Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“SIYOSATNOMA” – SIYOSIY, TARIXIY, BADIIY QO’LLANMA
Abdurahmonova Sarvinoz · Abdurahmonova Farangiz
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
В данной статье рассматривается произведение «Сиясатнаме», которое занимает особое место в узбекской литературе и является одним из самых достоверных и эффективных источников по истории и политике. Также проведён художественный синтез и анализ кратких рассказов, включённых в произведение, их идей, выводов и смыслов. Ключевые слова: шах, Юсуф (мир ему), справедливость, Низамульмульк, сельджуки, политика. Adabiyot- so'z sanʼatini ulkan bir bahri ummon desak, har bir kitob, har bir goʻzal asar uning bir tarmog'i - jilg'asi desak yanglishmagan bo'lamiz. Shunday Выпуск журнала №-27 Часть–4_Июнь –2025 278 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT nafis jilgʻalardan biri Nizomulmulkning 1091-yilda yozgan, madaniyat o'chog'i hisoblanmish Sharq tarixi hamda sivilizatsiyasiga oʻzining munosib hissasini qo'shgan "Siyosatnoma" yoxud "Siyar ul- mulk" asaridir. 39 bobdan iborat ushbu asar nafaqat tarixiy, siyosiy manba, balki badiiy yuksaklik bilan yoʻg'rilgan noyob gavhardir. Ushbu asar saljuqiylar sulolasi hukmronligini mufassal tasvirlab bergani uchun ham badiiy , ham tarixiy qo'llanma vazifasini o'taydi. Anʼanalarga rioya etgan holda " Mehribon va rahmdil Alloh nomi ila" yaʼni (bismillahir rohmanir rohim)dan so'ng ilk fasl " Zamona odamlarining ahvollari va sultoni odil, shahanshohi a'zam haladallohu mulkahuning madhi haqida" so'z boradi. Ushbu faslda keltirilishicha Alloh taolo har asr va davrda xalq ichidan bir kishini podshoh qilib ko'taradi, unga o'z qudratini koʻrsatib baxt va iqbol beradi, ular tufayli esa podshoh qoʻl ostidagilarni boshqaradi, ya'nikim davlat va hokimiyat tepasida turgan inson Allohning izmi ila shu darajaga erishgan, shu tufayli ham uning hurmatini joyiga qo'yish, uning xalq manfaati uchun qilayotgan fidoyiliklarini qadrlamoq lozim. Zero podshohi azim - Xudoning yerdagi koʻlankasi. Asarda shunday hikoyat keltiriladiki, Yusuf (alayhissalom) vafot etgach ularni ajdodlari yoniga dafn etmoqchi boʻlganlarida Jabroil (alayhissalom) kelib: " ...bu joy uning joyi emas, bir mamlakatning javobini qiyomatda berishi kerak",- deya ularni to'xtatadi. Ushbu qissadan hissa hatto payg'ambar bo'lsa ham, u podshohlik yukini bo'yniga ortgan bo'lsa, Alloh taolo unga bergan ishonchini oqlashi, majburiyatni ado etishi zarur. Alloh davlat boshliqlarini boshqa bandalariga qaraganda o'zgacharoq soʻroq qiladi. Aytadilarki, qiyomat kuni podshohlar qo`llarida qayd bilan keltiriladi, agar davlatni adolat bilan boshqargan bo'lsa, kishanlari o'z - o'zidan parchalanib ketgay, biroq insofsizlik va zulm uning foniy hamrohlari boʻlgan esa shu qaydlari bilan jahannamga ravona boʻladi . Shunday ekan har bir davlat tepasida turgan shoh avvalo fuqarolari koʻnglini ovlashi kerak hamda boyni kambag'aldan, kattani kichikdan ayirmasligi lozim. Zero : Ey shah, karam aylar chogʻi teng tut, yamon-u yaxshini Kim mehr nuri teng tushar vayron-u obod ustina. (Ogahiy) Выпуск журнала №-27 Часть–4_Июнь –2025 279 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Fikrimizning dalili sifatida ushbu asarning uchinchi faslidan o'rin olgan muxtasar hikoyatni keltirishimiz mumkin: Oldinlari Ajam yurtining sultonlari bir do'kon yasab uni otda sahroma - sahro tog'ma-togʻ olib yurib, mazlumlarning dodini eshitib, zolimlarning jazosini berib yurar ekanlar, negaki agar ular bir joyda muqim turib qolsa, devor, deraza, parda paydo bo'lib, bo'ri kabi ochkoʻz va johil amaldorlar ulardan foydalanib, podshohga ozurda xalq ahvolini bilishda toʻsqinlik qiladilar hamda mazlumlarni podshoh yoniga qo'ymaydilar. Qisqacha xulosa qiladigan bo'lsak, podshohning gardaniga tushgan yuk mazmunlardan xabardor bo'lish, yovuzlar adabini berish va hatto nifoq va kin urug'ini sochuvchilarni fosh etishni ham qamrab oladi. Chunonchi, asarda davlat siyosati va boshqaruv tizimining eng kichik murvatidan tokatta mexanizmiga qadar qanday ishlashi va samarali usullari ochib berilgan. Xulosa qilib aytganda, asar oʻz nomi bilan "Siyosatnoma" yaʼni siyosatni qanday olib borish kalitlari haqida. Mana 9 asr oshibdiki, hali -hanuz ushbu asar o'z qiymatini yo'qotmagan, yoʻqotmagay, negaki asarda nafaqat oʻz davrining dolzarb muammolari, balki umrboqiy inson mavjud ekan doim bor boʻladigan qirralarni, kamchiliklarni ochib bergan. Kelajakda ham tarix, siyosat va adabiyot sohasidagi nodir namunalardan biri sifatida avlodlar uchun ham dastak boʻlajak. Zero asr oshgan asarlar kitobxonlar qalbida mangu barhayot! FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI: 1. Muxamedov Sh. “Siyosatnoma” asarda Nizomul-Mulk davlat boshqaruviga oid axloqiy qarashlari. Ta’limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari. Toshkent, 2025. 2. Vohidov R. Oʻzbek mumtoz adabiyoti tarixi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Adabiyot jamgʻarmasi. Toshkent, 2006. 3. Mallayev N. Oʻzbek adabiyoti tarixi. SamDU nashriyoti. Samarqand, [nashr yili ko‘rsatilmagan]. 4. Nizomulmulk. Siyosatnoma (Siyar al-mulūk). Tarj. H. Darke. Routledge & Kegan Paul (UNESCO Persian Series). London, 1960. Выпуск журнала №-27 Часть–4_Июнь –20
Доказательный фрагмент
«В данной статье рассматривается произведение «Сиясатнаме», которое занимает особое место в узбекской литературе и является одним из самых достоверных и эффективных источников по истории и политике.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье рассматривается произведение «Сиясатнаме», которое занимает особое место в узбекской литературе и является одним из самых достоверных и эффективных источников по истории и политике. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- king, Yusuf (peace be upon him), justice, Nizam al-Mulk, Seljuks, podshoh, saljuqiylar, Nizomulmulk, Yusuf ( a.s), siyosat., adolat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014