К содержанию
РецензированоUZ2026

TOSHKO’MIR SANOATI

TOSHKO’MIR SANOATI · Niyozmetova Dilnoza Rustamovna

Современное образование и развитие · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada toshko’mir,qanday hosil bo’lishi,qayta ishlash sanoati,kokslash bosqichlari,ishlatilish sohalari, toshko‘mirning roli,rivojlanish bosqichlari haqida yoritilgan. Kalit so’z: Koks gazi, Toshko‘mir smolasi, fenol fraksiyasi, naftalin fraksiyasi, antratsen fraksiyasi, pek fraksiyasi, asfalt, ammoniak, bo‘yoqlar, erituvchilar, portlovchi moddalar, dorivor va parfyumeriya mahsulotlari, pestitsidlar. Toshko‘mir − cho‘kindi qatlamlarda turli o‘simliklarning qoldiqlari to‘planishi natijasida hosil bo‘lgan, ko‘p miqdorda yonuvchi moddalar bo‘lgan qoramtir rangli jins. Ko‘mir qazib olish bundan 300–350 million yil oldin shakllangan. Ko‘mir tarkibiga yuqori molekulyar kimyoviy birikmalar (asosan uglerod), aralashmalar va oz miqdorda uchuvchi moddalar hamda suv kiradi. Ko‘mirning qiymati yonish paytida chiqarilgan energiya miqdoriga va hosil bo‘lgan kulga bog‘liq. Turli xil tarkibdagi ko‘mirlar butun dunyoda elektr va po‘lat ishlab chiqarish uchun yonuvchi qazilma yoqilg‘i sifatida ishlatiladi. Angren ko‘mir koni Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng yirik konlardan biri sanaladi. Mamlakatimizda qazib olinayotgan qattiq yoqilg‘ining 85 foizi ana shu kon hissasiga to‘g‘ri keladi. Ko‘mir qazib olish jarayonida qariyb 30 foiz qattiq yoqilg‘i maydalanib ketishi oqibatida chiqitga chiqariladi. Mazkur xomashyoni qayta ishlanib, yangi turdagi mahsulot – ko‘mir briketi ishlab chiqariladi. Ko‘mir briketining ixcham shaklga egaligi uni tashish, saqlash va foydalanishda qulaylik yaratadi. Qolaversa, oddiy ko‘mir boshqa qattiq yoqilg‘i manbalariga nisbatan uzoq yonadi, tarkibida zararli moddalar kam, yonib bo‘lgandan keyin ham o‘zining birlamchi shaklini yo‘qotmaydi. Ko‘mir havzasining ahamiyati resurslarning miqdor va sifatiga, uning sanoatda foydalanish uchun qay darajada tayyorlanganligiga, qazib olinadigan ko‘mir hajmiga, Выпуск журнала №-27 Часть–4_Июнь –2025 124 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT geografik o‘rni xususiyatlariga bog‘liqdir. Mahalliy ahamiyatga ega ko‘mir havzasi ma’lum bir hududni yoqilg‘i bilan ta’minlaydi. Hududiy jihatdan olganda hozirgi vaqtda ko‘mir qazib olish, qattiq yoqilg‘ining yangi manbalari ishga solinishiga qaramay, uncha qulay emas. Ko‘mirning issiqlik sig‘imi kichik ekanligidan ularni uzoq masofaga tashib borish ham maqsadga muvofiq (rentabel) emas. Shu sababli ko‘mirdan o‘sha hududning o‘zidagi issiqlik elektr stansiya (IES) larida, chala koks, termoko‘mir olishda va sintetik yonilg‘i ishlab chiqarishda foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ko‘mirni qayta ishlashning asosiy usullaridan biri kokslash – ko‘mirni havosiz, 10000C haroratda qizdirishdir. Toshko‘mirni kokslash – katta sanoat ahamiyatiga ega. Kokslash jarayoni koksokimyoviy zavodlarda amalga oshiriladi. U yerda ko’mir qayta ishlanadi (uchuvchan moddalarning chiqishi 35 – 40%). Jarayon germetik yopiladigan kamerali (trubali) 30 – 40 tonnagacha bo‘lgan pechlarda olib boriladi. Pechning ichki devorlari issiqqa chidamli silikatli g‘ishtlar bilan qoplangan bo‘ladi. Toshko’mirni kokslashda asosiy mahsulotlar: • Koks gazi – undan texnik benzol (oson qaynovchi arenlar aralashmasi) olinadi. • Toshko‘mir smolasi – uni haydash yo‘li bilan arenlar, fenollar, piridin hosilalariga ajratiladi. Bular qimmatbaho xomashyo bo‘lib, ulardan bo‘yoqlar, erituvchilar, portlovchi moddalar, dorivor va parfyumeriya mahsulotlari, pestitsidlar ishlab chiqariladi. • Toshko‘mir peki – asfalt tayyorlashda va to‘ldiruvchi vosita sifatida foydalaniladi. • Koks metallurgiyada, gazli ko‘mirdan olingani esa sintez gaz va kalsiy karbid ishlab chiqarishda ishlatiladi. Tajriba. Ko‘mirni kokslash. Spirt lampa yoqiladi, probirkaga ko‘mir solib tiqin yopilgan holda qizdiriladi. Gaz ajralib chiqishi, suyuqlik to‘planishi kuzatiladi. Xulosa. Laboratoriya sharoitida kokslash jarayonini kuzatish va bu jarayonning mahsulotlarini ko‘rish mumkin. Kokslash bosqichlari: • Ko‘mirni 100–120°C gacha bo‘lgan haroratda quritish; • Ko‘mirni 300–350°C gacha bo‘lgan haroratda qizdirish; Выпуск журнала №-27 Часть–4_Июнь –2025 125 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT • 350–500°C haroratda ko‘mirni yumshatish va eritish; • 500–600°C haroratda eritmaning qattiqlashishi va yarim koks hosil bo‘lishi. • Bir necha soat davomida 600–1100°C haroratda koksni kuydirish. Ushbu bosqichda barcha uchuvchi moddalar aralashmadan chiqariladi, amorf uglerod kristalli grafitga aylanadi. Koks moddasining qayta kristallanishi va kuyish jarayonida uning mustahkamligi va qattiqligi 30–40 baravar ortadi. Ko‘mirni kokslash balandligi 4–6 m, uzunligi 12–15 m va kengligi 0,5 m dan oshmaydigan kamerali koks pechlarida amalga oshiriladi. Toshko‘mirni quruq haydash yo‘li bilan smola olinadi. Toshko‘mir smolasi tarkibida aromatik va geterosiklik birikmalar bo‘ladi. Undagi organik birikmalarfraksiyalarga bo‘lib ajratiladi. Bu fraksiyalar bir-biridan harorati bilan farq qiladi: 1700C −yengil moy fraksiyasi; 1700C – 2300C − fenol fraksiyasi; 2300C – 2700C − naftalin fraksiyasi; 2700C – 3500C − antratsen fraksiyasi; Toshko‘mir kok

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada toshko’mir,qanday hosil bo’lishi,qayta ishlash sanoati,kokslash bosqichlari,ishlatilish sohalari, toshko‘mirning roli,rivojlanish bosqichlari haqida yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada toshko’mir,qanday hosil bo’lishi,qayta ishlash sanoati,kokslash bosqichlari,ishlatilish sohalari, toshko‘mirning roli,rivojlanish bosqichlari haqida yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
portlovchi moddalar, asfalt, pestitsidlar., pek fraksiyasi, naftalin fraksiyasi, Koks gazi, antratsen fraksiyasi, erituvchilar, dorivor va parfyumeriya mahsulotlari, ammoniak, bo‘yoqlar, Toshko‘mir smolasi, fenol fraksiyasi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники