К содержанию
РецензированоUZ2025

BOLADA AMALIY QOBILYATINING RIVOJLANISHI PSIXODAGNOSTIKASI

Aminova Mahliyo (Shahrisabz davlat pedagogika instituti) · Nishonova Bibsora (Shahrisabz davlat pedagogika instituti)

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada bolalarda amaliy qobiliyatlarning rivojlanish xususiyatlari va ularni psixodiagnostika orqali aniqlash usulllari yoritilgan.Amaliy qobiliyat-bu bolaning atrof-muhit bilan faol o`zaro ta’siri davomida shakllanadigan va real vazifalarni bajarishda namoyon bo`ladigan psixik xususiyatlari.Taqtimotda turli yoshdagi bolalarda kuzatiladigan amaliy qobiliyatlarning rivojlanish darajalari ularni o`lchash mezonlari va diagnostik vositalari tahlil qilingan .Shuningdek bu qobiliyatlari rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillar ijtimoiy va psixologik muhitning roli muhokama etilgan, maqolada maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarda qo`llanilishi mumkin bo`lgan psixodiagnostik metodlar va ularning samaradorligi ko`rib chiqilgan. Kalit so`zlar.Amaliy qobiliyat, rivojlanish ,psixodiagnostika, bola psixologiyasi , psixik rivojlanish, metodika, ijtimoiy omillar. Bolalar psixologiyasi – psixologiya sohasi, bolalar psixologik rivojlanishining umumiy va alohida xususiyatlarini, turli yosh bosqichlarida bu jarayon qanday kechishi, uni harakatlantiruvchi kuchlar va qonuniyatlarni tadqiq qiladi. Shu sababli bolalar psixologiyasini koʻpincha „Yosh psixologiyasi“ deb ataydilar. Bolalar psixologiyasi bolalarda psixik jarayonlar (maʼrifiy, nutqiy, hissiy, irodaviy va hokazo) paydo boʻlishi va rivojlanishini, psixik xususiyatlar qaror topishini, xilma-xil faoliyatning (oʻyinlar, oʻqish, mehnat) rivojlanishini, bolaning shaxs sifatida shakllanishini oʻrganadi. Bolalar psixologiyasi umumiy psixologiyada Выпуск журнала №-27 Часть–1_Июнь –2025 343 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT ishlab chiqilgan tadqiqot usullaridan foydalanadi, biroq uni qoʻllashning oʻziga xos xususiyatlari bor. Bola shaxsi yosh xususiyatlarini oʻrganishda koʻndalang, kesma va longityud deb nomlangan tadqiqotlar oʻtkaziladi. Birinchi holatda birgina psixik jarayonning oʻzi bir vaqtda turli yosh guruhlariga taalluqli boʻlgan bolalarda tadqiq qilinadi. Ikkinchi holatda (longityud) esa maʼlum bir (alohida tanlab olingan) bolalarning psixik xususiyatlari koʻp yillar davomida tadqiq qilinadi. Bu esa oʻz navbatida ular psixikasi rivojlanishining umumiy kechishini kuzatish imkoniyatini beradi. Bolalar psixologiyasida asosan ota-onalarga bolaga unga boʻlgan ishonch, hurmat, qoʻllab-quvvatlash, unga boʻlgan eʼtiborlarini his qildirish. Mumkin boʻlgan va mumkin boʻlmagan holatlar oʻrgatiladi. Bola dunyoni, atrofni ota-ona koʻzlari bilan anglaydi. Ota-onaga nima yomon boʻlsa, bola shuni yomon deb hisoblaydi. Ota- ona kimni xush koʻrsa, bola uchun u inson yaxshi boʻladi. Bu holat bolani 10-12 yoshiga qadar davom etadi. Undan keyin bola oʻzi xulosa qilishga oʻrganishni boshlaydi. Shunday ekan, bolaning har bir harakati – bu koʻzgudagi sizning aksingiz. Bolalar psixologiyasi 19-asr oʻrtalarida mustaqil fan sifatida ajralib chiqa boshladi. U pedagogika psixologiyasi, pedagogika, oliy asab faoliyati fiziologiyasi bilan chambarchas bogʻlangandir. Uning maʼlumot va xulosalari yosh avlodni oʻqitish va tarbiyalash nazariyasi va amaliyoti uchun, umumiy psixologiya uchun muhim ahamiyatga ega. Oʻzbekistonda Bolalar psixologiyasi masalalari boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Bolalar psixologiyasi bir qancha fanlar bilan uzviy aloqada bo’lib,bu fanlar qo’lga kiritayotgan faktlardan,qonuniyatlar hamda kashfiyotlardan keng foydalanadi.Bolalar psixologiyasi ta’lim-tarbiyaning maqsadi,yo’l-yo’riqlari va vazifalariga doir fikrlarni pedagogika fanidan oladi.Lekin shuning bilan birga bolalar psixologiyasi pedagogika faniga ham yaqindan yordam beradi.Bolalar psixologiyasi bir qator biologik fanlar bilan,birinchi navbatda,bolalar anatomiyasi hamda fiziologiyasi bilan bo’g’liqdir.Bu fanlar bolaning yoshi ulg’ayishi bilan yuzaga keladigan anatomik va fiziologik o’zgarishlar haqida ma’lumot beradi hamda psixik taraqqiyot yo’lini ilmiy tushunishga yordam beradi.Bolalar psixologiyasi bolalar gigienasi,bolalardagi kasalliklarni o’rganuvchi pediatriya va bolalar psixopatalogiyasi bilan ham bog’liqdir.Bu fanlar bolalar psixik Выпуск журнала №-27 Часть–1_Июнь –2025 344 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT tarqaqqiyotining normal borayotganligini chuqurroq bilish va normal taraqqiyotdan burilish sabablarini anglash imkoniyatini beradi.Bolalar psixologiyasi bolalar adabiyoti bilan ham ma’lum darajada aloqadordir. Bolalar psixologiyasi bolalarning shaxsiy xususiyatlarini o’rganishda tushuntirishda bolalar adabiyotidan, xususan, avtobiografik asarlardan keng foydalanadi. Bolalar psixik hayotiga oid qonuniyatlarni o’rganuvchi bolalar psixologiyasi ham dialektik materialism metodologiyasiga asoslanadi va boshqa hodisalarga nisbatan o’rganilishi ancha qiyin bo’lgan nozik psixologik hodisalarning asli mohiyatiga ilmiy asosda bilib olishi mumkin bo’lgan bir narsa deb qaraydi.Dialektik materializm prinsiplariga asoslangan bolalar psixologiyasi murakkab aks ettirishdan iborat bo’lgan sub’ektiv hodisalarni ularning ob’ektiv sabablari bilan birgalikda,ya’ni tirik materiyaning eng murakkab turi bo’lgan miya

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada bolalarda amaliy qobiliyatlarning rivojlanish xususiyatlari va ularni psixodiagnostika orqali aniqlash usulllari yoritilgan.Amaliy qobiliyat-bu bolaning atrof-muhit bilan faol o`zaro ta’siri davomida sh…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada bolalarda amaliy qobiliyatlarning rivojlanish xususiyatlari va ularni psixodiagnostika orqali aniqlash usulllari yoritilgan.Amaliy qobiliyat-bu bolaning atrof-muhit bilan faol o`zaro ta’siri davomida sh… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
bola psixologiyasi, rivojlanish, Amaliy qobiliyat, metodika, psixik rivojlanish, ijtimoiy omillar., psixodiagnostika
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники