Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ABU ALI IBN SINONING “YUSUF QISSASI” VA “SOLOMON VA IBSOL” QISSALARIDAGI BADIIY O’XSHASHLIKLAR VA UNING FALSAFIY TAHLILI.
FALSAFIY TAHLILI. · Omonova Muxlisa Odil qizi
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
Mazkur maqolada Abu Ali ibn Sino ijodiga mansub “Yusuf qissasi” hamda “Solomon va Ibsol” qissalarining badiiy va falsafiy jihatdan o‘zaro o‘xshash tomonlari tahlil qilinadi. Har ikki asarda tuhmat, sabr, ruhiy poklanish va ilohiy adolat g‘oyalari markaziy o‘rinda turadi. Yusuf va Ibsol obrazlari orqali begunoh insonning boshiga tushgan og‘ir sinovlar, ularning sabr-toqati, tozalikka sodiqligi va oxir-oqibatda haqiqatning g‘alaba qilishi badiiy vositalar orqali yuksak falsafiy darajada yoritiladi. Qissalar, ayni paytda, Sharq mumtoz adabiyotining inson ruhiy olamini o‘rganishga oid yondashuvlarini ham ochib beradi. Maqolada bu ikki asar orasidagi mazmuniy va g‘oyaviy yaqinlik,badiiy o’xshashligini va falsafiy tahlili o’rganilib chiqiladi. Kalit so’zlar. Sabr, tuhmat, haqiqat, ruhiy poklanish, ilohiy adolat, axloq. Buyuk daho Abu Ali al-Husayn ibn Abdulloh ibn al-Hasan ibn Ali ibn Sino hijriy 370 (milodiy 980) yilda Buxoroning Afshona, hozirgi Isfana qishlog‘ida tug‘ilgan. Ibn Sino 1002-yilda Buxorodan chiqib ketadi, Urganch, Obivard, Naso, Nishopur, Jurjon, Ray, Isfahon, Hamadon kabi shaharlarda bo‘ladi. U 1037-yilda (hijriy 428) 57 yoshida Hamadon shahrida vafot etadi. Mutafakkirning turli fanlarga oid 450 dan ortiq ilmiy asarlar yaratganligi ma’lum. Biroq bizgacha Ibn Sinoning 242 ta asari yetib kelgan. Shulardan 4 tasi adabiyotga, 5 tasi musiqaga, o‘ndan ortig‘i astronomiyaga oid asarlardir va hok.Ibn Sino Sharqda «Shayxur-Rais», G‘arbda esa «Avitsenna» nomi bilan mashhur. Uning nasriy asarlari arab tilida yozilgan. «Yusuf qissasi» Qur’on syujeti asosida yozilgan birinchi asar bo‘lib, ramziy-majoziy Выпуск журнала №-27 Часть–1_Июнь –2025 276 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT usuldadir. «Rasolat – at tayr» («Qush risolasi»), «Uyg‘oq o‘g‘li Tirik» («Hayy ibn Yaqzon») kabi asarlari ham ramziy-majoziy uslubda, «Salomon va Ibsol» esa ishqiy- sarguzasht asardir. Ibn Sino shoir sifatida doston, qasida, g‘azal, ruboiy, fardlar yaratgan. Ayniqsa, “Yusuf qissasi” va “Solomon va Ibsol” qissalari inson qalbining nozik tomonlarini, hayotning sinovlari va insonning o‘zgarishi jarayonini badiiy va falsafiy jihatdan ko‘rsatadi. Ushbu maqolada ushbu ikki asardagi badiiy o‘xshashliklar, ularning umumiy falsafiy g‘oyalari va insoniylik haqidagi mulohazalari keng tahlil qilinadi. Asarlari «Kitob ash-shifo», «Donishnoma», «Kitob al-qonun fi-t-tib» «Tib qonunlari kitobi», 5 kitob, 14 jilddan iborat bo‘lgan, «Salomop va Ibsol», «Yusuf qissasi», «Risolat at-tayr» («Qush risolasi»), «Uyg‘oq o‘g‘li Tirik», «Tibbiy urjuza», «Faan ash-she’r» ,«She’r san’ati», she’r ilmi, yunon she’riyatining tur va shakllari haqida), «Musiqa ilmida katta to‘plam» Solishtirilayotgan har ikki qissaning qisqacha mazmuni va undagi badiiy o’xshashliklar keltirilib o’tiladi . Yusuf (arabcha: فسُ وْ ُي نبْ ٱ بوْ ُقعْ َي نبْ ٱ قاحَ سْ ِإ نبْ ٱ ميْ هِ ارَ بْ ِإ; Yusuf ibn Yaʼqub ibn Ishoq ibn Ibrohim)-Qurʼonda tilga olingan paygʻambarlardan biri. Rivoyatlarga koʻra, Yaʼqub paygʻambarning Rohila ismli xotinidan boʻlgan sevikli oʻgʻli. Bibliyada Iosif deb tilga olingan. Qurʼonning 12-surasi Yusuf nomi bilan ataladi. Alloh Yusufga tushlar taʼbirini aniq ayta olish qobiliyatini ato etdi. Naql qilishlaricha, Yaʼqub oʻz farzandlari orasida Yusufni koʻproq yaxshi koʻrar edi. Akalari unga hasad qilib Yusufni quduqqa tashlab yuboradilar, otalariga esa, Yusufni dashtda boʻri yeb ketdi, deb yolgʻon gapiradilar. Karvonda ketayotganlar Yusufni quduqdan chiqarib misrlik katta amaldorga sotadilar. Amaldorning xotini Yusufni sevib qolib yoʻldan urmoqchi boʻladi. Yusuf zino qilishdan oʻzini tiyadi, lekin Zulayho igʻvosi tufayli gunohsiz zindonga tashlanadi. Zindondagilarning va Misr hokimining tushi taʼbirini toʻgʻri aytib, u yerdan qutuladi. Davlat xazinasini saqlovchi lavozimiga tayinlanadi. Yusuf Misr taxtida adolat bilan hukm yurgiza boshladi. Boshqa davlatlarda ocharchilik yuz berganda ham, Misr zaminida toʻkinchilik boʻladi. Ittifoqo Kanʼon (hozirgi Livan)dan uning akalari don soʻrab kelib qolib, Yusufni tanimaydilar. Yusuf bir puxta tadbir Выпуск журнала №-27 Часть–1_Июнь –2025 277 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT bilan ularni oʻz xato-gunohlariga iqror qiladi va otasi Yaʼqubning koʻzlari ochilishiga sabab boʻladi. Uni Misrga olib keladi[1]. "Solomon va Ibsol" .Bu qissada Solomon ismli podsho va uning ukasi Ibsol haqida hikoya qilinadi. Ibsol yosh va begunoh bo‘lishiga qaramay, fitnalarga uchraydi. Solomonning xotini Ibsolga yomon niyat bilan yaqinlashadi. Ammo Ibsol uning buzg‘unchi niyatini rad etadi. Shundan keyin ayol uni tuhmat qilib, Solomonni chalg‘itadi. Natijada Solomonning xotini zolim odamlarni gaplashib,, ukasini o‘ldirish uchun dushmanlarga topshiradi. Ibsol jangda halok bo‘lishi kerak edi, biroq u og‘ir yarador holatda omon qoladi. Uni o‘rmonda bir oq kiyik boqadi, u suti bilan Ibsolni tirik saqlaydi. U shaxriga qaytib keladi qaniydi yangasining bu yomon ig'vodan qo'lini tortgandir degan umid bilan kelsa yangasining unga tashlagan nigohidan hali ham uni n
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada Abu Ali ibn Sino ijodiga mansub “Yusuf qissasi” hamda “Solomon va Ibsol” qissalarining badiiy va falsafiy jihatdan o‘zaro o‘xshash tomonlari tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada Abu Ali ibn Sino ijodiga mansub “Yusuf qissasi” hamda “Solomon va Ibsol” qissalarining badiiy va falsafiy jihatdan o‘zaro o‘xshash tomonlari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- haqiqat, axloq., ilohiy adolat, ruhiy poklanish, tuhmat, Sabr
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025