Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
PIRLS DASTURINING O‘QUVCHILARNING O‘QISH SAVODXONLIGINI OSHIRISH VA KREATIV FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISHDAGI ROLI
Yusupbayeva Lobar Alisherovna
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada PIRLS xalqaro baholash dasturining O‘zbekistondagi ta'lim tizimidagi ahamiyati, shu jumladan boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini o‘lchash va rivojlantirishdagi roli tahlil qilinadi. Maqolada, PIRLS dasturi orqali o‘quvchilarning matnni tushunish, tahlil qilish va baholash ko‘nikmalarini baholash imkoniyatlari va bu jarayonda o‘qish qobiliyatining yaxshilanishi masalalari muhokama qilinadi. Kalit so‘zlar: PIRLS, xalqaro baholash, o‘qish savodxonligi, kreativ fikrlash, boshlang‘ich ta’lim, matnni tushunish, kitobxonlik madaniyati, ongli o‘qish, ijodiy tafakkur. Yurtimizda yoshlarni intellektual qobiliyatlarini shakllantirish, ularni ijodiy va kreativ fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Yoshlarni jahon andozalariga mos holda tarbiyalash pedagoglar oldidagi muhim vazifalaridan biridir. Ta’lim tizimini isloh qilish, dars jarayonlariga yangi metodlar va texnologiyalarni targ’ib etilishi natijasida dars sifatini oshirishga erishish mumkin. Bugungi kundagi muammoli masalalardan yana biri o’quvchi yoshlarni XXI asr talablariga javob beradigan aqliy yetuk, dunyoqarashi keng kabi sifatlarni ularda aks ettirishdan iborat. Shunday ekan, ta’lim tizimiga zamonaviy texnologiyalarni, yangi didaktik vositalarni qo’llash, yoshlarni yaratuvchanlik qobiliyatlarinioshirish va boshqalar nazarda tutiladi. Vatan kelajagi va istiqboli yo’lida ko’plab buyuk ishlarni amalga oshirish yoshlarimiz oldida turgan ulkan vazifalardandir. Yoshlarni vatanga muhabbat ruhida, tarixga sadoqat kabi tuyg’ularni singdirish, ajdodlarimizdan bizlargacha meros bo’lib kelayotgan ilmiy –madaniy meroslarni asrab –avaylash kabilar muhim hisoblanadi. Yoshlarni ma’naviy salohiyatini oshirish, ta’lim –tarbiya berishda ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanish muhim jarayon hisoblanadi. Xalqaro baholash dasturlaridan biri hisoblangan PIRLS baholash dasturi doirasida boshlang’ich sinf o’quvchilarining salohiyati va egallagan bilim, ko’nikmalari baholanadi. PIRLS — bu turli mamlakatlarda boshlangʻich sinfda tahsil oluvchi oʻquvchi yoshlarning matnni oʻqish va tushunish darajalari sifatini baholab beruvchi xalqaro baholash tizimidir. U o’qish ta’limini takomillashtirish uchun dalillarga asoslangan qarorlar qabul qilish imkoniyatini beradi. PIRLS xalqaro dasturi talablaridan kelib chiqib tayyorlangan topshiriqlardan foydalanilganda, o’quvchilarning qiziqishi, kreativligi, sezilarli darajada faollashdi. Tayyorlov jarayonida qo’llanadigan matn va hikoyalar o’quvchiga ta’limiy va tarbiyaviy jihatdan ta’sir etib, ilmiy tafakkurini shakllantirishga qaratilgan bo’lishi lozim. Yosh doirasida esa, ularning prixologik, fiziologik tomonlari ahamiyatga ega. PIRLS topshiriqlari har tomonlama o’quvchini qo’llab-quvvatlab, ta’lim talablariga mos kadrni yetishishiga amaliy yordam bera oladi. PIRLS topshiriqlari o’quvchilarni badiiy va axborot matnlarini o’qib, uni qaydarajadatahlil qila olishlarini aniqlab beradi. O’qish savodxonligi - yozma tarzda bayon etilgan namunalarni idrok etish va tahlil qilish qobiliyati tushuniladi. PIRLS topshiriqlari boshlang’ich sinf 4-sinf o’quvchilari uchun mo’ljallangan xalqaro baholash dasturi demakdir. 123 Ushbu tadqiqotda asosan o’quvchilarning maktabdan va darsdan tashqari vaqtidagi ikki turdagi o’qish savodxonligi bo’yicha o’quvchilar bilimi baholanadi. 1. O’quvchilarni badiiy o’qish savodxonligini aniqlash va shakllantirish. 2. Turli yangi informatsiyalar bilan boyitilgan axborotni o’zlashtirishi va ulardan foydalanish ko’nikmasini rivojlantirish. Badiiy o’qish savodxonligini aniqlashda, o’quvchilarga badiiy obrazli ifodalar bilan berilgan matn taqdim etiladi. O’quvchilar matnni o’qib, matnga tegishli bo’lgan birnechta savollarga javob berishadi. Axborot matnida esa yangi ma’lumotlar bilan boyitilgan matn o’quvchilarga taqdim etiladi. Matnda turli yangi informatsiyalar ham keltiriladi. O’quvchilar ushbu matn bilan yaqindan tanishadilar va keltirilgan savollarga matn bo’yicha javob izlaydilar. PIRLS topshiriqlari boshlang’ich sinf o’quvchilarini o’qish savodxonligini oshirish bilan bir qatorda, ularning kreativ fikrlash qobiliyatini,ijodiy tafakkurini o’stirishga ham bevosita yordam beradi. Matnni o’qib, uni eslab qolish ko’nikmasini shakllantiradi. O’quvchilarning dunyoqarashini va fikrlash doirasini kengaytirishda muhim omil vazifasini o’taydi. PIRLS doirasida foydalaniladigan matnlar quyidagi mezonlar asosida tanlanadi: Matn uzunligi (standart: 1000 so‘zgacha); Mavzuning mosligi; Tiling soddaligi va tushunarliligi; Voqea-hodisalar ketma-ketligi; Yosh xususiyatlariga mosligi. Xulosa qilib aytganda, PIRLS xalqaro baholash dasturining ta’lim tizimimizdagi joriy etilishi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini va tafakkur darajasini xalqaro mezonlar asosida baholash imkonini beradi. Bu esa ta’lim sifati, o‘quv dasturlarining mukammalligi va pedagoglarning metodik tayyorgarligini takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega. Sh
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada PIRLS xalqaro baholash dasturining O‘zbekistondagi ta'lim tizimidagi ahamiyati, shu jumladan boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini o‘lchash va rivojlantirishdagi roli tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada PIRLS xalqaro baholash dasturining O‘zbekistondagi ta'lim tizimidagi ahamiyati, shu jumladan boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini o‘lchash va rivojlantirishdagi roli tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- kreativ fikrlash, PIRLS, o‘qish savodxonligi, ijodiy tafakkur., ongli o‘qish, kitobxonlik madaniyati, xalqaro baholash, boshlang‘ich ta’lim, matnni tushunish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025