К содержанию
РецензированоUZ2025

“BOBURNOMA” ASARIDA TABIAT TASVIRINING ILMIY AHAMIYATI

Rahmonov G’ulomjon Rahimjon o’g’li, mutaxassis

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Ilm-fan olamida har bir manba o‘z o‘rniga ega. “Boburnoma” asarida ham tabiiy fanlar uchun qimmatli ma’lumotlar mavjud. Bu asarda, ayniqsa, Mirzo Bobur yashab o‘tgan va hayoti davomida sayohat qilgan hududlarning botanika, jug‘rofiya, ma’danshunoslik, ekologiya kabi fanlarga aloqador ma’lumotlar mavjud bo‘lib, ularni tadqiq etish kelajakda tabiiy fanlar sohasida ilmiy izlanish olib boradigan olimlar uchun muhim ahamiyatga ega. Kalit so‘zlar: “Boburnoma”, Mirzo Bobur, tabiat, Hindiston, fitonim, Farg‘ona vodiysi, ekologiya, jug‘rofiya, tarix. Annotation: In the world of Science, each source has its own place. The work “The Boburname” also contains valuable information for the Natural Sciences. The work contains information related to disciplines such as botany, geography, mining, ecology, especially those of the regions where Mirzo Babur lived and traveled throughout his life, the research of which is important for scientists who will conduct scientific research in the field of Natural Sciences in the future. Kalit so‘zlar: “The Boburname”, Mirzo Bobur, nature, India, phytonym, Fergana valley, ecology, geography, history. “Boburnoma” taxminan, 1518-1519-yillardan boshlab 1530-yilgacha yozilgan jahon adabiyotining muhim va noyob durdonasi. Davlat arbobi, shoir, tarixchi va tabiatshunos sifatida mashhur bo‘lgan Zahiriddin Muhammad Bobur Выпуск журнала №-27 Часть–4_Июнь –2025 213 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT tomonidan o‘zbek (chig‘atoy) tilida yozilgan o‘zbek adabiyotining ilk nasriy memuarlaridan biri. Ushbu asar “Boburiya”, “Voqeoti Bobur”, “Voqeanoma”, “Tuzuki Boburiy”, “Tabaqoti Boburiy”, “Tavorixi Boburiy” kabi nomlar bilan ham mashhur. Unda muallifning O‘rta Osiyo, Afg‘oniston va Hindistonda yashagan davrlarida sodir bo‘lgan tarixiy-siyosiy voqealar, hududlarning tabiat olami, hamda muallif hayoti va siyosaiy faoliyati xronologik tarzda o‘ta aniqlik bilan bayon etilgan. Boburnoma asarida, ijtimoiy-tabiiy fanlar, tabiatshunoslik, jugʻrofiya, maʼdanshunoslik, tarix, falsafa, fiqh, din taʼlimoti, tilshunoslik, dehqonchilik, bogʻdorchilik va boshqalarga oid aniq va hali-hanuz oʻz tarixiy va ilmiy ahamiyatini yoʻqotmagan maʼlumotlar, ilmiy asoslangan xulosalar keltirilgan. Mirzo Bobur o‘zining sayohatlari, janglari va turli mamlakatlarga qilgan safarlari davomida o‘zining atrofidagi tabiiy muhitni har taraflama o‘rgangan va tasvirlagan. “Boburnoma” dagi tabiiy tasvirlar nafaqat tarixiy asar sifatida, balki ekologiya, geografiya va tabiatshunoslik fanlarida ham ilmiy ahamiyatga ega. Ushbu maqolada, “Boburnoma”da keltirilgan tabiiy tasvirlarning ilmiy ahamiyati va ularning bugungi kunda qanday ilmiy tadqiqotlar uchun foydali ekanligi tahlil qilinadi. Bobur tabiat shaydosi edi, u bog‘lar barpo etish, Hindistonda ham shirin qovunlar yetishtirish, uzumzorlarni bunyod etishni orzu qilardi, chunki bunday ne’matlar Hindistonda mavjud emas edi [D.Muhammadiyeva, 2025]. Ma’lumki, – “Boburnoma” chig‘atoy-turkiy tilida yozilgan va unda arab, fors va hind tillaridan ham keng foydalanilgan. Ushbu tarixiy-madaniy meros XIV–XVI asrlar davri tarixini o‘rganishda muhim manba sifatida xizmat qiladi va uni har tomonlama tadqiq qilish, chuqur o‘rganish zarurligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qarorida ham o‘z aksini topgan [A.Sharipov, 2024; Мирзиёев Ш.М., 2017]. Bobur o‘z asarida yashab o‘tgan hududlarining tabiati va iqlimining ilmiy tasvirini keltirgan. Ya’ni, hududlaridagi iqlimni, o‘zgaruvchan ob-havo sharoitlarini va ularning hayotga ta’sirini chuqur tahlil qilgan. Masalan, Bobur o‘zining Hindistonga qilgan safarida, mamlakatning issiq iqlimi, yillik yomg‘irlar, va turli fasllardagi o‘zgarishlar haqida batafsil ma’lumotlar keltiradi. U Выпуск журнала №-27 Часть–4_Июнь –2025 214 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Hindistonning tropik iqlimi, musson yomg‘irlari, va bu iqlimning aholining kundalik hayoti va qishloq xo‘jaligiga ta’sirini aniq tasvirlagan. Bobur bu hududda yashovchi odamlar va ularning hayot tarziga tabiiy sharoitlarning qanday ta'sir qilishini ham o‘z kuzatishlari asosida ifodalagan. “Boburnoma” ning iqlim haqidagi tasvirlari bugungi ekologiya va iqlimshunoslik uchun qimmatli tarixiy manba hisoblanadi. Boburning kuzatishlari va ularning ta’sirini ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilish, iqlim o‘zgarishlari va inson faoliyatining ekologiyaga bo‘lgan ta’siri haqida muhim bilimlarni kashf qilishga yordam beradi. Mirzo Bobur jug‘rofiya ilmiga ham xissa qo‘shgan. U o‘zining safarlari davomida ko‘plab geografik hududlarni o‘rganib, ularning tabiiy landshaftlari haqida tasvirlar yaratgan. “Boburnoma” da, masalan, Afg‘onistonning tog‘li hududlari, Hindistonning keng o‘rmonlari va dalalari, va boshqa o‘lkalar o‘rtasidagi tabiiy farqlar haqida aniq tavsiflar mavjud. Bobur bu joylarning geografik xususiyatlari, tuproq turi, o‘simlik va hayvonot dunyosi haqida ma’lumotlar beradi. Bundan tashqari, Bobur geografik joylashuvlarning inson hayoti va iqtisodiy faoliyatiga qanday ta'sir qilishini ham o‘rganib,

Доказательный фрагмент

«Ilm-fan olamida har bir manba o‘z o‘rniga ega.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ilm-fan olamida har bir manba o‘z o‘rniga ega. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
“Boburnoma”, tabiat, jug‘rofiya, Hindiston, Farg‘ona vodiysi, fitonim, tarix., ekologiya, Mirzo Bobur
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники