Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
INGLIZ VA O’ZBEK TILLARIDA SINONIMLARNING KORPUS LINGVISTIKASI TAHLILI
LINGVISTIKASI TAHLILI · Normamatova Shaxzoda
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada ingliz va o’zbek tillaridagi sinonim birliklarning til tizimidagi o’rni zamonaviy korpus lingvistikasi asosida taqqosiy ravishda tahlil qilinadi. Kalit so’zlar: sinonimik qator, dominanta, korpus lingvistikasi, semantik sinonim, kontekstual sinonim, stilistik sinonim Zamonaviy tilshunoslikda sinonimlarni o‘rganish masalasi leksik-semantik tizimning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Sinonimlar tilning boyligi va ifoda imkoniyatlarini kengaytirishda muhim rol o‘ynaydi. Ular uslubiy, kontekstual va funksional jihatdan tilshunoslar, tarjimonlar hamda til o‘rganuvchilar e’tiborini tortuvchi birliklardir. Shu bilan birga, sinonimlar bir xil yoki yaqin ma’noni anglatsa- da, ularning qo‘llanilishi nutq kontekstiga, madaniy muhitga va stilistik ehtiyojga bog‘liq bo‘lib, bu jihatlar har doim ham oddiy intuitiv yondashuv orqali tushuntirib berilmaydi. So‘zlaming turlari va ma’nolari ulami qiyoslash orqali oydinlashadi. So‘z ma’nolarining o'xshashligi sinonimiyani aniqlash uchun asosiy mezon hisoblanadi. Bir tushuncha, hodisa, narsa yoki belgini ifodalovchi, ma'nolari o‘xshash yoki yaqin bo’lgan, turli ma’no sifatlarini va ekspressiv-stilistik bo‘yoqlarni farqlash uchun xizmat qiluvchi so‘zlar sinonimlar deyiladi (grekcha synonima — “bir xil ma’nodagi nom”) [1]. Sinonimlar o‘rganuvchining leksik boyligini oshirish, uslubiy sezgirlikni shakllantirish va mazmunni kontekstga mos ravishda ifodalash ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Har bir til o‘ziga xos sinonimik qatorlarga ega bo‘lib, ular turli uslubiy Выпуск журнала №-27 Часть–3_Июнь –2025 191 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT yoki emotsional yuklama bilan bir xil yoki o‘xshash ma’nolarni bildiradi.Masalan, angry, mad, furious, annoyed – barchasi “g‘azablangan” degan ma’noni bildirsa- da, stilistik yuklamasi turlicha, ya’ni "furious" yanada kuchli va rasmiyroq kontekstda ishlatiladi. O’zbek tilidan misol keltiradigan bo’lsak, go‘zal, chiroyli, dilbar, latofatli – bu so‘zlarning barchasi “yaxshi ko‘rinishga ega” degan ma’noni bildiradi, lekin uslubiy qo‘llanish farqlanadi: "go‘zal ayol" – adabiy uslubda; "chiroyli qiz" – so‘zlashuv uslubida; "latofatli" – rasmiy, poetik uslubda keng qo’llaniladi. Ingliz tilida ham o’zbek tilida ham sinonimlarni chuqur o’rganish maqsadida tilshunoslar tomonidan o’rganishlar amalga oshirilgan. “O‘zbek tilidagi sinonimlarning izohli lug‘ati” filologlar, yozuvchilar, shoirlar hamda til o‘rgatuvchi mutaxassislar uchun qimmatli va ishonchli manba sifatida xizmat qiladi. Ushbu ilmiy- amaliy ish Azim Hojiyev tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, u o‘zbek tilining sinonimik boyligini chuqur tahlil asosida namoyon etadi. Muallif lug‘atda sinonimlarning nafaqat shakliy va leksik o‘xshashliklarini, balki ularning nozik semantik va uslubiy farqlarini ham asosli tarzda yoritib beradi. Bundan tashqari, ko’p ma’noli so’z bir emas, ikki va uuunndan ortiq sinonimik qatorda bo’lishi mumkinligiga misollar keltirib o’tgan[2]. Masalan, 1. bajarmoq, ado etmoq, bitirmoq, 2.tugatmoq, tugallamoq,tamomlamoq, bitirmoq, 3. tugatmoq, sob qilmoq, bitirmoq, yo’q qilmoq. Ingliz lingvistikasida esa “Lexical semantics” asarining o’rni beqiyos. Ushbu asar lug‘aviy semantika sohasida klassik hisoblanadi. Muallif David Alan Cruse sinonimlarning turlari (to‘liq, qisman va yaqin sinonimlar), ularning kontekstga bog‘liq ishlanilishi, stilistik farqlari va semantik maydonlarda tutgan o‘rnini batafsil tahlil qiladi[3]. Ushbu kitobda, masalan, "big" va "large" so‘zlari ko‘pincha bir-birining sinonimi deb qaralsa-da, ularning stilistik ohanglari, kollokatsiyalari va korpusdagi ishlanish chastotasi bo‘yicha farq qilishi aniq misollar bilan ko‘rsatib berilgan. Masalan, large number of people iborasi to’g’ri, ammo big number of people Выпуск журнала №-27 Часть–3_Июнь –2025 192 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT iborasi deyarli ishlatilmaydi. “Large” ko’proq miqdor, hajm haqida gap ketganda, rasmiy uslubda ishlatiladi. Shuning uchun statistik, rasmiy yoki ilmiy matnlarda a large number of X shakli keng tarqalgan. “Big” ko’proq emotsional, noformal, umumiy ma’nolarda ishlatiladi. Sinonimlar, asosan, ikki yo‘l bilan paydo bo‘ladi [3]. Birinchisi, har bir tilning o‘z ichki imkoniyatlari asosida, masalan, o‘zbek tilida qari, keksa, chiroyli-go'zal, katta-ulkan , ulug'-buyuk va boshqalar; ikkinchisi, boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlar hisobiga, masalan, bo'lim -otryad, dalil-fakt, reja-plan va hokazo. Sinonimlarning paydo bo‘lishi til lug‘at tarkibining boyib, yangilanib borishining garovidir. Ular yordamida fikr aniqroq va maqsadga muvofiqroq ifodalanishi mumkin. Ingliz tilida esa ichki rivojlanish natijasida shakllangan so’zlarga misol tariqasida begin-start, ask-inquire sinonimlarini keltirishimiz mumkin. Tashqi manbalardan o’zlashgan so’zlarga esa quyidagilarni keltirib o’tamiz: Freedom (Germanic) – Liberty (French via Latin) Ikkalasi ham “erkinlik” degan ma’noni bildiradi. “Freedom” – oddiy, keng ishlatiladigan. “Liberty” – ko‘proq siyosiy yoki rasmiy kontekstda. End (Ol
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada ingliz va o’zbek tillaridagi sinonim birliklarning til tizimidagi o’rni zamonaviy korpus lingvistikasi asosida taqqosiy ravishda tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada ingliz va o’zbek tillaridagi sinonim birliklarning til tizimidagi o’rni zamonaviy korpus lingvistikasi asosida taqqosiy ravishda tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- sinonimik qator, semantik sinonim, dominanta, kontekstual sinonim, stilistik sinonim, korpus lingvistikasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024