Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
INSON HUQUQLARI, FAVQULODDA HOLATLAR TUSHUNCHASI VA TURLARI
Bobonazarov Muhammadjon Muzaffar o’g’li · Bobonazarov Muhammadjon Muzaffar’s son
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2023
Аннотация
This thesis provides a comprehensive overview of the concept of human rights, the concept and types of emergencies. Definitions of the concepts of human rights and emergencies are provided. Keywords: state of emergency, human rights, restriction, legality. ПРАВА ЧЕЛОВЕКА, ПОНЯТИЕ И ВИДЫ ЧРЕЗВЫЧАЙНЫХ СИТУАЦИЙ Аннотация: В данной диссертации подробно рассматривается понятие прав человека, понятие и виды чрезвычайного положения. Даны определения понятий прав человека и чрезвычайного положения. Ключевые слова: чрезвычайное положение, права человека, ограничение, законность. Inson huquqlari bu – eng oily qadriyat hisoblandi. Hozirgi zamonaviy dunyoda demokratik mamlakatlarning reytenglari aynan inson huquqlariga qanchalik rioya qilinayotganligi va ular qanchalik himoya qilinayotganligi bilan baholandi. Inson huquqlariga rioya qilish va uni ta’minlash demokaratik mamlakatlarning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Endi “inson huquqlari” ga to‘xtalib o‘tamiz. Hozirgi davrda O‘zbekiston Respublikasida inson huquqlari va erkinliklariga alohida e’tibor berilmoqda. Buni 2023-yil 1- may kuni O‘zbekistonning yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi qabul qilinganligi bilan yaqqol ko’rishimiz mumkin. Konstitutsiyamizning muqaddimasidayoq O‘zbekiston xalqi inson huquqlariga sodiqligini e’lon qiladi1, deb ta’kidlangan. Bundan tashqari, uning 54-moddasida davlat insonning huquq va erkinliklarini ta’minlashi uning oily maqsadi ekanligi ko‘rsatilgan va davlat inson hamda fuqaroning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinlilarini ta’minlashi nazarda tutilgan2. Inson huquqlari tushunchasiga bir qancha olimlar tomonidan turlicha sharhlar berilgan bo’lib, ular quyidagilardan iborat. A.R.Mo‘minov va M.A.Tillaboyev inson huquqlari deganda, davlat yoki mansabdor shaxslar tomonidan muayyan shaxsning yoki shaxslarning qonuniy 1 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent: “O‘zbekiston” nashriyoti, 2023. 3-bet. 2 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent: “O‘zbekiston” nashriyoti, 2023. 33-bet. 103 huquq va erkinliklariga rioya etilishi va buni ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan davlat va individ o‘rtasidagi o‘zaro huquqiy munosabatlar tushuniladi deya ta’kidlagan3. Shuningdek, G.Yuldashova, N.Gafurova inson huquqlari tushunchasiga quyidagicha ta’rif beradi. Inson huquqlari – insonlarning millati, irqi, tili, dini, jinsi va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar tengligiga asoslangan huquq va erkinlillar majmui. Inson huquqlari yashash, erkinlik va shaxsiy daxlsizlik, fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi kabi huquqlarni o‘z ichiga qamrab oladi4. Bu fikrlarni umumiy qilib inson huquqlariga quyidagicha ta’rif berdim, inson huquqlari – milliy va xalqaro huquq me’yorlarida ko‘zda tutilgan, insonlarga tegishli bo‘lgan qonuniy harakatlar va imkoniyatlardir. Bundan kelib chiqadiki insonlarning huquq va erkinliklari, shuningdek burchlari xalqaro hujjatlarda yoki mamlakatlarning konstitutsiyalarida o‘z aksini topadi. Insonlarning huquq va erkinliklari bitta huquq sohasining emas, balki barcha huquq sohalarining normalari bilan tartibga solinadi. Bu jarayonda konstitutsiya asosiy rol o‘ynaydi. Hozirgi rivojlangan dunyoda inson huquqlari va erkinliklarini buzmasdan ularga rioya qilinishini ta’minlash davlatlarning ustuvor masalalaridan biri bo‘lsa, endi yana bir muammo paydo bo‘lmoqda bu - favqulodda holatlar davrida inson huquqlari va erkinliklariga rioya qilish. Endi esa, avvalo favqulodda holatlar tushunchasiga ta’rif berib o‘tishimiz kerak. Ushbu tushunchaga I.Nigmatov va M.Tojiyev shunday ta’rif berishgan: “Favqulodda vaziyat – ma’lum hududda yuz bergan falokat, halokat va boshqa turdagi ofatlar natijasida, tevarak – atrofdagi tabiiy muhitga sezilarli moddiy zarar yetkazuvchi, odamlarning turmush sharoitini buzilishiga olib keladigan holatdir”5. Shuningdek ushbu tushunchaga Rossiyalik olimlarning bergan ta’riflarini ham ko‘rib chiqsak, professor B.N.Porfirev quyidagicha ta’rif beradi: “Favqulodda vaziyat bu – tashqi tomondan kutilmagan, to‘satdan yuzaga keladigan vaziyat bo‘lib, noaniqlik, keskin ziddiyatlar, sezilarli ijtimoiy – ekologik zarar va buning natijasida tezkor choralar ko‘rish zaruruiyati, yirik evakuatsiya – qutqaruv ishlarini o‘tkazish uchun moddiy xarajatlarni va vaqtni tejash, hamda turli xil salbiy oqibatlarni (vayronagarchiliklar, yong‘inlar) bartaraf etish”6. Bundan tashqari yana boshqa rus olimlari Arxipova.N.I va Kulba.V.V favqulodda vaziyatga quyidagicha ta’rif berishgan: “Favqulodda holat – odamlar hayotiga xavf tug‘diradigan, ularning sharoitlarini buzadigan omillar va hodisalarning noqulay birikmasi, ishlab chiqarish, xo‘jalik, maishiy va boshqa faoliyat turlariga to‘sqinlik qiluvchi normal bo‘lmagan hayot faoliyati”7. Demak ushbu olimlarning “favqulodda holat” tushunchasiga bergan ta’riflaridan shularni xulosa qilishimiz mumkinki: “Favqulodda holat – kutilmagan vaziyatda yuz beradigan, insonlar uchun turli xil qiyinchiliklar keltirib chiqaradigan, insonlarning hayotiga xavf soladig
Доказательный фрагмент
«This thesis provides a comprehensive overview of the concept of human rights, the concept and types of emergencies.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis thesis provides a comprehensive overview of the concept of human rights, the concept and types of emergencies. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- state of emergency, human rights, restriction, legality, inson huquqlari, cheklov, favqulodda holat, qonuniylik.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024