Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAKTABDA ONA TILI DARSLARIDA MA’NODOSH SO‘ZLARNI O’QITISHDA METODOLOGIK YANGILIKLAR
O’QITISHDA METODOLOGIK YANGILIKLAR
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
ushbu maqolada ma’nodosh so‘zlar (sinonimlar) talaffuzi, yozilishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘z pedagogik tajribamda ishlatgan pedagogik texnologiyalar haqida yozmoqchiman. Sinonimlar bir-biridan qo‘shimcha ma’no qirrasi, emotsional bo‘yog‘i, qo‘llanilishi jihatidan o‘zaro farqlanadi. Kalit so‘zlar: ma’nodosh so‘zlar, grammatika, uslubiyat, til ifodaliligi, atama, predmet, didaktik material В данной статье я хочу рассказать о педагогических технологиях, которые использовал в своей педагогической практике, связанных с произношением и написанием синонимичных слов. Синонимы отличаются друг от друга дополнительными оттенками значений, эмоциональной окраской и особенностями употребления. Ключевые слова: синонимы, грамматика, стилистика, выразительность речи, термин, предмет, дидактический материал Annotation (in English): In this article, I intend to describe the pedagogical technologies I have used in my teaching practice related to the pronunciation and spelling of synonymous words. Synonyms differ from each other in terms of additional semantic nuances, emotional coloring, and usage features. Keywords: synonyms, grammar, stylistics, language expressiveness, term, subject, didactic material. Выпуск журнала №-27 Часть–1_Июнь –2025 378 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Katta, ulug‘, buyuk, zo‘r, azim, ulkan, bahaybat, haybatli, yirik, gigant sinonimik qatorini tashkil qilgan so‘zlardan katta so‘zi keng tushunchani anglatib, aniq tushunchaga nisbatan ham, mavhum tushunchaga nisbatan ham ishlatilaveradi. ulug‘, buyuk, zo‘r, azim, ulkan so‘zlari hajmi ancha katta bo‘lgan narsalarga, bahaybat, haybatli so‘zlari esa o‘lchovi juda katta bo‘lgan narsalarga nisbatan ishlatiladi. yirik kam ishlatiladi. gigant kitobiy uslubga xos bo‘lib, asosan joy, qurilishga nisbatan qo‘llanadi. Sinonimlar tilni leksik tomondan boyitadi, shuning uchun bunday so‘zlar bilan ishlash juda muhim. kishi lug‘atida sinonimlar qancha ko‘p bo‘lsa, uning til ifodaliligi shuncha ortadi. o‘zbek tili - sinonimlarga boy til. ,,o‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati» da katta so‘zining 11 ta, marta so‘zining 13 ta sinonimi berilgan. Boshlang‘ich sinflarda sinonim haqida nazariy ma’lumot berilmaydi, ammo sinonimlar haqidagi tushuncha amaliy mashq yordamida shakllantiriladi. Sinonimlar bilan ishlash elementar tarzda 1-sinfdan boshlanadi: o‘quvchilar berilgan so‘zning sinonimini topishga, boshqacha qilib qanday aytish mumkinligini tushuntirishga, 2 -3-sinflarda esa berilgan so‘zning 2 - 3 sinonimini topib aytishga o‘rgatiladi. Boshlang‘ich sinflarda ma’nodosh so‘zlarga oid quyidagicha mashqlar ishlatiladi: 1. Berilgan ma’nodosh so‘zlarni guruhlash. Bunda bir so‘z turkumiga oid ikki sinonimik qatordagi so‘zlar ichiga bir-ikkita boshqa so‘z kiritib beriladi. o‘quvchilar sinonimlarni ikki guruhga ajratib aytadilar. Buning uchun so‘zlar quyidagi kabi berilishi mumkin: vatan, maqsad, diyor, niyat, mamlakat, murod, yurt. 2. Berilgan so‘zga sinonim tanlash. o‘qituvchi otni o‘tganda osmon, sifatni o‘tganda mazali, fe’lni o‘tganda ko‘nikmoq so‘zlarini aytadi. o‘quvchilar bu so‘zlarga sinonim tanlaydilar: osmon - ko‘k, samo, falak; mazali - lazzotli, laziz, totli; ko‘nikmoq - o‘rganmoq, odatlanmoq, odat qilmoq. 3. Tushirib qoldirilgan sinonim so‘zlarni o‘z o‘rniga qo‘yib, matnni ko‘chirish. o‘quvchilar sinonimlarni o‘rniga qo‘yib, ularning qo‘llanilishidagi farqni tushuntiradilar. 4. Ma’nodosh so‘zlardan mosini qo‘yib gaplarni ko‘chirish. Buning uchun sinonim so‘zlar qatori qavs ichida beriladi, o‘quvchi gapning mazmuniga mosini tanlab gapni ko‘chiradi: Daryo suvini (bahor, ko‘klam) toshirar, odam qadrini Выпуск журнала №-27 Часть–1_Июнь –2025 379 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT (mehnat, ish) oshirar. oltin (o‘t, olov, alanga)da, odam (ish, mehnat)da bilinadi. Birlashgan (yov, dushman) ni qaytarar. 5. Sinonim so‘zlar qatoridan foydalanib didaktik material tuzish va u bilan mashq ishlash. Buning uchun to‘rtta sinonimik qatordagi so‘zlar tanlanadi va 16 katakka aralash joylashtiriladi. o‘qituvchi shu katakchalardagi bir so‘zni aytadi. Masalan, chiroyli. o‘quvchilar shu so‘zga yaqin ma’noli so‘z (sinonim)ni katakchalardan topib aytadilar: go‘zal, dilbar, sohibjamol, husndor. Sinonim so‘zlar qatori bilan so‘z birikmasi tuzadilar: chiroyli shahar, go‘zal manzara, sohibjamol malika va hokazo. So‘zlarning ma’nosini tushuntirish o‘quvchilar lug‘atini boyitadi, nutqini o‘stiradi. Boshlang‘ich sinflarda o‘qitiladigan fanlarning atamalari ham tushuntirilishi lozim bo‘lgan so‘zlar qatoriga kiritiladi. atamalarning ma’nosini tushuntirish mazkur so‘z anglatgan tushunchani yaxshi fahmlab olishga yordam beradi. Masalan, predmet atamasining ma’nosini tushuntirish bilan o‘quvchilar predmet keng ma’noda qo‘llanishini, tabiatdagi barcha narsa, hodisa, tushunchalar predmet deyilishini bilib oladilar. Bu ot, sifat, son, fe’l kabi atamalarni tez fahmlab olishda ularga yordam beradi. So‘zning ma’nosini tushuntirish juda kam vaqt olishi va darsning asosiy mavzusidan o‘quvchilar diqqatini
Доказательный фрагмент
«ushbu maqolada ma’nodosh so‘zlar (sinonimlar) talaffuzi, yozilishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘z pedagogik tajribamda ishlatgan pedagogik texnologiyalar haqida yozmoqchiman.»
Образец извлечения
Демо-превьюushbu maqolada ma’nodosh so‘zlar (sinonimlar) talaffuzi, yozilishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘z pedagogik tajribamda ishlatgan pedagogik texnologiyalar haqida yozmoqchiman. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- synonyms, grammar, stylistics, language expressiveness, term, til ifodaliligi, atama, grammatika, predmet, didaktik material, uslubiyat, ma’nodosh so‘zlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014