К содержанию
РецензированоUZ2025

ONA VATAN HAQIDAGI BADIIY ASARLARNING MAZMUNI

Norbekova Sitora Zayniddin qizi · Shodiyev Faxriddin Teshayevich (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti talabasi)

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim bosqichida tovush va harflarni o‘rgatish jarayonining mazmun-mohiyati, pedagog oldida turgan asosiy vazifalar va metodik yondashuvlar yoritilgan. Dastlabki sinflarda o‘quvchilarning psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda, ularning savodxonligini shakllantirishda tovush va harf tushunchalarini to‘g‘ri, izchil o‘rgatishning ahamiyati tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: Boshlang‘ich ta’lim, tovush, harf, savodxonlik, pedagogik yondashuv, o‘qituvchi mahorati, metodika, maktabgacha tayyorgarlik. Bugungi kunda ta’lim tizimidagi islohotlar zamirida bolalarga chuqur, puxta bilim berish bilan bir qatorda ularni mustaqil fikrlovchi, faol, intellektual shaxs sifatida tarbiyalash masalasi turadi. Ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim bosqichi o‘quvchilarning savodxonlikka yo‘l olishi, nutqiy malakalari shakllanishi va o‘qish- yozish ko‘nikmalarining rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Shu nuqtai nazardan, tovush va harflarni o‘rgatish jarayoni nafaqat tilni o‘rgatish, balki bolani tafakkur, idrok va muloqot faoliyatiga tayyorlash vositasi sifatida qaralishi lozim. Mazkur maqolada tovush va harf tushunchalarini boshlang‘ich ta’limda samarali o‘rgatishning metodik asoslari, o‘qituvchi mahoratining o‘rni va zamonaviy pedagogik yondashuvlar tahlil qilinadi. O‘qituvchining qanchalik mahoratli, o‘z kasbining ustasi ekanligi — avvalo, u ta’lim-tarbiya etgan yosh avlodlar nazdida namoyon bo‘ladi. Pedagog hali o‘yinqaroqligi qolmagan, diqqat-e’tibori tarqoq, o‘rganishga bo‘lgan xohishdan ko‘ra o‘yin o‘ynashga ehtiyoji baland bo‘lgan jajji Выпуск журнала №-27 Часть–3_Июнь –2025 278 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT bolalarning fikrini jamlashi, ularni maktab tartib-qoidalariga, odob-axloq normalariga odatlantirishi, ilm dargohining ilk saboqlari bilan qurollantirib borishi lozim. Maktabning ilk kunlari — tayyorgarlik davri tugagach, o‘quvchilar o‘qishni o‘rganish uchun zamin hozirlashadi. O‘zbek alifbosida mavjud, talaffuzimizda qo‘llaniladigan tovushlar va ularning grafik ifodasi bo‘lgan harflar bilan yaqindan tanishadilar. O‘quvchilarning aksariyati maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olgan saboqlari yoki uyda ota-ona, opa-ukalari shug‘ullanishi natijasida harflarning bosma ko‘rinishini tanib olgan bo‘lishadi. Shuningdek, predmetlar ko‘rsatilganda ularning nomi qaysi harflardan tashkil topganini ayta olishadi va bu harflarni harflar jadvalidan topib bera olishadi. O‘qituvchi ana shu boshlang‘ich saboqlarni umumlashtirib, keyinchalik yangi bilimlarni egallash uchun zamin yaratishi, harflarning o‘qilishi va yozilishini o‘rgatishi, tovushlarning harflardan farqli jihatlarini tushuntirishi va eng muhimi, o‘qib-o‘rganishga bo‘lgan mehr-muhabbatni shakllantirishi zarur. Boshlang‘ich poydevorni qo‘yish — insonning butun umri davomida asqotadigan bilim va ko‘nikmalarni bolajonlar xotirasiga muhrlash bo‘lib, bu jarayon nihoyatda mas’uliyatli va mashaqqatli ish sanaladi. Boshlang‘ich ta’limda tovush va harflarni o‘rgatish jarayoni bolalar uchun nafaqat yangi bilimlarni egallash, balki atrofdagi olamni o‘zlashtirish, fikrlash, muloqot qilish kabi ko‘nikmalarning shakllanishida ham muhim rol o‘ynaydi. Dastlabki sinflarda bolalarga tovush va harf tushunchalarini to‘g‘ri, izchil va mantiqiy ketma-ketlikda o‘rgatish muhim ahamiyatga ega. Chunki bu bosqichda o‘zlashtirilgan bilimlar o‘quvchining keyingi savodxonlik faoliyatining asosini tashkil qiladi. O‘quvchilarga tovushlar va harflar haqida bilim berishda o‘qituvchi avvalo ularning psixologik holatini inobatga olishi zarur. Bolalar bu davrda konkret tafakkur bosqichida bo‘lganliklari sababli abstrakt tushunchalarni idrok etishda qiynalishlari mumkin. Shu bois, tovush va harf tushunchalarini real hayotiy misollar, predmetlar, o‘yin elementlari, ko‘rgazmali vositalar yordamida o‘rgatish samarali natija beradi. Masalan, o‘quvchilarga tovush bilan harf orasidagi farqni anglatishda quyidagi usuldan foydalanish mumkin: o‘qituvchi biror predmetni (masalan, “ kitob ”) ko‘rsatadi va bolalardan bu so‘z nechta tovushdan tashkil topganini aniqlashni Выпуск журнала №-27 Часть–3_Июнь –2025 279 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT so‘raydi. So‘ngra bu so‘z yozilganda nechta harf ishtirok etishini taqqoslab, tovush og‘zaki nutqda eshitiladigan birlik, harf esa yozuvdagi belgidir, degan xulosaga kelinadi. Tovush va harflarni o‘rgatish jarayonida quyidagi bosqichlarga amal qilish maqsadga muvofiq: 1. Og‘zaki nutq asosida tovushni tanitish: Bolaga tovushni to‘g‘ri talaffuz qilish va eshitish ko‘nikmasi beriladi. Bu bosqichda logopedik mashqlar, talaffuzga oid o‘yinlar samarali bo‘ladi. 2. Tovushni so‘z ichida aniqlash: O‘quvchilar so‘z ichida berilgan tovushni boshi, o‘rtasi yoki oxirida aniqlashni o‘rganadilar. Bu bosqichda diqqat va tafakkurni faollashtirish usullari qo‘llaniladi. 3. Tovushga mos harfni tanitish: Endi o‘quvchilarga tovushga mos yozuv belgisi – harf ko‘rsatiladi. Bosma va yozma shakllarini farqlash, harfni yozish qoidalarini o‘rgatish bu bosqichning asosiy vazifasidir

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim bosqichida tovush va harflarni o‘rgatish jarayonining mazmun-mohiyati, pedagog oldida turgan asosiy vazifalar va metodik yondashuvlar yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim bosqichida tovush va harflarni o‘rgatish jarayonining mazmun-mohiyati, pedagog oldida turgan asosiy vazifalar va metodik yondashuvlar yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
badiiy talqin, axloqiy tarbiya, “O‘zbekiston – Vatanim manim”, adabiyot, jadidchilik, vatanparvarlik, boshlang‘ich ta’lim, Vatan, milliy qadriyatlar.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники