Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TOG’ JINSI MASSIVINI GIDROENERGIYA YORDAMIDA MUSTAHKAMLIGINI KAMAYTIRISH TEXNOLOGIYALARI TAHLILI
Ismatillayev Navro’zbek Abdujabbor o’g’li · Boboxolov Sarvar O’tkirjon o’g’li
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
mazkur maqolada tog‘ jinslarini gidravlik bosim ostida zaiflashtirish va maydalash texnologiyalarining zamonaviy turlari tahlil qilinadi. Gidroimpuls, gidrodarzlanish va suv bilan oldindan zaiflashtirish kabi usullarning fizik-mexanik prinsiplari, qo‘llash sohalari hamda ekologik va texnologik afzalliklari ko‘rsatib beriladi. Xususan, sirt faol moddalarning (SFM) suv bilan kombinatsiyasida jinslarning sirt energiyasi kamayib, mikrodarzlanish va zaiflashish jarayonlari jadallashishi tahlili qilindi. Laboratoriya va sanoat tajribalari natijalari asosida bu usullar portlovchi modda sarfini kamaytirish, chang va zararli gaz chiqishini pasaytirish, xavfsizlik va qazib olish samaradorligini oshirish uchun istiqbolli yechim ekani asoslanadi. Kalit so‘zlar: gidravlik bosim, tog‘ jinslari, sirt faol moddalar, portlatish samaradorligi, mikrostrukturaviy darzlanish, chang chiqishi. Annotation: This article analyzes modern technologies for weakening and crushing rock masses under hydraulic pressure. The physical and mechanical principles, areas of application, as well as the ecological and technological advantages of methods such as hydro-impulse, hydraulic fracturing, and pre- weakening with water are presented. In particular, the combination of surfactants (SFM) with water reduces the surface energy of rocks and intensifies the processes of microcracking and weakening. Based on laboratory and industrial experiments, it is substantiated that these methods offer a promising solution to reduce explosive Выпуск журнала №-27 Часть–3_Июнь –2025 264 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT consumption, decrease dust and harmful gas emissions, and enhance safety and extraction efficiency in mining operations. Keywords: hydraulic pressure, rock masses, surfactants, blasting efficiency, microstructural fracturing, dust emission Yer osti konchilik ishlarida tog‘ jinslarining fizik-mexanik mustahkamligi — kon maydonlarini o‘zlashtirish, qazish, burg‘ilash va portlatish jarayonlarining eng muhim cheklovchi omillaridan biridir. Ayniqsa, mustahkam tog‘ jinslarida bu jarayonlar ko‘p energiya talab etadi, yuqori kuchlanishli uskunalardan foydalanishni, shuningdek, portlovchi moddalarning ortiqcha miqdorda sarflanishini taqozo etadi. Natijada nafaqat texnologik xarajatlar oshadi, balki ekologik xavf-xatarlar, xususan, zararli gazlar ajralishi, chang ko‘tarilishi va tebranishlar orqali atrof-muhitga salbiy ta’sirlar kuchayadi. So‘nggi yillarda konchilik sanoatida kon massividagi tog‘ jinslarini dastlabki bosqichda zaiflashtirishga qaratilgan ilg‘or texnologiyalar joriy etilmoqda. Ular orasida gidroenergetik usullar, xususan gidravlik darzlanish impulsli suv purkash kabi texnologiyalar o‘zining ekologik xavfsizligi, energiya tejamkorligi va yuqori samaradorligi bilan ajralib turadi. Bu usullar orqali tog‘ jinsi sirtiga mexanik ta’sir o‘tkazmasdan, faqat bosimli suyuqlik vositasida ichki tuzilmasini zaiflashtirish mumkin.[1. 122-145] Gidroenergiya yordamida jinsni zaiflashtirishning nazariy asosi — Rehbinder effekti va suyuqlik bilan induktsiyalangan darzlanish mexanizmlariga tayanadi. Bu jarayonda suvning yuqori bosimda jins strukturasi ichiga kirib borishi orqali mavjud mikrodarzlar kengayadi, yangi darzlar hosil bo‘ladi va jinsning ichki bog‘lanish kuchlari sezilarli darajada kamayadi. Shu bilan birga, jinslarning elastik va mustahkamlik parametrlarida izchil o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. [2. 10-28]. Empirik va nazariy tadqiqotlar, jumladan Zang, Zimmermann, Amann va boshqalar tomonidan olib borilgan tajribalar shuni ko‘rsatadiki, 25–50 MPa oralig‘idagi gidrostatik yoki impulsli bosim ostida tog‘ jinslarining strukturaviy yaxlitligi 30–50% gacha kamayadi, bu esa portlovchi moddalarning kamaytirilgan miqdorda ham yuqori destruktiv ta’sir ko‘rsatishiga olib keladi. Выпуск журнала №-27 Часть–3_Июнь –2025 265 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Shu jihatdan, mazkur maqolada tog‘ jinsi massivining gidroenergiya yordamida mustahkamligini kamaytirish texnologiyasining nazariy asoslari, amaliy imkoniyatlari va sanoatdagi tatbiq etish istiqbollari tahlil qilindi. Bu texnologiya kon qazish ishlari samaradorligini oshirish, texnik xavfsizlikni mustahkamlash va atrof- muhitga salbiy ta’sirni kamaytirishda muhim yechim bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Metodika 2.1. Gidroenergetik ta’sir turlarining tavsifi va ularni qo‘llash mexanizmlari Tog‘ jinslarining mustahkamligini kamaytirish bo‘yicha eksperimental ishlar quyidagi to‘rt xil gidroenergiya asosidagi ta’sir turlari asosida olib borildi: a) Gidravlik yorilish(darzlanish) Bu usulda tog‘ jinsi massiviga oldindan burg‘ulangan skvajina orqali yuqori bosimli suv (yoki gidravlik suyuqlik) kiritiladi. Suv bosimi jinsning ichki qarshiligidan oshganda, mavjud mikrodarzlar kengayadi va yangi darzlar hosil bo‘ladi. [1. 122–125] Darz hosil bo‘lish bosqichini darz boshlanishi (statik elastik deformatsiya chegarasining ortishi) va darz rivojlanishi(to‘plangan bosimning jins strukturaviy bog‘lanishini yengib o‘tishi) bilan t
Доказательный фрагмент
«mazkur maqolada tog‘ jinslarini gidravlik bosim ostida zaiflashtirish va maydalash texnologiyalarining zamonaviy turlari tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюmazkur maqolada tog‘ jinslarini gidravlik bosim ostida zaiflashtirish va maydalash texnologiyalarining zamonaviy turlari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- hydraulic pressure, rock masses, surfactants, blasting efficiency, tog‘ jinslari, gidravlik bosim, mikrostrukturaviy darzlanish, sirt faol moddalar, portlatish samaradorligi, chang chiqishi.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026