Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
PAHLAVON MAHMUD RUBOIYLARIDA NAFIS SAN’ATLARNING QO’LLANILISHI
SAN’ATLARNING QO’LLANILISHI
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
В данной статье художественный анализ рубаев Пахлавона Махмуда проведён в двух аспектах: 1. на основе поэтических средств, 2. с точки зрения художественной интерпретации и содержания. Основную часть статьи составляют вопросы формы и структуры рубаев, их идейной направленности, актуальности тем эпохи и осмысления насущных проблем. Ключевые слова: радийф, рубаи, рифма, восклицание, таджахуль аль- ариф (притворное неведение), содержание. Adabiyot xazinasini nafis lal-u javohirlar bilan to'ldirhan yetuk ijodkor, olim, orif, mutafakkir Pahlavon Mahmud ijodida ruboiylarning salmogʻi katta. U Выпуск журнала №-27 Часть–4_Июнь –2025 281 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT so'fiy shoir sifatida ruboiylari orqali ma'naviy hikmatlar va hayotiy haqiqatlarni ifoda etgan, uning ijodi inson ma'naviy kamolotini targ'ib qilib, adolat poklik, yaxshilik va komillikka eltuvchi ruboiylardan iborat. Shuning uchun ham iste’dodli adabiyotshunos To’lqin Eshbek uning ijodiga, ruboiyotiga shunday baho beradi: "Pahlavon Mahmudning ruboiylari Naqshbandiy tasavvuf maktabiga yaqin. Uning she’rlarida dunyo g‘amidan voz kechish, ruhiy poklik va Allohga muhabbat g‘oyalari ilgari suriladi. Bu jihatlari bilan u Yassaviy, Navoiy kabi mutasavvif shoirlar an’analarini davom ettirgan." 1U faqat mazmunga emas, shaklga ham juda eʼtiborli bo'lgan. Sen zohid bu dunyoda ne yo’q debsan, Quvonmoq, kayf-u safo bir bog’ debsan Agar fahm qilsang, dono go’zal fikr Bu dunyo ne istasang, bari bor debsan. Ushbu ruboyning qofiyalanish tizimi a-a-b-a, radifi debsan soʻzi, qofiyasi yo'q -bor-bogʻ soʻzlariidir. Raviysi "o" unlisi. Ushbu baytda nido, tanosib badiiy sanʼatlari mavjud: zohid so'zi nido , kayf-u safo va quvonmoq soʻzlar esa tanosibni yuzaga chiqargan. Insonning baxti o'zining yondashuvi va dunyoqarashiga bog'lik ekanligi haqida ushbu ruboiyda fikr bildirilgan. Dunyoga kelib rangin bahor bo’ldingmi? Senga kim mehmon bo’ldi, o’ylab ko’rgin Ketganda ularni xursand qildingmi? Qish kabi bog’larni vayron qildingmi? Ushbu ruboiy ham a-a-b-a tarzida qofiyalanib nafis she'riy san'atlardan tajohil ul-orif yaʼni bilib bilmaslikka olish san'atidan foydalanilgan. shuningdek, qish va bahor soʻzlari esa tazodni yuzaga chiqargan. Bu ruboyning mazmunida insonning dunyodagi o'rni va uning qilgan ishlari muhokama qilinadi, shoir dunyo hayotini bahor va qish fasllari bilan solishtiradi, bahor yaratuvchanlik, quvonch va go'zallik ramzi, qish esa vayronagarchilik ramzidir. 1 O’zbek adabiyoti tarixi. N.Jumaxo’ja. I.Adizova. Akademnashr. Toshkent-2015. 128-b Выпуск журнала №-27 Часть–4_Июнь –2025 282 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Ey yorug’ dunyo, aytar gaping ne? Necha go’zal bo’yin berganing ne? Har bir borging kuygan qalb qonlari Bu qadar zulmlar qilganing ne? Goʻzal badiiy sanʼatlardan ey yorugʻ dunyo so'zi nido, ne soʻroq olmoshi esa tajohil ul-orif shakllantirgan. Mazmunida dunyo adolatsizligini tanqid qilgan, u yorug' dunyoning zulmli tomonlarini savolga tutadi, barglari qonga tashbeh etilib, dunyoning o'tkinchiligi va nohaqliklarni ochiq bayon etgan. Qanchadan qancha o’tdi bu dunyo foniy Ko’plari bilmay o’tdi turmush ma’niy Bir nafas umr o’tgach yig’lagan ne? Tiriklikda qilingan har ish qoniy. Ushbu ruboiyning raviysi y undoshi boʻlib qofiyaning turiga ko'ra muqayyad qofiya hisoblanadi ko'p va bir nafas soʻzlari orqali tazodni yuzaga chiqargan bo'lsa xuddi yuqoridagi ruboiy yanglig' ne soʻroq soʻzi orqali tajohil ul-orif ifoda etilgan. Shoir bu ruboiyda dunyo umrining qisqaligi haqida fikr yuritadi, insonlarning ko'pchiligi hayotning asl ma'nosini anglamay o'tib ketishlarini tilga olar ekan, u insonga har ishning asl qiymatini bilish va javobgarlik hissini anglashni tavsiya etadi. Bu dunyo moli qolmas o’tib ketar Ko’p do’stlik o’zgarur yomonlik etar Bir yaxshi amal qoniqar hammaga Shu ishlaring oxirida so’rab o’tar. Mazkur ruboiyning shakl-u shamoyiliga eʼtibor qaratadigan bo'lsak, yomonlik, yaxshi istilohlari antonim soʻzlarni qo'llash, yaʼnikim tazodni yuzaga chiqargan bo'lsa, mazmunida insonni amaliy poklikka chaqiruvchi hikmatga to'la. Mol -dunyo o'tkinchiligi va haqiqiy boylik yaxshi amallarda ekanligi uqtirilgan. Shoir yomonlikdan voz kechishni va insonlar bilan haqqoniy munosabatda bo'lishni maslahat beradi. Dunyoga kelib jamolni ko’rdingmi? Kim uchun bir tuproq bo’lding ko’rdingmi? Выпуск журнала №-27 Часть–4_Июнь –2025 283 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Shuncha yil yashab xayolga tushgan Borib o’sha falsafani ko’rdingmi? Albatta, barcha ruboiylari singari bu ruboiyda ham tajohil ul-orif sanʼatini qo'llaydi. Shoir mazkur ruboiyda inson hayotining maʼnosini anglash va uning asliga nazar solishga chaqirmoqda. Qilma g’urur yo’lda barcha barobar Do’sting bormi yolg’izlikdan chiq xabar Shunday kun kelar yolg’iz qolasan Qolmaydi hech kim jim ham bo’lar hazar. Ruboiyning qofiyasi barobar - xabar - hazar bo'lib raviysi r undoshidir, muqayyad qofiya hisoblanib, badiiy sanʼatlardan yolg'iz, yolg'izlikdan ishtiqoq, asosdosh so'zlarni qo'llash sanʼati mavjud. ushbu ruboi
Доказательный фрагмент
«В данной статье художественный анализ рубаев Пахлавона Махмуда проведён в двух аспектах: 1.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье художественный анализ рубаев Пахлавона Махмуда проведён в двух аспектах: 1. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- radif, rubai, rhyme, exclamation, tajahul al-‘arif (feigned, qofiya, mazmun., nido, ruboiy, tajohil ul-orif
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014