Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O’QUVCHILARNING O’QIB TUSHUNISH KO’NIKMASINI SHAKLLANTIRISHDA INTERVYU MATNLARINING O’RNI
O’rinova Binafsha Erali qizi
Современное образование и развитие · 2 · 2025
Аннотация
Mazkur maqolada o‘quvchilarning o‘qib tushunish ko‘nikmasini shakllantirishda intervyu janridagi matnlardan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Maqolada intervyu matnlarining ta’limiy salohiyati, ular bilan ishlashning samarali usullari hamda dars jarayonidagi amaliy qo‘llanishi yoritiladi. Kalit so‘zlar:intervyu, o‘qib tushunish, matn bilan ishlash, tanqidiy fikrlash, savol-javob usuli, o‘quvchi faolligi, dars metodikasi, funksional savodxonlik. Annotation:This article analyzes the possibilities of using interview- genre texts in developing students reading comprehension skills. It highlights the educational potential of interview texts, effective methods of working with them, and their practical application in the classroom. Keywords:interview, reading comprehension, working with texts, critical thinking, question-and-answer method, student engagement, lesson methodology, functional literacy. Bugungi kunda o‘quvchilarning o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirish ta’lim tizimining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. O‘qib tushunish – bu nafaqat matnni anglash, balki uning mazmunini tahlil qilish, muallifning maqsadini tushunish va asosiy g‘oyani ajratib olishni ham o‘z ichiga oladi. O‘qib tushunish ko‘nikmasini shakllantirishda turli metod va yondashuvlar mavjud bo‘lib, ulardan biri – intervyu matnlaridan foydalanishdir. Intervyu matnlari o‘zining jonli muloqotga asoslanganligi, turli bilimlar mujassamligi bilan o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash, savol berish, tahlil qilish kabi ko‘nikmalarni rivojlantiradi. Bu esa o‘quvchilarga matnni faqat o‘qish emas, uni chuqur anglash va o‘z tahlillarini shakllantirish imkoniyatini beradi. Bu borada o‘quvchilarning o‘qib Выпуск журнала №-27 Часть–1_Июнь –2025 400 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT tushunish ko‘nikmasini shakllantirishda intervyu matnlarining o‘rni ahamiyatlidir. Ushbu turdagi matnlar o‘zining jonli muloqotga asoslanganligi, turli nuqtai nazarlarlarni mujassamlashtirishi bilan o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, matnni tahlil qilishga va asosiy mazmunni ajratib olishga o‘rgatadi. Intervyu matnlari – bu ikki yoki undan ortiq shaxs o‘rtasidagi muloqot bo‘lib, unda suhbatdoshlar o‘z fikrlarini erkin ifoda etadi. Bu janr o‘zining tabiati bilan ajralib turadi. U matnlarni nafaqat o‘qishga, balki tinglashga ham imkon beradi. Intervyu matnlari turli shaxslar o‘rtasidagi muloqotga asoslanganligi bois, o‘quvchilarda matnni faqat so ‘zlashuv sifatida emas, o‘zaro fikr almashish jarayoni sifatida tushunishiga yordam beradi. O‘quvchilarda o‘qib tushunish ko‘nikmasini shakllantirish uchun intervyu matnlari samarali vosita hamda usul hisoblanadi. Ular o‘quvchilarni matnning asosiy mazmunini ajratib olishga, turli qarashlarni tahlil qilishga va nuqtai nazarlarni solishtirishga o‘rgatadi. Masalan, intervyu matnida qatnashgan shaxslarning fikrlarini solishtirish orqali o‘quvchilar o‘z nuqtai nazarlarini yaratishlari mumkin. Bu jarayon o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash va mustaqil fikr bildirish ko‘nikmalarini oshiradi. Intervyu matnlari bilan ishlashda quyidagi metodlar samarali hisoblanadi: Savol-javob usuli: Intervyu matni asosida o‘quvchilarga savollar berish, ularni matnni tahlil qilishga undaydi. Savollar orqali o‘quvchilarning matnni anglash darajasini tekshirish mumkin. “Endi hammasi o‘zgardi” — shaxmatchi Gulruhbegim Tohirjonova O‘zbekiston termasiga qaytishi haqida Gulruhbegim Tohirjonova — O‘zbekistonning eng kuchli shaxmatchilaridan biri. U 2020-yili federatsiya bilan ziddiyat tufayli AQSh terma jamoasiga o‘tgandi. Yaqinda esa O‘zbekiston terma jamoasiga qaytdi. “Gazeta.uz”ning shaxmat sharhlovchisi Georgiy Shvanov u bilan eng dolzarb va global mavzularda suhbatlashdi. — Terma jamoaga qaytganingizdan so‘ng nimalarni his qilyapsiz? — Juda xursandman. Qachondir bu yerga qaytaman, deb o‘ylamagandim. Lekin ko‘p o‘zgarishlar yuz berdi, men bu haqda ko‘p gapirdim. Hissiyotlar har xil, Выпуск журнала №-27 Часть–1_Июнь –2025 401 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT chunki bu yangi va kutilmagan holat. Lekin men baribir qaytganimdan va yana O‘zbekiston sharafini himoya qilishim mumkinligidan xursandman. — Mamlakatimizda sizni qanday kutib olishdi? Balki aeroportda kutib olishgandir? — Aeroportda kutib olishmadi (kuladi). Matbuot anjumani bo‘ldi, jurnalistlar bilan uchrashdik. Ularning fikrlarini eshitish qiziq edi. Lekin, umuman olganda, uchrashuv rasmiy o‘tdi — bu hammasi men o‘zim va qaytganim haqidagi xabarni ommaga taqdim etishim uchun tashkil etilgan edi. — Endi O‘zbekiston uchun rasman o‘ynay olasizmi? Qandaydir muddat ichida boshqa federatsiyada o‘ynash mumkin emas, degan talab yo‘qmi? — Agar federatsiyani bepul o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz, ikki yil kutish va rasmiy turnirlarda o‘ynamaslikka to‘g‘ri keladi. (Ikki yil o‘tishini kutmay) to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish qilmoqchi bo‘lsangiz, pul to‘lashingiz kerak. Lekin bu borada muammo bo‘lmadi. — Demak, 2025-yilgi Osiyo o‘yinlarida ham, 2026-yilgi Olimpiadada ham terma jamoamiz safida ishtirok etasiz, shunday
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada o‘quvchilarning o‘qib tushunish ko‘nikmasini shakllantirishda intervyu janridagi matnlardan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada o‘quvchilarning o‘qib tushunish ko‘nikmasini shakllantirishda intervyu janridagi matnlardan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- interview, reading comprehension, working with texts, critical, dars metodikasi, intervyu, matn bilan ishlash, savol-javob usuli, o‘quvchi faolligi, funksional savodxonlik., tanqidiy fikrlash, o‘qib tushunish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014