К содержанию
РецензированоUZ2025

O‘ZBEKISTONDA SANOATNI HUDUDIY DIVERSIFIKATSIYALASH: “MANYOK” MODELI VA DIGITAL TWIN IMKONIYATLARI

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI · Niyazov Muzaffar Abdusattarovich

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 64 · 2025

Аннотация

Tezisda O‘zbekiston sanoatining hududiy ixtisoslashuvi chuqur tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi — lokatsion koeffitsient (LQ) va Herfindahl-Hirschman indekslari yordamida respublika viloyatlaridagi ustun ixtisoslashgan, diversifikatsiyalashgan va past potensialga ega tarmoqlarni aniqlash hamda sanoat klasterlari o‘rtasida integratsion hamkorlik mexanizmlarini ishlab chiqishdir. Kalit so‘zlar: sanoat ixtisoslashuvi, hududiy klaster, Location Quotient, diversifikatsiya, Uzbekistan, regional industrial development. O‘zbekiston korxonalari 2025 yil yanvar–may oylarida 375 trln so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqardi; real o‘sish indeksi 106,4 %ni tashkil etdi Biroq ishlab chiqarishning hududiy taqsimoti bir xilda emas: Navoi, Toshkent shahri va Toshkent viloyatining ulushi 56 %ni, ayrim janubiy va g‘arbiy hududlar ulushi esa 5 %dan kamini tashkil etadi[1]. Bu tafovut sanoat ixtisoslashuvi va hududiy raqobatbardoshlik masalasini dolzarb qiladi. O‘zbekiston sanoatining mintaqaviy tarkibi oxirgi yillarda keskin o‘zgarishlarga uchramoqda. Ayni paytda mamlakatda hududlararo iqtisodiy tafovutlar, tarmoqlar bo‘yicha konsentratsiyaning yuqoriligi va ixtisoslashuv darajasining nomutanosibligi sanoat siyosatini hududiy rejalashtirish bilan uyg‘unlashtirish zaruratini keltirib chiqarmoqda. Prezident farmon va qarorlarida (PF-4853, PQ-3175, PF-5992 va b.) belgilangan erkin iqtisodiy zonalar, mahalliylashtirish siyosati, klasterlash va texnoparklar yaratish jarayonlari aynan ushbu muammoning yechimi sifatida taklif qilinmoqda[2]. Biroq bu chora-tadbirlarning amaliy natijasi hududlar kesimida qanchalik samarali bo‘layotgani hali yetarli ilmiy tahlilga ega emas. Erkin iqtisodiy zonalar (EIZ) faoliyatini kengaytirib, soliq-bojxona imtiyozlari yaratildi va bank tizimi islohotida klaster va EIZ rezidentlariga imtiyozli kredit liniyalari ajratilishini nazarda tutildi. Kudratov Z.G. EIZni regional ixtisoslashuvning asosiy mexanizmi sifatida nazariy model taklif qilgan[3]. Babadjanov J. & Petrick M. (2023) paxta-to‘qimachilik klasterlarining samaradorligini empirik o‘rgangan[4]. 2023–2025 yillar statistikasi asosida sanoat tarmoqlarining hududlar bo‘yicha LQ va HHI orqali baholash: Har bir viloyat qaysi tarmoqqa ixtisoslashgani yoki ixtisoslashmaganini aniqlash orqali hududlararo iqtisodiy tengsizlik, markazlashuv (metropolitan dominance) va “iqtisodiy turg‘unlik zonalari”ni aniqlash mumkin. LQ (Location Quotient): bu ko‘rsatkich ma’lum bir hududda tarmoqning mamlakat bo‘yicha nisbiy ulushini ifodalaydi. LQ > 1,2 → hudud mazkur tarmoqqa ixtisoslashgan; LQ ≈ 1 → o‘rtacha ko‘rsatkich; LQ 0,25 → yuqori konsentratsiya; HHI < 0,15 → diversifikatsiyalashgan tarmoq. Tarmoqlar va hududlar bo‘yicha matritsa tuzilib, sanoat siyosatining differensiallashtirilgan (yo‘naltirilgan) yondashuvi ishlab chiqiladi. 1-jadval Hududlarning LQ va HHI bahosi Hudud Dominant tarmoq LQ HHI Status Navoi ruda-oltin metallurgiya 3.5 0.32 Monoklaster Andijon to‘qimachilik, 2.8 0.28 ixtisoslashgan avtomobilsozlik Toshkent sh. mashinasozlik, 1.9 0.12 diversifikatsiya farmatsevtika Surxondaryo oziq-ovqat, qurilish 0.72 0.22 past potensial materiallari Jizzax qurilish-agro 0.67 0.25 past potensial Navoi viloyati (ruda-oltin metallurgiyasi) – LQ = 3,5, HHI = 0,32 → yuqori konsentratsiya Andijon (to‘qimachilik-avtomobilsozlik) – LQ = 2,8, HHI = 0,28 → ixtisoslashgan Toshkent sh. (mashinasozlik-farmatsevtika) – LQ = 1,9, HHI = 0,12 → diversifikatsiyalashgan Surxondaryo, Sirdaryo, Jizzax – LQ < 0,8 → past potensialli zonalar Sanoat hajmi o‘sishi miqyosi yirik hududlarda tabiiy ko‘rinishi mumkin. Ammo bu haqiqiy samaradorlikni (aholi boshiga nisbatan) ko‘rsatmaydi. Shu sababli per capita tahlil muhim. Har bir viloyat uchun jon boshiga sanoat mahsuloti (mln so‘m/aholi) hisoblanadi. Yillik o‘sish sur’atlari (2025/2024) aniqlanadi. K-means yoki PCA asosida hududlar 3 guruhga ajratiladi: Yuqori samara, yuqori o‘sish; Yuqori samara, past o‘sish; Past samara, o‘sish yuqori. Resursga nisbatan ortiqcha yuklangan yoki potensiali yetarlicha safarbar etilmagan hududlar aniqlanadi. Bu esa strategik resurs taqsimotini shakllantirishga xizmat qiladi. O‘zbekiston sanoatining hududiy ixtisoslashuvi 2023–2025 yillar tahliliga ko‘ra, chuqur asimmetriyaga ega ekani tasdiqlandi. Ayrim hududlarda (Navoi, Andijon, Toshkent shahri) yuqori konsentratsiyalashgan tarmoqlar mavjud bo‘lib, ular sanoat hajmining katta qismini ta’minlaydi. Biroq boshqa viloyatlarda (Surxondaryo, Jizzax, Sirdaryo) ixtisoslashuv darajasi past, mavjud resurslar to‘liq safarbar etilmagan. Bu esa mamlakat sanoat siyosatida muvozanatsizlik, samaradorlikning nisbiy pastligi va mintaqalararo iqtisodiy tafovutlar yuzaga kelishiga olib kelmoqda. Tahlil uchun qo‘llanilgan LQ va HHI ko‘rsatkichlari har bir hududning sanoatga ixtisoslashuv darajas

Доказательный фрагмент

«Tezisda O‘zbekiston sanoatining hududiy ixtisoslashuvi chuqur tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Tezisda O‘zbekiston sanoatining hududiy ixtisoslashuvi chuqur tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
sanoat klasteri, iqtisodiy diversifikatsiya., Manyok modeli, sanoat ixtisoslashuvi, hududiy tafovut, Digital Twin
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[2]ТехникаENРецензированоОткрытый доступ
RESEARCH RESULTS CLEANING GRAIN HARVEST COMBINE HARVESTER

ЖУРНАЛ ТЕХНИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙЭлмурод Сотволдиевич Умаров, Зиёдбек Шавкатович Халилов +12021

5