zaro qiyoslash, taqqoslash orqali gavdalantiriladigan, sheʼriy yoki nasriy shakldagi janr; olam lisoniy manzarasining kichik bir qismi4”, -deya ilk marta lingvomadaniy nuqtayi nazardan bergan ta’rifi bizning bugungi izlanishlarimizga chuqur asos bo‘lib xizmat qildi. Lingvomadaniy kod – inson tafakkuri va madaniy tajribasining tildagi aksidir. Topishmoqlarda esa bu kodlar vositasida real hayotdagi predmet va hodisalar ramziy, o‘xshatma, qiyoslash yoki metafora asosida ifodalanadi. Har bir topishmoq, aslida, xalq tafakkuridagi voqelikni turli lingvomadaniy kodlar orqali qayta talqin qilishning yorqin namunasi hisoblanadi. Tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, topishmoqlarda uchraydigan asosiy lingvomadaniy kodlar quyidagilar: 1. Antropomorf asosli lingvomadaniy kod. Bu turdagi kodlarda predmetlar va hodisalar inson harakati, tashqi ko‘rinishi, xatti-harakati yoki holatlari bilan qiyoslanadi. Bu usul orqali insoniyat borliqni o‘ziga xos qiyoslash asosida anglagan. 2. Zoomorf asosli lingvomadaniy kod. Zoomorf kodlarda predmetlar hayvonlar yoki
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada o‘zbek xalq topishmoqlarida lingvomadaniy kodlarning ifodalanish xususiyatlari tahlil qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada o‘zbek xalq topishmoqlarida lingvomadaniy kodlarning ifodalanish xususiyatlari tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- milliy mentalitet, metafora, timsollar, o‘zbek xalq topishmoqlari, ramziy ifoda., xalq tafakkuri, lingvomadaniy kod, xalq og‘zaki ijodi, til va madaniyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025