Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
HUQUQIY MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHDA HUQUQIY TARBIYANING O’RNI.
TARBIYANING O’RNI. · Yangiboyev Farhod Rashidovich · Respublikasi Prezidenti · Shavkat Mirziyoyev · Sh.Mirziyoyev Saylovoldi dasturidan
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
Huquqiy madaniyatni muntazam boyitib borish uchun izchil huquqiy tarbiya ishlarini olib borish lozim. Bu yo’nalishda qo’yidagilar o’ta muhim ahamiyat kasb etadi: yuksak malakali sud-adliya kadrlarini tayyorlab borish; barcha o’quv yurtlarida, maktablarda huquq haqidagi bilimlarni o’rgatish-o’rganish, mazkur fanlardan imtihonlar joriy etish, radio, televidenie, vaqtli matbuotda huquqiy bilimlarni keng targ’ib va tashviq qilish; aholining, mustaqil ravishda, huquqiy bilimlarni o’rganish maqsadida qonun hujjatlarini muntazam chop etib borish; sud, prokuratura, ichki ishlar organlarining ish tajribasini ommalashtirib borish; adliya va huquqshunoslik fanlarini rivojlantirish, oshkoralikni ta’minlash; boshqa davlatlarning huquqiy tajribasini o’rganish va ulardan foydalanish; badiiy 1 Sh.Mirziyoyev Saylovoldi dasturidan Выпуск журнала №-27 Часть–2_Июнь –2025 34 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT adabiyotda, san’atda huquqiy bilimlarni tarqatish; huquqiy xulqni rag’batlantirish. Kalit so’zlar: Huquqiy ong, huquqiy madaniyat, ijtimoiy ong, huquq, kodifikatsiya, normativ huquqiy hujjat. Huquqiy madaniyat tarixan asta-sekin shakllangan ijtimoiy voqea bo’lib, hozirgi davrda ilg’or huquqiy davlatlarning va ularning fuqarolarining zaruriy xislati va taraqqiyot omiliga aylandi. Ilg’or mamlakatlar bu borada sezilarli yutuqlarga erishdilar va ularning har bir fuqarosi har bir masalada qonunlarga suyanib ish olib boradi, o’z haq va huquqlari davlat yoki ayrim shaxslar tomonidan bo’zilgan taqdirda, ularning darajasi va mavqeyidan qat’i nazar, sud orqali adolatli yechimga erishadi. Mamlakatimizda inson huquqlari va manfaatlarini ta’minlash, ijtimoiy hayotni demokratlashtirish uchun shart sharoitlar yaratish va huquqiy davlat asoslarini shakllantirish zaruriyatidan kelib chiqqan holda ushbu “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish” Milliy dastur qabul qilingan. Aholining huquqiy madaniyatini shakllantirish bo’yicha davlat siyosatini muvaffaqiyatli amalga oshirish, bir tomondan, jamiyatning har bir a’zosi huquqiy bilimlarning muayyan darajasini o’zlashtirib olishi uchun zarur bo’lgan shart-sharoit yaratishni, ikkinchi tomondan - turli ijtimoiy guruhlarning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda huquqiy maorifni tabaqalashtirishni nazarda tutadi. Bu masala uzoq yillar davomida huquqni muhofaza qiluvchi organlar va ayrim davlat organlarining ishi sifatida qarab kelinib, bunda oila, mahalla va fuqarolik jamiyati institutlarining ishtiroki etarlicha ta’minlanmagan. Ochig’ini aytganda, targ’ibot tadbirlarida ko’pincha samarasiz seminar, davra suhbatlari va shu kabi uchrashuvlarni tashkil etish bilan cheklanib qolinmoqda, targ’ibot jarayonida innovatsion usullardan etarlicha foydalanilmayotgani ayon bo’lmoqda. Bu esa jamiyatimiz taraqqiyotiga o’zining salbiy ta’sirini ko’rsatmoqda. Ya’ni qonunlarning ijrosi bir xilda ta’minlanmayapti, islohotlar bo’yicha qabul qilingan hujjatlar ham o’zining etarli samarasini bermayapti. Yoshlarning huquqiy tarbiyasiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, har bir shaxsda qonunlarga va odob-axloq qoidalariga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat, huquqbuzarliklarga Выпуск журнала №-27 Часть–2_Июнь –2025 35 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT nisbatan murosasizlik hissini uyg’otish ishiga kompleks tarzda yondashilmayapti. Shulardan kelib chiqib, farmonda jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning asosiy vazifalari belgilab be2rildi. Huquqiy ong huquq to’-risidagi kishilarning qarashlarini o’rgatar eqan, u o’zining to’zilishiga egadir, ya’ni huquiy mafkura va huquqiy psixologiyadan iborat. Huquqiy mafkura deganda, jamiyatdagi turli sinflarning, tabaqa millat va elatlarning huquq to’g’risidagi qarashlari tushuniladi. Jamiyatda qabo’l qilinadigan davlatning asosiy qonuni Konstitutsiya va boshqa qonunlar, huquqiy normalar jamiyatdagi millatlar va elatlar manfaati nuqtai nazaridan qabul qilinadi. Huquqiy psixologiya deb jamiyatdagi har bir kishining huquq to’-risidagi qarashlari, bilimlari tushuniladi. Jamiyatda huquqiy ongni rivojlantirishda, huquqiy normalarni qabul qilishda huquqiy mafkura asosiy hal qiluvchi rol o’ynaydi. Biz jamiyatda huquqiy madaniyatni shakllantirish va rivojlantirish, mamlakatimizda huquqiy ta’lim va bilimlar targ’ibotini tubdan yaxshilash, qabul qilingan normativhuquqiy hujjatlarni ijrochilarga etkazish, aholini qabul qilinayotgan qonunlarning maqsadi, mazmun-mohiyatidan keng xabardor etib borishga yo’naltirilgan maqsadli chora-tadbirlarni qo’llab-quvvatlaymiz. Zero, faqat erkin, o’z huquq va majburiyatlarini biladigan, qonun va amaldagi tartib-qoidalarni hurmat qiladigan fuqaro o’z huquqlaridan to’laligicha foydalana oladi. Vatanimizning rivojlanishi va islohotlarning muvaffaqiyati ko’p jihatdan xalqning huquqiy ongi hamda huquqiy madaniyati darajasiga bog’liqdir. Shaxsning siyosiy faolligi, uning chinakam fuqaroviy munosabati, demokratik islohotlarga intiluvchanligi belgilangan maqsadlarga tezroq erishishning muh
Доказательный фрагмент
«Huquqiy madaniyatni muntazam boyitib borish uchun izchil huquqiy tarbiya ishlarini olib borish lozim.»
Образец извлечения
Демо-превьюHuquqiy madaniyatni muntazam boyitib borish uchun izchil huquqiy tarbiya ishlarini olib borish lozim. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- huquq, normativ huquqiy hujjat., huquqiy madaniyat, Huquqiy ong, ijtimoiy ong, kodifikatsiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024