К содержанию
РецензированоUZ2025

ABDUQAYUM YO’LDOSHEV IJODINING O’RGANILISHI

Ibroximova Zaynabxon Akbarjon qizi

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Abdukayum Yuldashev is the Guardian Representative of Uzbek literature. A.Yuldashev has been attracting its non-traditional creation and many readers with his works. Many of his works were published in collection and book condition. That is why his work is leading to the attention of literary scholars, which is leading to scientific work in this regard. This article contains about scientific papers and articles on an analysis of artistic works. Keywords: genres, genre features, character, human concept, plot, period, and hero, conflict and its types, images. O’zbek poeziyasida o’z o’rni va uslubiga ega bo’lgan ijodkorlardan biri bo’lmish Abduqayum Yo’ldoshevdir. Ushbu ijodkorning adabiyotdagi turli janrlar taraqqiyotiga qo’shgan hissasi, albatta, tahsinga loyiqdir. Uning asarlari adabiyotshunoslarimiz nazaridan chetda qolmayotganligi esa adib ijodining badiiyati yuksak ekanligidan darak beradi. Bu mavzu doirasida qilingan ilmiy-tadqiqot ishlari kam bo’lsa-da, ba’zi manbalardan yetarlicha ma’lumotlar olishimiz mumkin. Выпуск журнала №-27 Часть–4_Июнь –2025 221 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Xususan, M.Jo’rayevaning “Zamonaviy o’zbek nasrida yangi inson konsepsiyasi” nomli dissertatsiyasida aynan obyekt sifatida Abduqayum Yo’ldoshev va Zulfiya Qurolboy qizi asarlari olingan bo’lib, bu borada bir qancha yangiliklar amalga oshirilgan. Jumladan, adibning “Boy” nomli hikoyasi tahlil qilinar ekan, hikoya qahramoni Xo’rozqul obrazi orqali biroz kinoyaviy usulda kishilarning yangicha qarashlari ko’rsatib berilganligi1 haqida ma’lumot beriladi. Adibning boshqa asarlari tahlilida ham asosan inson konsepsiyasiga e’tibor qaratilar ekan, uning nazariy asosi va ijtimoiy-psixologik aspektlari ushbu ilmiy ish doirasida o’rganilganlini ko’rishimiz mumkin. Shuningdek, ushbu mavzuda G.Qodirova ham A.Yo’ldoshevning “Timsohning ko’z yoshlari” qissasi asosida o’z ilmiy qarashlarini bayon etadi. U o’zining maqolasida qissadagi Salomat opa va Munisa obrazlariga alohida to’xtalib o’tar ekan, bu ikki xil dunyoqarashga ega bo’lgan qahramonlar orqali ayol psixologiyasining turli xil xususiyatlari ochib berilishini ijodkorning yuksak mahorat sohibi ekanligidan dalolat deya ta’kidlaydi2. Asar voqealari Munisa obrazi atrofida aylanar ekan, uning o’ziga xos pok dunyosi bor ekanligiga, hayotning hali qora tomonlariga duch kelmganligiga guvoh bo’lamiz. Aynan qissaning janr xusisyatlari sifatida e’tirof etilgan asar syujetining bosh qahramon sarguzashtlaridan iborat bo’lishi ko’plab olimlar tomonidan ta’kidlab o’tilgan. Ammo A.Xolmurodov o’zining “Qissa janri va hozirgi o’zbek qissachiligi” maqolasida ushbu fikrlarga ilova sifatida ushbu jumlani qayd etadi: “asar syujetining faqat bir qahramon faoliyatiga asoslanishi mazkur janrga xos yetakchi xususiyat sifatida qabul qilinishi mumkin. ushbu masalada kichik bir izoh berishga to’g’ri keladi. Bu shundan iboratki, qissa syujeti asosida yakka qahramonning butun umri davomidagi sarguzashtlari emas, balki qahramon hayotining muayyan davri voqealari yotadi. Shu bois janr xususiyatlari haqida gap ketganda, hajmning katta yoki kichikligi emas, balki voqealar qamrovi hamda rivojining romanga nisbatan yengilligini va hikoyaga nisbatan murakkabligini hisobga olish ma’qulroq”3. Ushbu fikrlarda ko’rib 1 M.Jo‘rayeva. Zamonaviy o‘zbek nasrida yangi inson konsepsiyasi. Monografiya. T: “Mumtoz so‘z”, 2023. 26-b. 2 G.Qodirova “Abduqayum Yo’ldoshevning “Timsohning ko’z yoshlari” qissasida yangi inson konsepsiyasi” maqola. 3 Xolmurodov A. “Qissa janri va hozirgi o’zbek qissachiligi. Til va adabiyot jurnali. 2006/3. – B. 47. Выпуск журнала №-27 Часть–4_Июнь –2025 222 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT turganimizdek qissa janrida bosh qahramonning butun hayoti emas, balki uning ma’lum bir davrida yuz bergan voqealar bayoni yotadi. Nosirning ijodida yoritilayotgan muammolarning turli xil ekanligi mavzular ko’lami ham rang-barang bo’lishiga sabab bo’ladi. Bu esa adabiyotshunoslar o’rganishi kerak bo’lgan obyektning o’ziga xos jihatlarini belgilab beruvchi muhim unsurdir. Y.Solijonov o’zining “Go’zallikning turfa ranglari” maqolasida go’zallikni yaratuvchi ham, uni barbod qiluvchi ham insonning o’zi ekanligini qayd etadi. Abduqayum Yo’ldoshev hikoyalari misolida inson va uning bugungi qarashlarini shunday izohlaydi: “to’plamga kiritilgan o’n yetti hikoyaning har biri o’quvchini mushohadaga undaydi va tabiiy, axloqiy, ma’naviy, madaniy go’zalligini shaxsiy manfaati yo’lida qurbon qiladigan, kerak bo’lsa, undan jirkanishgacha boruvchi tabaqalarning asl qiyofasini fosh qiladi. Yozuvchi “Alvido go’zallik…” hikoyasida sho’rolar hukmronlik qilib, insonni haqiqiy go’zallikdan mahrum etgan: “Go’zallikning manbayi mehnatdir” degan aqidaga ham tuzatish kiritadi”4. Bu fikrda anglashimiz mumkin bo’lgan narsa bu go’zallik va unga zid ravishda qo’yilgan sobiq tuzum davridagi odamlarga faqatgina tekin mehnat kuchi sifatida qarash kabi g’oyalardir. Yozuvchining yana bir “Bezori” nomli hikoyasi tahlil etilgan R.Zaripovaning “Abduqayum

Доказательный фрагмент

«Abdukayum Yuldashev is the Guardian Representative of Uzbek literature.»

Образец извлечения

Демо-превью

Abdukayum Yuldashev is the Guardian Representative of Uzbek literature. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
genres, genre features, character, human concept, plot, period, janr xususiyatlari, xarakter, konflikt va uning turlari, syujet, inson konsepsiya, janr, davr va qahramon, obraz.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники