К содержанию
РецензированоUZ2017

FHDYO ORGANLARIDA NIKOHDAN AJRATISH TARTIBI

Yangiboyev Farhod Rashidovich

Современное образование и развитие · 2017

Аннотация

Oila qurishni asosi nikoh hisoblanadi. Oila jamiyatning asosiy hujayrasi va ijtimoiy tayanchidir. Shunday ekan jamiyatdagi nikohdan ajralishlar sonini kamaytirish maqasadga muvofiqdir.Mazkur maqolada yurtimizdagi ajrimlar soni statistik jihatidan tahlil qilingan va takliflar ilgari surilgan. Bu ishda statistik, kuzatish metodlaridan foydalanildi. Ushbu maqolada ilgari surilgan takliflarni qonun ijodkorligi jarayonida, FHDYO va sud organlari faoliyatida qo’llash mumkin. Kalit so’zlar: Oila, nikoh, nikoh yoshi, nikohdan ajratish, FHDYO Bilamizki, oila jamiyatda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Oilada oilaviy munosabatlar qanchalik to’g’ri yo’lga qo’yilgan bo’lsa, uning shunchalik mustahkam bo’lishi, bu o’z navbatida, jamiyatning ham mustahkamlanishiga o’z ta’sirini ko’rsatishi amaliyotida sinovdan o’tgan omillardandir. Shu sababli oilaviy munosabatlarning huquqiy asoslarini takomillashtirish, oilaviy-huquqiy normalarini to’g’ri talqin etish va oila a’zolarining huquq va manfaatlarini ta’minlash alohida e’tiborga molikdir. Ana shu holatlarni e’tiborga olgan davlatimiz nikoh, uni tuzish tartibi va shartlari, nikohdan ajralish, nikohni haqiqiy emas deb topish bilan bog’liq munosabatlarga befarq bo’lmay, ularni tartibga soluvchi huquqiy asoslari belgilab qo’yilgan. Oilani mustahkamligi avvalo oila salomatligi, onalik va bolalikni muhofaza qilishga bog’liq hisoblanadi. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan Harakatlar strategiyasida ham mazkur jihat o’z ifodasini topdi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor Выпуск журнала №-27 Часть–2_Июнь –2025 38 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi”da oila salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish ustuvor yo’nalishlardan biri sifatida belgilangan.Ushbu jihatdan ham anglashiladiki, onalik va bolalikni himoya qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda onalik va bolalikni muhofaza qilishga va oialni saqlab qolishga qaratishga qaratilgan chora-tadbirlarga qaramasdan ajrashish holatlari yuz bermoqda. Bilamizki, nikohdan ajratishning sud tartibi bilan birga ma’muriy tartibi ham mavjud. Bu Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida nikohdan ajratish hisoblanadi. Mazkur tartib er-xotinlik munosabatlarini bekor qilishning nisbatan oddiy va soddalashtirilgan tartibi hisoblanadi. Bunda nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organida nikohdan ajratiladi va sud jarayoni bo’lmaydi. Oila kodeksining 42-moddasiga muvofiq, voyaga yetmagan bolalari bo’lmagan erxotin nikohdan ajralishga o’zaro rozi bo’lsalar, ular nikohdan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ajratiladi.Shu o’rinda bolalari bor yo’qligini aniqlanib olinishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Turmush o'rtoqlar ajrashish to'g'risidagi arizalarida ajrashish va voyaga etmagan bolalari yo'qligi haqida o'zlarining roziliklarini tasdiqlashlari kerak, agar ajralish kunida turmush o'rtoqlardan biri FHDYo bo'limida bo'lolmasa, u holda ajrashish uchun ham rozilik berishi kerak. FHDYo organlari umumiy voyaga etmagan bolalarning yo'qligi yoki mavjudligini tasdiqlash uchun tegishli organlarga murojaat qilish huquqiga ega (Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalarining 387-sonli 108-bandi).Mazkur holat albatta nikohdan ajratishning qonuniyligini ta’minlash nazarda tutgan. Er-xotin o’rtasida mehnatga layoqatsiz, muhtoj er yoki xotinga moddiy ta’minot berish to’g’risida yoki ularning birgalikdagi umumiy mol-mulkini bo’lish to’g’risida nizo chiqqan taqdirda, er-xotin yoki ulardan biri nikohdan ajratish to’g’risidagi ariza bilan sudga murojaat etishga haqli. O‘zbekiston Respublikasida er-xotinlar nikohni bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilgandan so‘ng, aksariyat hollarda ular bir shaharda yoki turli shahar va tumanlarda alohida yashaydilar. Va keyin savol tug'iladi, qaysi tuman yoki shaharning FHDYo bo'limiga ajrashish uchun ariza berish kerak? Bunday holda, 2016 yilgi FHDYo qoidalarining 108-bandi 1-qismiga muvofiq, turmush o'rtoqlar Выпуск журнала №-27 Часть–2_Июнь –2025 39 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT turmush o'rtoqlardan birining yashash joyidagi FHDYo bo'limiga murojaat qilishlari kerak. Nikohdan ajralish ariza beruvchining yashash joyidagi Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga ariza berilgan kundan boshlab uch oy muddat o’tgach qayd etiladi. Oila kodeksining 43-moddasiga muvofiq, agar er-xotindan biri: - sud tomonidan bedarak yo’qolgan deb topilgan bo’lsa; - sud tomonidan ruhiyati buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo’lsa, - sodir qilgan jinoyati uchun uch yildan kam bo’lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan bo’lsa, o’rtacha voyaga yetmagan bolalari borligidan qat’i nazar, er-xotindan birining arizasiga ko’ra ular fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida nikohdan ajratiladi. Agar bolalar haqida, er

Доказательный фрагмент

«Oila qurishni asosi nikoh hisoblanadi. Oila jamiyatning asosiy hujayrasi va ijtimoiy tayanchidir. Shunday ekan jamiyatdagi nikohdan ajralishlar sonini kamaytirish maqasadga muvofiqdir.Mazkur maqolada yurtimizdagi ajri…»

Образец извлечения

Демо-превью

Oila qurishni asosi nikoh hisoblanadi. Oila jamiyatning asosiy hujayrasi va ijtimoiy tayanchidir. Shunday ekan jamiyatdagi nikohdan ajralishlar sonini kamaytirish maqasadga muvofiqdir.Mazkur maqolada yurtimizdagi ajri… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
nikoh, FHDYO, nikoh yoshi, Oila, nikohdan ajratish
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники