К содержанию
РецензированоUZ2025

MATPLOTLIB KUTUBXONASI. IKKI O’LCHOVLI GRAFIKLAR CHIZISH

Israil Tojimamatov Nurmamatovich · Sarvinoz Mamatova Mahmudjon qizi

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada Python dasturlash tilidagi Matplotlib kutubxonasining ikki o‘lchovli graflar chizishdagi imkoniyatlari yoritilgan. Grafik vizualizatsiya zamonaviy ma’lumotlar tahlilida muhim vosita hisoblanadi. Tadqiqotda Matplotlib kutubxonasining nazariy asoslari, funksional imkoniyatlari va uning amaliy ahamiyati ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: Python, Matplotlib, vizualizatsiya, ikki o‘lchovli grafik, grafik interfeys. Ma’lumotlar tahlili zamonaviy ilmiy va amaliy faoliyatda muhim o‘rin egallaydi. Tahlil natijalarini tushunarli va samarali shaklda ifodalash uchun vizualizatsiya vositalaridan foydalanish zarur. Grafiklar, diagrammalar va boshqa grafik shakllar yordamida ma’lumotlarning strukturasi, dinamikasi va bog‘liqliklarini aniqlash osonlashadi. Python dasturlash tilida grafik vizualizatsiya uchun keng tarqalgan vositalardan biri bu — Matplotlib kutubxonasidir. Ushbu kutubxona ayniqsa ikki o‘lchovli (2D) grafiklar chizishda keng qo‘llaniladi va soddaligi bilan ajralib turadi. Matplotlib — bu Python dasturlash tilida yozilgan ochiq manbali kutubxona bo‘lib, foydalanuvchiga turli grafik turlarini yaratish imkonini beradi. Kutubxona tarkibida “pyplot” deb nomlangan modul mavjud bo‘lib, u orqali grafiklar ketma- Выпуск журнала №-27 Часть–2_Июнь –2025 242 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT ketlikda chiziladi. Ushbu modul, MATLAB dasturining grafik interfeysiga o‘xshash tarzda ishlaydi. Matplotlib orqali quyidagi asosiy grafik turlari chizilishi mumkin: Chiziqli grafiklar (Line plots); Nuqtali grafiklar (Scatter plots); Shtabik diagrammalar (Bar plots); Histogrammalar; Sektoral diagrammalar (Pie charts) va boshqalar.Ushbu grafiklar o‘zgaruvchilar o‘rtasidagi munosabatni vizual tarzda ifodalash, ma’lumotlarning tarqalishini baholash va muayyan tendensiyalarni aniqlash uchun qo‘llaniladi. Ikki o‘lchovli grafiklar — bu ikki o‘zgaruvchiga asoslangan, koordinata tekisligida chiziladigan grafik shakllardir. Ular odatda X va Y o‘qlari orqali ifodalanadi. Bunday grafiklar ma’lumotlar orasidagi bog‘liqlikni tahlil qilishda samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi. Matplotlib kutubxonasi ikki o‘lchovli grafiklar uchun quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi: a) Grafik shaklini tanlash: foydalanuvchi grafik chiziqli, nuqtali yoki ustunli shaklda bo‘lishini belgilashi mumkin. b) Grafik elementlarini sozlash: chiziq rangi, uslubi, marker turlari, shuningdek sarlavha va o‘qlar nomlarini kiritish imkoniyati mavjud. c) Tarmoq va sharh: grafikda tarmoq (grid) chizish va sharhlar (legend) qo‘shish orqali vizual aniqlik oshiriladi. d) Grafiklarni saqlash: tayyor grafiklarni grafik fayl shaklida saqlash imkoni mavjud. Ushbu imkoniyatlar Matplotlib kutubxonasini nafaqat oddiy vizualizatsiya, balki chuqur ilmiy tahlillar uchun ham qulay vositaga aylantiradi. Matplotlib kutubxonasi turli sohalarda, jumladan: ilmiy tadqiqotlarda (eksperiment natijalarini ko‘rsatish), iqtisodiy tahlillarda (statistik dinamikalarni ko‘rsatish), sun’iy intellekt modellarida (model natijalarini baholash), Выпуск журнала №-27 Часть–2_Июнь –2025 243 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT ta’lim tizimida (vizual dars materiallari yaratish) keng qo‘llaniladi. Shuningdek, bu kutubxona boshqa Python kutubxonalari (masalan, NumPy, Pandas, SciPy) bilan integratsiyada ishlash imkonini ham beradi. Bu esa murakkab ilmiy hisob-kitoblar natijalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri vizual ko‘rinishda taqdim etish imkonini yaratadi. NATIJA:O‘tkazilgan tahlillar va amaliy misollar asosida Matplotlib kutubxonasi ikki o‘lchovli grafiklar yaratishda yuqori darajadagi funksional imkoniyatlarni taqdim etishi isbotlandi. Quyidagi asosiy natijalarga erishildi: Matplotlib kutubxonasi orqali chiziqli, nuqtali, ustunli, histogramma, 1. sektoral kabi turli xil grafiklarni sodda va tushunarli tarzda yaratish imkoniyati mavjudligi amaliy misollar bilan tasdiqlandi. Grafiklar ustida individual sozlamalar — masalan, chiziq rangi, marker 2. shakllari, chiziq uslublari, o‘qlar nomlari va grafik sarlavhalarini belgilash orqali vizualizatsiya sifatini oshirish mumkinligi aniqlandi. Tarmoq (grid) va sharhlar (legend) kabi vositalar yordamida grafiklar 3. ustida tahlil jarayonini yanada aniqlashtirish imkoniyati mavjud. Matplotlib kutubxonasining boshqa kutubxonalar bilan integratsiya 4. qobiliyati (xususan, NumPy, Pandas bilan) uni katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish va vizual taqdim etishda muhim vositaga aylantiradi. Tadqiqot davomida Matplotlib kutubxonasi nafaqat dasturchilar, balki ilmiy tadqiqotchilar, iqtisodchilar, pedagoglar va ma’lumotlar tahlilchilari uchun ham foydali ekanligi ko‘rsatildi. Bu esa uni turli sohalarda keng qo‘llash imkonini beradi. Xulosa Matplotlib kutubxonasi Python dasturlash tilida ikki o‘lchovli graflar yaratish uchun eng qulay va keng imkoniyatli vositalardan biri hisoblanadi. Ushbu kutubxona foydalanuvchilarga ma’lumotlarni aniq va tushunarli grafik ko‘rinishda taqdim etish, turli grafik turlarini yaratish, ularni moslashtirish va natijalarni saqlash

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Python dasturlash tilidagi Matplotlib kutubxonasining ikki o‘lchovli graflar chizishdagi imkoniyatlari yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Python dasturlash tilidagi Matplotlib kutubxonasining ikki o‘lchovli graflar chizishdagi imkoniyatlari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Python, ikki o‘lchovli grafik, Matplotlib, vizualizatsiya, grafik interfeys.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники