Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
AXBOROT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDA IDENTIFIKATSIYA VA AUTENTIFIKATSIYA TIZIMLARINING AHAMIYATI
AUTENTIFIKATSIYA TIZIMLARINING AHAMIYATI · Shukurov Orziqul Pardayevich
Современное образование и развитие · 39 · 2025
Аннотация
Bugungi kunda axborot xavfsizligini ta’minlash juda dolzarb muammolardan biriga aylanib bormoqda. Mazkur maqolada identifikatsiya va autentifikatsiya jarayonlaring axborot xavfsizligini ta’minlashdagi ahamiyati qaratilgan bo’lib, identifikatsiya va autentifikatsiya tizimlari turlari haqida ma’lumot keltirilgan. Kalit so‘zlar: identifikatsiya, autentifikatsiya, avtorizatsiya, kiberxavfsizlik, biometrika, bir faktorli va ko‘p faktorli autentifikatsiya . Axborot xavfsizligi tizimlarining asosiy elementlaridan biri bu identifikatsiya (foydalanuvchini tanish) va autentifikatsiya (uning haqiqatda kimligini tekshirish) jarayonlaridir. Ular foydalanuvchilarga tizimlarga kirish ruxsatini berish va resurslarga huquqli kirishni cheklash imkonini yaratadi. Ammo zamonaviy kiberjinoyatlar fonida bu jarayonlar tobora murakkablashib bormoqda. Bugungi kunda kiberjinoyatchilar an’anaviy login-parol tizimlaridan tortib, ikki omilli autentifikatsiyalarga, hatto biometrik autentifikatsiya tizimlariga qarshi ham murakkab hujumlar uyushtirmoqda. Kompyuter tizimida ro‘yxatga olingan har bir sub’ekt (foydalanuvchi yoki foydalanuvchi nomidan harakatlanuvchi jarayon) bilan uni bir ma’noda indentifikatsiyalovchi axborot bog‘liq. Bu ushbu sub’ektga nom beruvchi son yoki simvollar satri bo‘lishi mumkin. Bu axborot sub’ekt indentifikatori deb yuritiladi. Agar foydalanuvchi tarmoqda ro‘yxatga olingan indentifikatorga ega bo‘lsa u legal (qonuniy), aks holda legal bo‘lmagan (noqonuniy) foydalanuvchi hisoblanadi. Выпуск журнала №-27 Часть–2_Июнь –2025 365 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Kompyuter resurslaridan foydalanishdan avval foydalanuvchi kompyuter tizimining identifikatsiya va autentifikatsiya jarayonidan o‘tishi lozim. Identifikatsiya (Identification) - foydalanuvchini uning identifikatori (nomi) bo‘yicha aniqlash jarayoni. Bu foydalanuvchi tarmoqdan foydalanishga uringanida birinchi galda bajariladigan funktsiyadir. Foydalanuvchi tizimga uning so‘rovi bo‘yicha o‘zining identifikatorini bildiradi, tizim esa o‘zining ma’lumotlar bazasida uning borligini tekshiradi. Autentifikatsiya (Authentication) - ma’lum qilingan foydalanuvchi, jarayon yoki qurilmaning haqiqiy ekanligini tekshirish muolajasi. Bu tekshirish foydalanuvchi (jarayon yoki qurilma) haqiqatan aynan o‘zi ekanligiga ishonch xosil qilishiga imkon beradi. Autentifikatsiya o‘tqazishda tekshiruvchi taraf tekshiriluvchi tarafning xaqiqiy ekanligiga ishonch hosil qilishi bilan bir qatorda tekshiriluvchi taraf ham axborot almashinuv jarayonida faol qatnashadi. Odatda foydalanuvchi tizimga o‘z xususidagi noyob, boshqalarga ma’lum bo‘lmagan axborotni (masalan, parol yoki sertifikat) kiritishi orqali identifikatsiyani tasdiqlaydi. Identifikatsiya va autentifikatsiya sub’ektlarning (foydalanuvchilarning) haqiqiy ekanligini aniqlash va tekshirishning o‘zaro bog‘langan jarayonidir. Muayyan foydalanuvchi yoki jarayonning tizim resurslaridan foydalanishiga tizimning ruxsati aynan shularga bog‘liq. Sub’ektni identifikatsiyalash va autentifikatsiyalashdan so‘ng uni avtorizatsiyalash boshlanadi. Avtorizatsiya (Authorization) - subektga tizimda ma’lum vakolat va resurslarni berish muolajasi, ya’ni avtorizatsiya sub’ekt harakati doirasini va u foydalanadigan resurslarni belgilaydi. Agar tizim avtorizatsiyalangan shaxsni avtorizatsiyalanmagan shaxsdan ishonchli ajrata olmasa bu tizimda axborotning konfidentsialligi va yaxlitligi buzilishi mumkin. Autentifikatsiya va avtorizatsiya muolajalari bilan foydalanuvchi harakatini ma’murlash muolajasi uzviy bog‘langan. Autentifikatsiya qilish omillari tizim har kimga biron bir narsaga kirish huquqini berishdan oldin shaxsini tasdiqlash uchun foydalanadigan ko‘plab turli elementlarni aniqlaydi. Shaxsning identifikatori shaxs nimani bilishi mumkinligini aniqlaishi mumkin va xavfsizlik to‘g‘risida gap ketganda, tizimda kimgadir ruxsat Выпуск журнала №-27 Часть–2_Июнь –2025 366 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT berish uchun kamida ikkita yoki uchta autentifikatsiya qilish omillarini tekshirish kerak. Xavfsizlik darajasiga qarab, autentifikatsiya qilish omillari quyidagilarda bir biridan farq qilishi mumkin. Bir faktorli autentifikatsiya - bu autentifikatsiya jarayonining eng oddiy shakli bo‘lib, foydalanuvchiga veb-sayt yoki tarmoqda muayyan tizimga kirish huquqini berish uchun parolni talab qiladi. Shaxs identifikatorini tekshirish uchun faqat bitta ma’lumotlardan foydalanib tizimga kirishni amalga oshirishi mumkin. Masalan, foydalanuvchi nomiga tegishli parolnigina talab qilish orqali faqat bitta faktorli autentifikatsiya yordamida login ma’lumotlarini tekshirishi mumkin. Bir faktorli autentifikatsiya: Ushbu autentifikatsiya ikki bosqichli tekshirish jarayonini talab qiladi, bu nafaqat foydalanuvchi nomi va parolni, balki faqat foydalanuvchi biladigan ma’lumotni ham talab qiladi. Foydalanuvchi nomi va parolni maxfiy ma’lumotlar bilan birgalikda ishlatish xakerlarga muhim va shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlashni ancha qiyinlashtiradi. Ko‘p faktorli autentifik
Доказательный фрагмент
«Bugungi kunda axborot xavfsizligini ta’minlash juda dolzarb muammolardan biriga aylanib bormoqda.»
Образец извлечения
Демо-превьюBugungi kunda axborot xavfsizligini ta’minlash juda dolzarb muammolardan biriga aylanib bormoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- avtorizatsiya, identifikatsiya, biometrika, kiberxavfsizlik, bir faktorli va ko‘p faktorli autentifikatsiya, autentifikatsiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024