Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“BOBURNOMA” SYUJETIDA EKSPOZITSIYA
“BOBURNOMA” SYUJETIDA EKSPOZITSIYA · Qozaqova Sayyora Sobitxon qizi
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026
Аннотация
В данной статье рассматривается экспозиция и ее сущность, место в художественной литературе, место экспозиции в сюжете произведения “Бабурнома”. Роль и сущность экспозиции в работе были подвергнуты анализу на основе структурного метода. В ходе анализа работы была определена структура JT+St+vs+VB, в которой JT - образ места, St - образ человека, vs - причина события, VB - повествование события. Ключевые слова: сюжет, экспозиция, время и пространство, персонажи, внешнее и внутреннее строение, “Бобурнома”, портрет. Annotation: this article will talk about the exposition and its essence, its place in fiction, the place of exposition in the plot of the work “Boburnoma”. The role and essence of the exposition in the work is drawn into the analysis based on the structural method. During the analysis of the work, the structure of Jt+Sht+Vs+Vb was determined, in which the JT - location image, the Sht - person Image, The Vs - cause of the event, the VB - event statement. Keywords: plot, exposition, time and space, characters, external and internal structure,” Whirlpool", portrait. Ekspozitsiya badiiy adabiyotda qoʻllaniladigan unsur bo’lib, badiiy asar syujetining tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Unda voqealar roʻy beradigan zamon va makon, personajlar toʻgʻrisidagi muallif maʼlumotlari tasvirlanadi. Bunday maʼlumotlar, odatda, badiiy asar syujetining kirish qismida voqelik tuguni, rivoji, asosiy toʻqnashuvlar hamda kulminatsion nuqtadan avval beriladi. Ekspozitsiyada oʻquvchi asarda ishtirok etuvchi qahramonlar, ular harakat qiladigan joy, toʻqnashuvchi shaxslar va hodisalar toʻgʻrisida dastlabki maʼlumotlarni oladi. Garchi ekspozitsiya badiiy asarda bosh konfliktni rivojlantirib, keyingi voqealarga turtki berishga jiddiy koʻmaklashmasa-da, koʻpincha, asosiy voqea rivojining yoʻnalishi hamda xarakterini oldindan aniqlashga xizmat qiladi. Izzat Sulton asar qahramoni va uning endi hikoya qilinishi lozim bo’lgan sarguzashtining qaysi sharoitda boshlanayotgani haqida o’quvchiga ilk ma’lumot beruvchi parchani ekspozitsiya deb ta’riflaydi [1]. Ekspozitsiyaning muhim sharti qisqalik va mazmundorlilikdir. Ekspozitsiyaning hamma qirralari asarning boshida to’la tasvirlanishi shart emas bo’lib, ekspozitsiyaga oid bir qancha ikkinchi darajali tafsilotlar bayoni keyinroqqa qoldirililishi mumkin. Shuningdek, umumiy 136 ekspozitsiyadan tashqari asardagi yirik obrazlarning ham o’ziga xos mustaqil ekspozitsiyasi bo’lishi mumkin. Ekspozitsiya syujetning ilk va sokin holati hisoblanadi, lekin unda bo’lajak konflikt va syujet rivojining “urug’lari” yashirin turda yashaydi. Har bir asarda bo’lgani kabi Boburning “Boburnoma” asari ham o’ziga xos jihatlarga ega asar hisoblanadi. Ushbu asarni o’zining soddaligi, real hayotni boricha aniq tasvirlagani uchun ham qadrlashadi. Bobur tasvirlagan tabiat manzarasi, tarixiy shaxslarga bo’lgan xolisona munosabat, tabiat hodisalarini boricha, yuksak idrok, ilmiy xulosalar bilan aks ettirish, hayotda sodir bo’ladigan voqealarning kata-kichikligi, davlat ahamiyatiga molikligi-yu, kundalik sodir bo’ladigan oddiy hodisalar bo’lmasin, rost, o’quvchi ishinchini qozonadigan darajada mahorat bilan tasvirlaydi. Biz tahlilga tortayotgan “Boburnoma” asari o’ziga xos tashqi va ichki strukturaga ega asar hisoblanadi. Asar tashqi struktura jihatidan 3 katta qismga bo’linadi, shuningdek, ma’lum yillar oralig’idagi voqealarni bayon qiladigan boblarga ajratiladi. Oradagi uzilishlar va yo’qolgan sahifalarga hisobga olmaganda asarda 22 ta bob mavjud bo’lib, har bir bobda voqelar xronikal tarzda tasvirlanadi. Eng birinchi bob “Sakkiz yuz to’qson to’qqizinchi (1494) yil voqelari” deb nomlanib, bu bob asarni boshlab beruvchi kirish qism hisoblanadi[2]. Asarning ushbu qismida ekspozitsiyaning eng yorqin namunasiga guvoh bo’lamiz. “Boburnoma” syujetida ekspozitsiyaning o’rni beqiyosdir. Asar boshlanmasida voqealar sodir bo’ladigan joylar va asar qahramonlariga batafsil ta’rif beriladi. “Sakkiz yuz to’qson to’qqizinchi (1494) yil voqealari” deb nomlangan boshlanmada Farg’ona viloyati hamda uning qasabalarining o’ziga xos tasviri beriladi[2]. Biz ushbu tasvirlarni quyidagi jadvalda aks ettirdik: 1-jadval Farg’ona – 5-iqlimdan, muxtasar viloyat, oshlig’ va mevasi farovon, atrofi tog’, Samarqand va Xo’jand tarafida tog’ yo’q. Qishda agar shu tarafdan yov bostirib kelmasa, boshqa tarafdan bostirib kelmaydi. Tobulg’u yig’ochi Farg’ona tog’laridan boshqa joyda bo’lmaydi. Shuningdek, yabruh us-sanam – mehrigiyo ham o’sadi. Feruza va temir koni bor. Farg’ona viloyatining hosili orqali adl bilan 3-4 ming kishi saqlasa bo’ladi. Qasabalari – shaharlari: i Joylashuvi Mevasi O’ziga xos Joy nomi bilan Tabiat Mashhur m tomoni bog’liq hikoya, dunyosi kishilari o n rasm, rusum, y o ta’rif J Farg’ona Qovun va Oshlig’i vofir, Qovun mahali Ov qushi Xoja Yusuf viloyatining uzumi mevasi poliz poshida ko’p, Andijoniy - n poytaxti, yaxshi farovon. qovun sotish ram qirg’ovuli musiqada o janubiy qasaba To’qqiz tarnov emas. behad mashhur j i d
Доказательный фрагмент
«В данной статье рассматривается экспозиция и ее сущность, место в художественной литературе, место экспозиции в сюжете произведения “Бабурнома”.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье рассматривается экспозиция и ее сущность, место в художественной литературе, место экспозиции в сюжете произведения “Бабурнома”. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- plot, exposition, time and space, characters, external and internal structure, “Boburnoma”, tashqi va ichki struktura, syujet, ekspozitsiya, portret., zamon va makon, personajlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025