Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSQICHMA-BOSQICH TA’LIM ASOSIDA TASVIRIY SAN’AT FANINI TAKOMILLASHTIRISH METODLARI (5-7-SINF MISOLIDA)
Hamidova Dildora Muxiddin qizi
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2021
Аннотация
Ushbu maqolada 5-7-sinflarda tasviriy san’at fanini o‘qitishda bosqichma- bosqich ta’lim prinsiplari asosida metodik yondashuvlar tahlil qilinadi. Ta’lim jarayonida o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, tasavvur va kuzatuvchanlikni shakllantirish, vizual savodxonlikni oshirishga qaratilgan innovatsion usullar taklif etiladi. Maqolada ilmiy adabiyotlar tahlili, amaliy tavsiyalar hamda darslarda qo‘llash mumkin bo‘lgan metodlar batafsil yoritiladi. Kalit so‘zlar: Tasviriy san’at, bosqichma-bosqich ta’lim, metodika, innovatsiya, 5-7-sinf, ijodiy qobiliyat, vizual savodxonlik, ta’lim jarayoni. Yurtimizda ta’lim sohasini isloh qilish, fanlarni o‘qitish metodikasini qayta ko‘rib chiqish, ijodiy va mustaqil fikrlovchi avlod tarbiyalash bugungi kunda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Ta’limning barcha bosqichlarida yangi, samarali pedagogik yondashuvlar joriy etish bugungi zamon talabi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev ta’lim borasida ta’kidlaganlar – “Biz yangi O‘zbekistonni barpo etar ekanmiz, yoshlarimizning ta’lim-tarbiyasi, dunyoqarashi, salohiyati bizning asosiy tayanchimizdir. Ularga zamonaviy bilim berish – eng muhim vazifamizdir”1. Bugungi kunda tasviriy san’at fani maktab ta’limi tizimida ko‘p jihatdan kam e’tibor etiladigan, yetarli darajada baholanmaydigan fanlardan biriga aylangan. 2021 yilda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan olib borilgan tahlillarga ko‘ra, ko‘pgina umumta’lim maktablarida tasviriy san’at darslari uchun maxsus xonalar, vizual qo‘llanmalar va malakali mutaxassislar yetishmaydi. Bu holat o‘quvchida tasavvur, obrazli tafakkur va estetik didni shakllantirish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga, 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”da ta’limning mazmun-mohiyatini takomillashtirish, yangicha metodika va axborot texnologiyalarini joriy etish, bolalarda ijodiy salohiyatni kuchaytirish ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Mazkur strategiyada ta’kidlanganki – “Ta’lim jarayonida har bir bolaning qobiliyatini erta aniqlash va rivojlantirish, ijodkorlikka yo‘naltirish – yangi O‘zbekistondagi ta’limning asosiy maqsadidir”2. 5-7-sinflar – bu o‘quvchi shaxsiyatining shakllanishida eng muhim davr bo‘lib, bu bosqichda ularning dunyoqarashi, tahlil qilish qobiliyati va hissiy idroki kuchli rivojlanadi. Shu tufayli, aynan bosqichma-bosqich metodikani qo‘llash – har bir sinfda o‘z maqsad va vazifalarini aniq belgilab borish, o‘quv jarayonini tizimli tashkil etish talab qilinadi. O‘zbekistonda yaratilayotgan yangi avlod darsliklari va multimediaviy qo‘llanmalarni faol tatbiq qilish orqali tasviriy san’at fanini faol, interaktiv va ijodiy asosda o‘qitish imkoni 1 Prezidentning 2021 yil 23 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi 2 “Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”, 1-yo’nalish, 2022 yil) 76 paydo bo‘lmoqda. Lekin, bu jarayonda metodik yondashuv yetishmasligi, o‘qituvchilarning malakasini oshirish zarurligi, vizual ta’lim vositalarining kamligi kabi muammolar mavjud. Shu jihatdan qaralganda, 5-7-sinflarda tasviriy san’at fanini bosqichma-bosqich ta’lim asosida takomillashtirish – nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan ham dolzarb masala hisoblanadi. Mazkur tadqiqotning ilmiy ahamiyati, eng avvalo, tasviriy san’atni o‘qitishda bosqichma-bosqich ta’lim prinsipini nazariy va metodik jihatdan asoslab berishda namoyon bo‘ladi. Ma’lumki, har bir ta’lim fani, ayniqsa ijodiy fanlar, bolaning yosh va psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda shakllantirilgan aniq strategiya va yondashuvlarga muhtoj. Ushbu tadqiqot ana shunday modelni – ya’ni 5-7-sinflarda fanni sinchkov, bosqichma-bosqich va maqsadli tarzda o‘qitish metodlarini ilmiy jihatdan tavsiya etadi. Ushbu izlanishda taklif etilayotgan modelimiz qo‘yidagicha: – o‘quvchida estetik idrok, obrazli tafakkur, vizual tahlil, ijodiy yechim topish qobiliyatini shakllantiradi; – har bir sinf uchun maqsad, vazifa, mazmun va usullarni aniq belgilaydi, bu esa o‘quv jarayonining tizimliligini ta’minlaydi; – ilmiy-uslubiy asoslarni milliy an’analar, zamonaviy ta’lim texnologiyalari va psixologiya bilan uyg‘unlashtirgan holda taqdim etadi. Tadqiqotning amaliy ahamiyati esa uning quyidagi jihatlarda ko‘rinadi: – O‘qituvchilar uchun metodik yo‘riqnoma sifatida xizmat qilishi. Ushbu tadqiqot natijalari asosida maktab o‘qituvchilari har bir sinfda qanday mavzularni qanday usulda o‘rgatishni aniqlashlari, vizual va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishda samaradorlikka erishishlari mumkin; – Darslik va qo‘llanmalarni yangilashda asos bo‘lishi. Hozirgi kunda amaldagi tasviriy san’at darsliklari ko‘p hollarda umumiy mazmuniga ega bo‘lib, yoshga xos yondashuv, bosqichma-bosqichlik va ijodiy faoliyatga keng imkoniyat bermaydi. Bu tadqiqot asosida yangi avlod darsliklarini shakllantirishda nazariy va amaliy yo‘nalishlar aniq belgilanishi mumkin; – Mustaqil ta’lim va STEAM yondoshuviga moslashuvi. T
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada 5-7-sinflarda tasviriy san’at fanini o‘qitishda bosqichma- bosqich ta’lim prinsiplari asosida metodik yondashuvlar tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada 5-7-sinflarda tasviriy san’at fanini o‘qitishda bosqichma- bosqich ta’lim prinsiplari asosida metodik yondashuvlar tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ijodiy qobiliyat, bosqichma-bosqich ta’lim, metodika, innovatsiya, vizual savodxonlik, ta’lim jarayoni., Tasviriy san’at, 5-7-sinf
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014